Dixotomik shoxlanish – o‘sish konusini ikkiga ajralib ikki bir xil shoxlarni hosil qilishi.
Zigomitsetlar – yerda yashovchi tuban zamburug‘lar – mukor.
Izogamiya –o‘xshash gametalarni yadrolarini o‘zaro qo‘shilishi. Yashil suvo‘tlarining jinsiy ko‘payishida va ba’zi bir hujayrali hayvonlarda kuzatiladi.
Individ – ayrim o‘simlik, hayvon, organizm.
Kalamitlar – bo‘g‘imli o‘simliklarni toshko‘mir davrida tarqalgan daraxtsimon vakili.
Kordaitlar – ochiq urug‘lilarni toshko‘mir davrida rivojlanib, permda qirilib ketgan daraxt holatdagi vakili.
Kambiy – ikkilamchi yog‘ochlik va lub tolalari o‘rtasidagi silindrik meristema. Kambiyda lub tola va yog‘ochlik hujayralari rivojlanadi.
Karpogoniy – qizil suvo‘tlarning urg‘ochilik jinsiy organi.
Do'stlaringiz bilan baham: |