Tadqiqot maqsadi: Yordamchi maktabda tevarak atrofni o’rganish yo’li bilan og’zaki nutqini shakllantirish.
Tadqiqot ob’ekti: Ixtisoslashtirilgan yordamchi maktabdagi bolalarning nutqi.
Tadqiqot predmeti: Yordamchi maktabda tevarak- atrofni o’rganish yo’li bilan og’zaki nutqini shakllantirish jarayoni.
Tadqiqot metodi: Mavzuga oid falsafiy, ilmiy, defektologik, psixo-pedagogik va metodik adabiyotlardagi ma’lumotlarni nazariy jihatdan tahlil qilish va umumlashtirish.
Ishning metodologik asosi: O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida» gi qonuni «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», pedagogika bo’yicha nazariyalar va konsepsiyalar, respublikamiz olimlarining qarashlari va ilgari surilgan g’oyalardan iborat.
Tadqiqot ishim: Kirish,ikki bob,xulosa va adabiyotlar ro’yxatiadn iborat
I. Bob. Muammoni o’rganishni ilmiy-nazariy asoslari
1.1. Til tafakkur quroli va muomala vositasi ekanligi.
Qayta qurish jamiyatimizning faqatgina ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy sohasidagina emas, balki madaniy hayotida ham o’z aksini topmoqda. Ma’lumki, adabiy tilda gapirish va yozish kishilarning bir-birini tez va oson tushunishiga yordam beradi, nutqning jozibadorligini, ta’sirchanligini oshiradi. Bolalarni adabiy nutqqa o’rgatishda oila, maktabgacha tarbiya muassasalarining roli benihoyadir. Bugungi kunda bizning asosiy vazifamiz bog'cha yoshidanoq bolaning og'zaki nutqini o'stirib borishdir. „Bola, — dcgan edi K. D. U shinskiy, — ilk yoshlik chog'idayoq xalq madaniyati elementlarini o‘zlashtira boshlaydi, bularni avvalo, ona tilini bifish yo'li bilan o ‘rganadi. Shu bois, bizning fikrimizcha, oilada, bolalar bog‘chasida ta'lim-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda ona tilidan o'rinli foydalanmoq zarur‘\ Ma'lumki, jamiyat taraqqiyotida tilning ahamiyati juda katta. Butun dunyo xalqlarining xoh siyosiy, xoh madaniy taraqqiyotini tilsiz tasavvur qilib boMmaydi. Chunki til eng muhim aloqa vositasi, jamiyat esa aloqasiz rivojlanmaydi. Bog'chada ta’Iim berish samaradorligini oshirish, bolalarni mustaqil ta’lim olishga (maktab ta'Iimiga) tayyorlash, yangi jamiyatning ongli quruvchilarini tarbiyalash kabi muhim va hayotiy vazifalarni haï qilishda ona tili asosiy o‘rin egaliaydi. Xalqning milliy madaniyati va o‘ziga xosligini ifoda etuvchi vosita bo'Imish o ‘zbek tilini rivojlantirish — bu tilning davlat maqomini izchil va to'liq ro'yobga chiqarish ... demakdir“ 1, deb ta’kidlab o‘tgan edi Respublikamiz Prczidenti I. A. Karimov. O’zbek adabiy tili o'zbek xalqining yagona, normallashgan tili sifatida og‘zaki va yozma shaklda asrlar mobaynida rivojlanib, mukammallashib keldi. Bola tashqi dunyoni xotira, tasavvur, xayol, tafakkur kabi ruhiy jarayonlar yordamida, shuningdek nutq yordamida bilib olish qobiliyatiga cga. Ammo bolalardagi intellekt, ya’ni ruhiy jarayonlar (xotira, tasavvur, xayol, tafakkur va h. k.) shunchaki bola organizmining o‘sib borishi va takomillashishi bilangina paydo bolmay, balki nutqining rivojlanishi bilan paydo boMadi va takomillashadi. Agar bola kichik yoshidan boshlab to‘g'ri gapirishga (so'z- lashishga) o‘rgatib borilsa, u vaqtda bunday bola normal holatda rivojlanadi, ya’ni awal tasavvur etish, keyin esa fikr yuritish, xayol qilish qobiliyati paydo bo'ladi va bu qobiliyat har bir yosh bosqichida takomillashib boradi. Bolalarda intellekt bilan barobar (parallel) ravishda iroda kabi mhiy jarayon ham takomillashib boradi. Ko‘pgina tajribalar shuni ko‘rsatdiki, nutqi rivojlanmagan bola toliq shaxs sifatida kamol topmaydi. So‘z boyligi bolaga barcha mashg‘ulotlarda beriladigan bilim- larni tez va puxta o‘zlashtirib olish va bu bilim, tushunchalarni nutq orqali ifodalash imkonini beradi. Bu, o‘z navbatida, bola kamoloti uchun ham keng yo‘l ochadi. Bilimlarni puxta egallash- ga, uni sekin-asta hayotga tatbiq etishga ham 0‘rgatadi. Ona tili aqliy tarbiyaning manbayi va vositasi hamdir. K.D.Ushinskiyning fikricha, bolaga ta'lim va tarbiya berishda tilning qimmati dastlab ijtimoiy hodisaning chuqur xalqchilligi bilan, uning milliy xarakteri bilan belgilanadi. U „tilda chuqur ma’noli ko‘pdan ko‘p falsafiy fikrlar, chinakam nafis his-tuyg‘ular, nihoyatda to‘g‘ri, ko‘rkam did, flkrni bir yerga to‘plab, zo‘r diqqat bilan qilingan mehnat izlari, tabiat hodisalarini va ulardagi eng nozik rang-barangliklarni g‘oyat darajada ziyraklik bilan his etish, kuzatuvchanlik, zolr mantiqiylik ... bor“ deb ta’riflaydi. K.D.Ushinskiy o‘zining „Ona tili so‘zlari“ maqolasida bolani ona tili, ona tilidagi so‘zlar orqali tarbiyalash masalasini qo‘ydi. Chunki xalqchillik dastlab ona tilida o kz ifodasini topadi. Bolaning shaxsiyati, bilimi, malakasi, ma'naviy qiyofasi ana shu til ta’sirida shakllanadi. Shoira Zulfiya ta’kidlaganidck: „Ona tilini mukammal o‘rgangan kishi ona yurtining tarixini to‘liq o‘rganish baxtiga muyassar bo’ladi“. Ona tili bolalarda vatanparvarlik, baynalmilal tuyg‘ularni o‘stirib borishda, bolalarning madaniy saviyalarini oshirib borishda qudratli vosita bolib xizmat qiladi. Demak, ona tili bolalarni ax- loqiy tomondan tarbiyalash vositasidir. Ona tili orqali bolalar o‘z ajdodlarining tarixini, madaniyatini, qadriyatlarini, urf-odatlarini bilib oladilar, xalq og‘zaki ijodiyoti, badiiy adabiyot, san'at bilan tanishadilar. Shunday qilib, ona tili maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni ruhiy jihatdan rivojlantirishda, ularning madaniy saviyasini oshi- rishda, tevarak-atrofdagi voqea-hodisalar, tabiat va jamiyat qonuniyatlarini tushunib olishlarida, maktabda nuivaffaqiyatli o‘qishlari uchun zamin yaratishda, mehnat faoliyatiga ijodiy yondashishga o’rgatishda aqliy va axloqiy tarbiyani amalga oshirishda, dunyoni, borliqni bilib olishda, xalqimiz madaniy mcrosini o'rganishlarida asosiy vosita bo’lib xizmat qiladi. Til jamiyatda kishilarning bir-birlari bilan aloqa boglashlari uchun, bir-birlarining fikrlarini tushunishlari uchun muhim vositadir. Til jamiyatga xizmat qiladi. Shuning uchun u ijtimoiy hodisa hisoblanadi. Til jamiyat paydo bolishi bilan paydo bo’lgan, jamiyat taraqqiyoti bilan birga taraqqiy etgan, rivojlangan. Jamiyatda fikr almashuv doimiy va hayotiy zarurat hisoblanadi. Odamlar til vositasida o‘zaro fikr almashadilar. Shuning uchun ham til aloqa vositasi bolishi bilan birga, jamiyatning rivojlanish manbayi hamdir. Odamlarning nutq orqali aloqalari har doim ma’lum bir til vositasida amalga oshiriladi. Til yordamida fikr almashmay turib, odamlar o‘zaro mehnat faoliyatlarini tashkil eta olmaydilar. Tilsiz ijtimoiy ishlab chiqarish liamda jamiyat bo’lmaydi. Til jamiyat hayotida katta roi o‘ynasa-da, u ijtimoiy taraq- qiyotning mahsulidir. Nutq bilan til o ‘zaro chambarchas bog'liq. Nutq odamlarning til vositasida aloqa boglashlaridir. Har bir kishining o‘z nutqi bor. Ammo ana shu nutqni bir necha tilda ifodalash mumkin.
Til ijtimoiy hodisa bo’lganligi uchun ham u kishilarda mustaqil holda mavjud bo’ladi. Til tarixiy taraqqiyot davomida odamlaming nutq orqali aloqa boglashi jarayonida vujudga kelgan va rivojlangan. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning nutqi tashqi olam bilan bog‘langan holda uchta vazifani bajaradi: 1) kommunikativ; 2) bilish, 3) tartibga solish. Nutqning kommunikativ vazifasi bolada juda erta paydo bo‘ladi. Bolaning ilk bor aytgan birinchi so‘zi kommunikativ vazifani bajaradi. Keyinchalik esa bu so‘z bolaning atrofdagi kishilar bilan m uom ala qilish ehtiyoji o ‘sib borgani sari nutq sifatida takomillashib boradi. Ikki yoshdan boshlab bola o‘z istak-xohishini airofdagi kishilarga tushunarli tarzda ifodalay oladi, o ‘ziga qarata aytilgan ’nutqni, so‘zlar ma’nosini tushuna boshlaydi. Uch yoshdan keyin bola ichki nutqni egallaydi. Bu vaqtda nutq uning uchun muomala vositasi bo'libgina qolmay, balki boshqa vazifani — bilish vazifasini bajara boshlaydi; yangi so‘zlar va so‘z shakllarini o‘zlashtira borib, tevarak-atrof haqidagi, predmet va hodisalar, ular o ‘rtasidagi o’zaro bog'liqlik haqidagi tasavvurlarini kengaytiradi. Bola nutqning kommunikativ va bilish vazifasi bilan birgalikda xulqini tartibga soluvchi nutqni ham egallay boshlaydi. Bola xulqini tartibga soluvchi birinchi so‘z—bu mumkin. mumkin emas hamda buyruq fe'li shaklidagi ye, bor kabi so'zlar bolib qoladi. — Mumkin emas! Qo’ling kuyadi!—deb taqiqlash ohangi bilan aytilgan gap, qo’lini issiq choyga olib borayotgan bolani bu harakatdan to‘xtatadi. Yoki kitobni yirtishga harakat qilayotgan kichkintoy qo‘lidan kitobni olayotgan onaning qat’iy ravishda:— Mumkin emas! Kitob ketib qoladi. „Vali yomon bola ekan“ deb aytadi,— degan so'zlari bolani tartibli, intizomli bolishga undaydi. Tartibli, intizomli bolish esa shaxsning asosiy sifatlaridan biri bolib, undagi xarakter xususiyatlarining rivojlanishi uchun manba bo ‘lib hisoblanadi. Shuni ta'kidlab o‘tish lozimki, bolaga qaratilgan nutq uning xulq-atvorini tartibga solib turuvchi, qilinadigan ishlarni rejalashtirishga undovchi vositadir. Biz nutq orqali, ya’ni til vositasi bilan har xil mulohazalar yuritamiz. Tafakkur hamisha til vositasida ifodalanadi. Til va tafakkur o'zaro uzviy bog'liq bo’lgan jarayondir. Shuning uchun ham fikrning realligi tilda namoyon boladi, deyilishi bejiz emas. Tafakkur jarayonida nutq — hukm, xulosa chiqarish va tushuncha shakllarida namoyon bo'ladi. Demak, kishilar til yordamida o‘zIaridan ilgari yashagan kishilarning hayotini, bo’lib o‘tgan voqea va hodisalarni bilib oladilar. Shu bilan birga, o ‘zlari yashayotgan davrda bo'layotgan voqea va hodisalarni, yangiliklarni o'rganib, bilib oladilar. Til kishilarning eng qulay aloqa-aralashuv vositasidir. Inson til orqali:
a) o’z fikrini bayon qiladi— axborot beradi; b) boshqalarning fikrini anglaydi — axborot qabul qiladi.
1.2 „Grammatika“ termini tilshunoslikda ikki ma’noda ishlatiladi: birinchidan, u tilning grammatik qurilishini belgilaydi ikkinchidan, u fan sifatida tushunilib, so'z shaklining o’zgarishi va ularning gapda moslashuvi to’g‘risidagi qoidalarni tushuntirib beradi. Grammatika tilshunoslikning so‘z shaklining o’zgarishi, so’z birikmalarining turlari va gapning tilparini o ‘rganuvchi qismi. Grammatika: 1) so‘z birikmalari va gaplarni; 2) so‘zlar orasidagi leksik-semantik aloqalarni tekshiradi. Grammatika so‘z turkumlari va gap tuzilishini, ya’ni tilning grammatik tuzilishini o'rganadi. Grammatik qurilish esa tilning asoslaridan biri: tilning negizi uning gramm atik qurilishi bilan leksikasidir. Grammatika ikki qismdan — morfologiya va sintaksisdan iborat. Morfologiya so’zlarning tuzilishi va o‘zgarishini, so‘zlarning nutqda o‘zaro birikishiga xizmat qiladigan struktura o‘zgarishilarini, so‘zlarning tuzilishi, ularning turkumlarga ajralishi va bundagi qonuniyatlarni o‘rganadi. Sintaksis esa so‘z birikmasida va gapda so'zlarning birikish yo’lllarini, gapning strukturasini, tiplarini, gap bo'laklarini tekshiradi. Bolalar tilning grammatik tuzilishini kattalar bilan muloqotda bo‘lish va taqlid qilish asosida asta-sekin o‘zlashtirib boradilar. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar atrofdagi kishilardan taqlid qilish yo‘li bilan turli grammatik shakllardagi so‘zlarni o ‘zlashtirib oladilar va ulardan asta-sekin mustaqil ravishda foydalana boshlaydilar. Biroq nutqning grammatik tuzilishini o’zlashtirish murakkab va uzoq davorn etadigan jarayondir. Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda, ya’ni ularning nutq malakalarini takomillashtirishda og‘zaki nutqning grammatik qurilishini shakllantirishga alohida ahamiyat beriladi. Maktabda bola har doim o’qituvchining talablari bilan to‘qnash keladi, qo‘yilgan savollarga mustaqil javob beradi, nimanidir hikoya qiladi, tushuntiradi, isbotlaydi. Bularning hammasi boladan tilning leksik va grammatik jihatlarini, uning frazeologik boyligini, adabiy til qoidalarini chuqur egallashlarini talab etadi. Bola maktabda nutqini grammatik jihatdan shakllantirishda grammatika qoidalarini o‘rganishga asoslanadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar esa nazariy bilimlarga tayanmay, balki atrofdagilar bilan o ‘zaro muloqotga asoslanadilar. Bog'cha yoshidagi bolalar grammatik qoidalarni tushunib, yodlarida saqlab qolmaydilar. Ular ot, fe'l, sifat, olmosh, kelishik kabi grammatik kategoriyalarning borligini ham, nima ekanligini ham bilmaydilar. Shuning uchun ular grammatikani og‘zaki nutq orqali amaliy ravishda o‘zlashtirib boradilar. Bolalar bog‘chasida egallangan grammatik malakalar, boshlang'ich sinfda nutqning grammatik tuzilishini nazariy jihatdan egallashlariga asos bo‘lib xizmat qiladi. Yilning boshida tarbiyachilar bolalar nutqidagi grammatik xatolarni mashg‘ulotlarda va mashg‘ulotdan tashqari vaqtlarda aniqlab oladilar. Bu tarbiyachilar uchun bajariladigan ish mazmunini belgilashda yordam beradi. Nutqni grammatik jihatdan shakllantirish ishlari ikkinchi kichik guruhdan boshlanadi. Ushbu guruhda „Bolalar bog‘chasida ta’lim-tarbiya dasturi“ ning „Nutq o‘stirish“ bo’limida nutqni grammatik jihatdan shakllantirish bo‘yicha quyidagi ish vazifalari va mazmuni belgilab berilgan. Otlarni kelishik qo‘shimchalari bilan to‘g‘ri turlashga, fc'llarni shaxs-son va zamon qo‘shimchalari bilan to ‘g‘ri tuslashga o‘rgatish. Buyumlarni va narsa- hodisalarning nomlarini birlik va ko'plikda ifodalashga o'rgatish, nutqning sintaktik tomonini shakllantirish va takomillashtirish. Bolalarga voqeaning sodir bo‘lgan vaqtini, joyini ifodalaydigan so‘zlarni, sodda va qo'shma gaplarning tuzilishini o‘zlashtirib olishlarida yordam berish, ularni uyushiq bo’lakli gaplar tuzishga o'rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |