Nizomiy nomidagi


-Mavzu:Bo‘g’imoyoqlilarning filogeniyasi va kelib chiqishi



Download 439,42 Kb.
bet59/152
Sana06.01.2022
Hajmi439,42 Kb.
#321248
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   152
Bog'liq
Ортиқова Л ORGANIK OLAM RIVOJLANISHI MAJMUA-2020

13-Mavzu:Bo‘g’imoyoqlilarning filogeniyasi va kelib chiqishi

Reja

1. Bo‘g‘imoyoqlilarning umumiy tavsifi

2. Qisqichbaqasimonlarning filogeniyasi va kelib chiqishi

3. O‘rgimchaksimonlarning filogeniyasi va kelib chiqishi

4. Hasharotlarning filogeniyasi va kelib chiqishi
Tayanch tushunchalar va bilimlar: Bo‘g‘imoyoqlilarning umumiy tavsifi. Sinflar-trilobitsimonlar, jabra bilan nafas oluvchilar, traxeyalilar, xelitseralilar, hasharotlar. Ularning filogeniyasi. Bo‘g‘imoyoqlilarning kelib chiqishi.
Bo‘g‘imoyoqlilarning umumiy tavsifi. Bo‘g‘imoyoqli hayvonlar tanasi qattiq va pishiq kutikula bilan qoplangan. Uning asosiy qismi xitindan tuzilgan. Tanasi va oyoqlari bo‘g‘imlarga bo‘lingan. Oyoqlari halqali chuvalchanglarning parapodiylaridan kelib chiqqan. Tanasi boshko‘krak va qorindan iborat. Oyoqlar harakatlanishdan tashqari antenna, sezgi organi, jag‘, nafas olish yoki jinsiy funksiyalarni o‘taydi. Muskullari bajaradigan vazifasiga qarab differensiyalashgan. Bosh qismidagi muskullar chaynash, ko‘krak muskullarining ko‘ndalang bog‘lami tanani harakatga keltirish vazifasini bajaradi. Bu bo‘g‘imoyoqlilarning halqali chuvalchanglardan farqlantiruvchi nihoyatda muhim xossasidir. Chunki halqali chuvalchanglar teri-muskul haltasi va tana muskullarini qisqarishi tufayli harakatlana-dilar. Ko‘ndalang-targ‘il muskullar yassi muskullaridan keskin farq qiladi.

Tana bo‘shlig‘i miksotsel: ikkilamchi tana bo‘shlig‘i selom bilan birlamchi tana bo‘shlig‘i qoldig‘ini qo‘shilishidan hosil bo‘lgan.Ovqat hazm qilish sistemasi og‘iz, qizilo‘ngach, oshqozon, o‘rtalar va jigardan iborat. Qon aylanish sistemasi ochiq. Qon tana suyuqligi bilan aralashib gemolimfani hosil qiladi. Yurakdan chiqqan qon tomirlar tana bo‘shlig‘iga ochiladi. Nafas olish organlari jabra, o‘pka yoki traxeyalardan tashkil topgan. Jabralar yirik qisqichbaqalar uchun xos bo‘lib, dengizlarda yashovchi halqali chuvalchang jabralarining o‘zgarishidan kelib chiqqan. Mayda qisqichbaqasimonlarda maxsus nafas olish organlari rivojlanmagan. Shu sababli ular tana yuzasi orqali nafas oladi. Traxeya va o‘pka bilan nafas olish quruqlikda yashovchi bo‘g‘imoyoqlilarga xos. Traxeyalar hayvonot dunyosida faqat bo‘g‘imoyoqlilarda uchraydigan nafas olish sistemasidir.

Suvda yashovchi bo‘g‘imoyoqlilarning ayirish sistemasi halqali chuvalchanglarni metanefriylarning o‘zgarishidan hosil bo‘lgan bir juft naysimon bezlardan tuzilgan. Quruqlikda hayot kechiruvchi o‘rgimchaklar, ko‘poyoqlilar, hasharotlarda namlikni tejab sarflashga moslashgan malpigi naychalar rivojlangan.

Nerv sistemasi halqali chuvalchanglarga o‘xshash tuzilgan bo‘lib, bir juft bosh nerv tugunlari ya’ni bosh miya, halqumni aylanib o‘tadigan nerv tomirlar va qorin nerv zanjirlaridan tuzilgan. Ko‘zlari bitta linzadan iborat oddiy yoki ko‘p linzali murakkab ya’ni fasatkali bo‘lishi mumkin. Bir qancha bo‘g‘imoyoqlilarda ovoz chiqarish, eshitish, hid bilish, muvozanatni saqlash, tuyg‘u organlari ham rivojlangan. Yuksak bo‘g‘imoyoqlilar shartli reflekslarni oson hosil qiladi.

Ko‘pchilik bo‘g‘imoyoqlilar ayrim jinsli, ba’zan esa partenogenez orqali ko‘payadi. Suvda yashaydigan bo‘g‘imoyoqlilarda tashqi, quruqlikdagilarda ichki urug‘lanish bo‘ladi. Ayrimlari tirik tug‘adi. Ko‘pchiligi metamorfoz orqali rivojlanadi.

Bo‘g‘imoyoqlilar jabra bilan nafas oluvchilar, xelitseralilar, traxeyalilar va trilobitsimon kenja tiplardan tuzilgan.




Download 439,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish