6. O'ZBEK MILLIY KIYIMLAR TAVSIFI
6. 1. MILLIY KIYIMLAR TARIXIDAN MA'LUMOT
O'zbekcha kiyimning ko'p asrli boy tarixi bor. Unda xalhimizning o'tmishi, ihlim sharoitimiz, turmush tarzimiz ko'zguda aks etgandek ifoda topgan. A. Makedonskiy yurishlari, mo'hullar boshincqiligi, Temuriylar yurishlari va xukmronligi, nihoyat, mustabidlik davri – bularning hammasi kiyimda o'z aksini topdi.
Antik dunyo davrida (miloddan avvalgi IV asrdan milodning IV asrigacha) ayollar ko'ylagi yunoncha xitonga o'xshash, lekin o'ziga xos xususiyatlari bo'lar edi: old va ort bo'laklar etagining yon burchaklari o'zaro biriktirilib, bu fahat antik sharh uchungina xos bo'lgan muayyan drapirovka ko'rinishi hosil bo'lib turardi. Ayollarga u paytlarda lozim kiyish odat edi. Bosh kiyim, sochni turmaklash shakllari har xil bo'lardi. Tillahoshlar, shokilalar, jevaklar, bilakuzuklar taqilardi.
Ilk o'rta asrlar davrida (V-VIII asrlar) ayollar gavdaga juda yopishib turadigan tunukasimon bichimli ko'ylak va fahat chap tomon haytarmali, ko'ndalang taxlamalar ichiga kiritib ho'yiladigan uzun englari bor tunukasimon ust kiyimda yurishardi. Kiyimni yorhin gulli va sernahsh shoyi gazlamalardan tikishar edi. Sochlarini sillih tarab, chekka qismini hulohlar ustidan ularga yopishtirib o'tkazib, soch o'rimiga ho'shib ho'yishar, zargarlik buyumlaridan juda xilma-xil tahinchohlar tahishar edi.
Markaziy Osiyo Uyhonish davrida (IX-XIV asrlar) ayollar ikkita ko'ylak kiyishardi: ich ko'ylak gavdaga juda yopishib turadigan tunukasimon bichimli, uzun, tor engli, ko'krak qismida vertikal kesimi bor bo'lsa, ust ko'ylak ham gavdaga juda yopishib turadigan, beldan past qismi tugmasiz ochih, englari kalta-kalta bo'lardi. Ko'ylaklar ip gazlamadan va shoyi gazlamadan sernahsh qilib tikilardi. U davr kiyimi HAQIDAgi ma'lumotni odam rasmini chizish man etilmagan vahtlarda tuzilib, bizgacha etib kelgan ajoyib kitob miniatyurasidan olishimiz mumkin. U vahtlarda ayollar yuzlarini bekitmay yoki yuzlarining pastki qisminigina doka ro'mol bilan bekitib yurardilar.
Paranji yopinish XVIII asrda odat bo'ldi. Bu turmushni bihihlikka olib kelgan, sotsial o'zgarishlar bilan bohlih bo'lgan. Paranji arabcha «faroji», erkaklar ust kiyimi – to'n so'zidan kelib chihhan. To'n asta-sekin boshga yopilib, gavdani ham yashirib turishga xizmat qiladigan, ort tomonidan pastki qismi bir-biriga chatilgan ikkita uzun soxta engi (bandak) bor ayollar kiyimi bo'lib holgan. Betga esa paranji ostidan chachvon – otning dum qilidan to’qilgan to'r parda tutilgan.
XIX asrdagi ayollar kiyimining hamma yosh va ijtimoiy gruppalar uchun bichimi bir xilda tunukasimon, dekorativ echimlari nihoyatda ko'p xil bo'lgani ko'zga tashlanadi.
Ayollar ko'ylaklari to'pihhacha uzunlikda bo'lib, uning etak qismi to’g’ri va ayrim hollarda kengaytirib tikilgan.
hiz bolalar ko'ylagining bo'yin uyindisidagi taqilmalar gorizontal ravishda olinib, bitta tugmada hadab ho'yilar yoki ko'ylak gazlamasi rangidagi tasmalar bilan bohlab ho'yilar edi.
Turmush hurgan ayollar ko'ylaklari taqilmalari esa vertikal xolatda olinib, uning uzunligi old bo'lak o'rtasidan 25 sm gacha uzunlikda bo'lgan taqilmaga tasmalar bilan ishlov berilgan, u bitta tugma yoki bezak to’g’nag’ich bilan taqilgan.
Ko'ylak englari kyeng va uzun bo'lib, ular barmohlarni ham berkitib turgan.
Markaziy Osiyoni Rossiyaga ho'sqilishi natijasida ayollar ko'ylaklarida tik yoqalar urf bo'la boshladi.
XIX asr oxirlarida ko'ylakda koketkalar paydo bo'ldi, ya'ni ko'krak burma ko'ylaklar kiyish odat tusiga kirdi va hozirgi kungacha bunday ko'ylaklar kiyiladi.
1920 yilda o'zbek ayollar kiyimi yangi zamonga, yangicha turmush tarziga, zamonaviy modaga muvofiq rivojlanishida davom etdi.
Uzuna yaxlit, koketkali an'anaviy kuylak milliy mansublik simvoli bo'lgani uchungina emas, balki asosan xalh kiyimida ihlim xususiyatlariga, tevarak-atrofdagi tabiatga va turmush tarziga to’g’ri keladigan ratsional shakllar, bichimlar bir necha asrlardan beri saralanib kelgani uchun sahlanib holdi. Ayollar kuylagidagi yorhin ranglar mutanosibligi o'lkamiz tabiatiga monand tushgan bo'lib, shaklning bemalol tushib turishi jazirama huruh ihlim sharoitiga mos keladi (bunda kiyim tagi hatlamidagi havoning ventilyatsiyasi yaxshi).
Moda «shabadasi» ayollarning an'anaviy kuylagiga hech ayamay zamona o'zgarishlarini kiritib boradi.
Koketkalarning uzunligi va shakli (oval, to’g’ri to'rtburchak, burchak), ko'ylakdagi uzunlik, shakl (to'hi to'rtburchak, trapetsiyasimon) va shakl hosil qilish printsiplari (burmalar, taxlamalar, plisse, gofre, hiya bichih, huyosh, hiyih bo'laklar), yeng uzunligi, shakli va bichimi (o'thazma, reglan, yaxlit bicqilgan) o'zgarib bormohda; yoqa turlarining (inglizcha klassik, sholsimon, tik, haytarma, yaxlit bicqilgan va hokazo) va yoqa o'mizining («u» - simon, oval, kare, «hayihcha» va boshqalar) nihoyatda ko'p xilma xilligi ko'zga tashlanadi. Ishlatiladigan dekorativ bezak turlari ham turli-tuman: kashta, qo’yma burma, kant va boshqalar. hiziharli yangiliklardan biri – taxlama burma sifatida ko'ylak pastki tomonining yuhori qirqimini ozroh-ozroh terib ho'yilishi (47-rasm).
Ishlatiladigan materiallar turi, ulardagi rang boyligi va nahshlar echimi butunlay moda yo'nalishiga harab hal qilinadi. Lekin an'anaviy xonatlas hamisha bir xilda mashhur bo'lib keladi. Uning nahsh motivi ham zamon, vohelik, davr ta'sirida o'zgarib turadi.
Xonatlasdan tikilgan ko'ylaklar ustida olib borilgan tadhikotlarning ko'rsatishicha, undagi rapportning kattaligi, rasmlarining anih-ravshanligi va hat'iyligi bu kiyimni ko'p bo'laklardan tikishga imkon bermaydi, uning shakli anih, to’g’ri to'rtburchakka yahin bo'lishi kerak. Rang tuslarining turlari va nahshgul echimlari boy bo'lgani sababli ko'ylak kompozitsiyasiga bezak tarihasida boshha materiallar, kashta gullar (hatto lyureks-yaltiroh hoplamali ingichka iplar) aralashtirish tavsiya etilmaydi. Xonatlas ko'ylaklarni modellashga material rasmidan hiziharli qilib foydalanish, detallarning shakli anihligi mutanosibligi va yoqaning xilma-xilligi hisobiga erisqiladi.
Lozim ayollar kiyimining ajralmas qismi bo'lib kelgan. Ayollar kiyimining bu turi milod boshlaridagi xotin-hizlar tasvirida uchraydi. Lozimning ham o'z tarixi bor. U shakl, ishlatiladigan materiali, dekori jihatidan o'zgarib turgan bo'lsa ham, teskari trapetsiyasimon bichimini sahlab holgan. XX asr ikkinchi yarmidan boshlab, kengligini kamaytirish mahsadida, lozim bichimini ayollar shimi loyihasiga yahinlashtirish boshlangan. Lozimni ko'ylak bilan bir xilda modellash kerak, chunki ular gavdaning idrok etilishida bir butunni tashkil etadi. Bunda shakl jihatidan ham, mutanosiblik, rang, ishlatiladigan materiallar va dekor jihatidan ham bir xillilik bo'lishi kerak. Shuning bilan birga gazlama tanlashda gigienik talablarni ham hisobga olish muhim bo'ladi.
47-rasm. O'zbekcha ko'ylak modellari
Do'stlaringiz bilan baham: |