Nizomiy nomidagi


Mezolit va neolitda ona urug’i davri odamlarining yutuqlari



Download 439,42 Kb.
bet136/152
Sana06.01.2022
Hajmi439,42 Kb.
#321248
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   152
Bog'liq
Ортиқова Л ORGANIK OLAM RIVOJLANISHI MAJMUA-2020

Mezolit va neolitda ona urug’i davri odamlarining yutuqlari. Muzlik davrining tugashi bilan eng uzoq davom etgan davr paleolit tomom bo’ldi va mezolit boshlanadi. Mezolit 14 - 7 ming yillar ilgari bo’lgan. Iqlim, flora va fauna asta- sekin hozirgi holatga kelgan. Muzliklarning chekinishi bilan mamont, serjun karkidon boshga hayvonlar neolit ko’p ovlanishi natijasida qirib yuborilgan.

Shimol bug’usi muzlik davrida shimol tomon ketib qolgan. Muzliklardan keyin janubda ochiq dashtlarga yaqin joylarda qarag’aylar, emanlar, qayinlar, kashtanlar, archalar ko’karib o’rmonlar hosil qilgan. Los, yovvoyi cho’chqa, ayiq va baliq kabi hayvonlar urchiy boshlagan. O’rmon hayvonlari maydaroq chaqqon bo’lgan. Ilgarigi ov usullari, qurollari ov uchun yaroqsiz bo’lib borgan. Mitrolitlar (kichik toshlar) 1- 2 sm uzunlikdagi pichoqsimon o’tkir uchli shakldagi chakmoqtosh buyumlari keng yoyilgan. Bumerang mezolit qabilalarining o’ziga xos ixtirosi bo’l-gan. Bumerang egilgan yassi yog’och parchasi shaklida o’roqsimon irg’itma, gurzi (cho’qmor) faunaning o’zgarishi tufayli hayvonlarni o’rab olib ovlash ikkinchi darajali bo’lgan. Ovchilik ma’lum darajaba yakka yakka hayvonlar qidirish va ularni kamon o’qlari bilan ovlash amalga oshgan. O’ljaning bir qismini yaralangan hayvon yoki hayvon bolalarini saqlash imkoni paydo bo’lgan. Itni qo’lga o’rgatishga asos bo’lgan. Undan odam ov qilish uchun, manzillarini qo’riqlash uchun foydalangan.

Demak, mezolitda hayvonlarni qo’lga o’rgatish boshlangan.

Bushmenlar (Janubiy Afrika), Urabunna (Avstraliya), virlar (Seylon), guyaklar (Paragvay) olovli yerliklar va boshqa qabilalar mezolitni relikt vakillaridir.

Mezolit manzilgohi o’z maydoni jihatdan neolit manzilgohlarinikidan kichikroq bo’lib, ular daryo bo’ylarida joylashgan. Ular chayla - kapa shaklida bo’lib, vaqtincha turar- joylar hisoblangan. Hayvonlarni qo’lga o’rgatish natijasida ovchilikdan asta – sekinlik bilan chorvachilikka o’tilgan. Dehqonchilik esa mukammal uyushgan terib - termachilik, ovqat topish orqali kelib chiqqan. Dehqonchilikni ayollar ixtiro qilishgan. U ilk neolit boshqa rayonlarda rivoj topgan.

Dastlabki dehqonchilik cheklangan xarakterga ega bo’lib, bir yoki ikki xil ekinni o’stirish uchun kichik - kichik yer maydonlariga ishlagan. Qurollar ham oddiy shaklda bo’lgan. Eng qadimgi dehqonchilik qurollari o’tkir uchli tayoq, qadag’ich bo’lgan. Keyinroq yassi uchli tayoqlar (kurak) va mataga paydo bo’lgan. Mataga ancha takomillashgan keng tarqalgan quroldir. Neolitda quritilgan donni maxsus yanchiqda maydalab un qilingan. Dastlabki odamlar o’zlari yashagan joylardagi yovvoyi o’simliklarni ekib o’stirgan. Masalan, Hindi - Xitoyda sholi, Amerikada makkajo’xori, kartoshka, kungaboqar, tamaki, qovun, Arabistonda arpa, Osiyoda bug’doy, Janubiy va G’arbiy Yevropada karam, Xitoyda choy, Habashistonda kofe, Markaziy Amerikada kakao ekilgan.

Chorvachilik va dehqonchilik odamning eng katta ishlab chiqarish g’alabalaridan biridir. Chunki bu bilan odam muntazam oziq-ovqat bilan ta’minlangan. Dehqonlar o’troq yashagan. Xo’jalikni avval urug’ a’zolari birgalikda boshqarishgan, keyin neolit davrida uni urug’ning ayollari yoki xonadon jamoalari boshqarishgan. Oila va jamiyatda mehnat jinsi va yoshiga qarab taqsimlangan.

Erkaklar ov qilish, baliq tutish, hayvonlarni qo’lga o’rgatish, qurol -yaroqlar yasash ishlari bilan mashg‘ul bo’lishgan. Ayollar terib- termalab ovqat topish, mayda dehqonchilik bilan shug’ullanish, uy ro’zg’or ishlarini bajargan. Erkaklar uchastka-larni daraxt va butalardan tozalashgan. Ularning atrofini to’sib olishgan, qoziqlar bilan chopib qo’riq ochgan. Ayollar sabzavotlar ekishgan. Poliz ekinlarini parvarish qilishgan. Yer qabila mulki bo’lgan. Qabila yerlari urug’lar o’rtasida urug’ yerlari jamolar o’rtasida bo’lingan.




Download 439,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish