|
|
bet | 152/152 | Sana | 06.01.2022 | Hajmi | 439,42 Kb. | | #321248 |
| Bog'liq Ортиқова Л ORGANIK OLAM RIVOJLANISHI MAJMUA-2020
Birlamchi og‘izlilar – blastoporadan hosil bo‘lgan og‘iz.
Peristomium – halqali chuvalchanglarning og‘iz segmenti.
Pigidium – halqali chuvalchanglar segmentlarga mansub bo‘lmagan anal bo‘g‘imi.
Pinotsitoz – hujayraning atrof-muhitdagi suyuqlikni shimib olishi.
Plankton – suv oralig‘ida yashovchi lekin oqimga qarshi harakatlanuvchi organizmlar.
Planula – ichki bo‘shliqichlilarning kuydiruvchi hujayralar bilan qoplangan ikki qavatli erkin harakatlanuvchi lichinkasi.
Pleziomorf belgi – ajdodlarga xos morfologik belgi, organ.
Polimerniy – ko‘p segmentli organizm.
Polip – ichi bo‘shliqlarning o‘troq hayot kechiruvchi oral tomonida paypaslagichi bor tanasi.
Prostomium – halqali chuvalchanglarni segmentga aloqasi yo‘q og‘iz oldi parragi.
Protonefridiy – ichki uchida terminal hujayralari bor nefridiy.
Radula – mollyuskalar og‘zidagi ovqatni qirib yeyilishini ta’minlaydigan qirg‘ich.
Seston – mayda plankton organizm.
Sikon – xivchinli bo‘lmalari paragastral bo‘shliqqa ochiluvchi g‘ovak tanlilarning morfologik tana tuzilishi.
Skoleks – lentali chuvalchanglarning xo‘jayin tanasiga yopishgan so‘rg‘ichli, ilmoqli organi.
Spermatofor – himoya parda bilan o‘ralgan spermatozoidlar.
Statotsit – bo‘shliqichlilar, yassi chuvalchanglar va boshqa umurtqasizlarning muvozanat organi.
Strobila – segmentlardan tuzilgan lentali chuvalchanglar tanasi. Sestodlarning tana bo‘g‘imlari.
Sxizotsel – to‘garak chuvalchanglari parenxima hujayralarini surilishi tufayli hosil bo‘lgan dastlabki tana bo‘shliq.
Tegument – parazit yassi chuvalchanglarning sirtqi epiteliyasi hujayralararo devori bo‘lmagan qatlami.
Telson – bo‘g‘imoyoqlilarning qarshi segmentlarini keyingi qismi.
Toraks – bo‘g‘imoyoqlilarning ko‘krak bo‘limi.
Traxeola – traxeyaning kapillyarsimon qismi.
Traxeya – ektodermani cho‘zilishidan hosil bo‘lgan tashqi muhitdan kovak to‘qimalarga tashuvchi naylar.
Troxofora – ko‘pchilik umurtqasiz hayvonlarning ertangi kipriklar bilan o‘ralgan lichinkasi.
Xitin – bo‘g‘imoyoqlilarning kutikula bilan shimilgan azot saqlovchi poliisaxaridlari.
Xoanotsitlar – g‘ovak tanlilarning xivchindor yoqali hujayralari.
Selom – ikkilamchi tana bo‘shlig‘i. U birlamchi tana bo‘shlig‘i o‘rnini egallab mezodermal epiteliy to‘qimalardan tuzilgan.
Sefalizatsiya – bo‘g‘imoyoqlilarda bosh qismi rivojlanishi.
Serki – hasharotlarning qorin segmentiga oxiridagi qo‘shimchasi – ortig‘i.
Yuvanilniy – jinsiy balog‘atga yetmagan hayvon.
Do'stlaringiz bilan baham: |
|
|