6.2. AYOLLAR O'ZBEKCHA KO'YLAGINI TEXNIK MODELLASH
An'anaviy milliy ko'ylak gavda qismi to’g’ri bichimli, koketka chizig’i bo'ylab burmali bo'ladi. Koketka asosan ko'ylakning gavda qismiga ulanadigan chizig’i bo'ylab dumaloh bo'ladi. Old tomonda koketka bo'laklari bir-birining ustiga o'tib turadi. Yoqasi hirhma, yoqa o'mizi bo'ylab o'thazma, haytarma qismining shakli har xil bo'ladi. Bunday ko'ylakning loyihasini tuzish metodlarining boy tarixi bo'lib, unda xalh an'analari hisobga olinadi. Mazkur ho'llanmada milliy ko'ylak loyihasini beli qirqma bo'lmagan ovropacha ko'ylak loyihasi asosining chizmasida tuzish varianti (48-rasm) taklif etilgan.
Old va ort bo'laklar chizmasida oldin vitochkani bekitib, tipik koketka chizig’i o'tkaziladi. Koketka chizig’i ort bo'lakda L nuqtasidan, old bulakda esa L1 nuqtasida o'tkazilgani ma'hul.
Old bo'lakda koketka chizig’i ko'krakning yuhori nuqtasidan 2,5-3 sm yuhorirohdan o'tishi kerak, bu chiziq asta-sekin simmetriya chizig’iga tushib, undan 2,5-3 sm ga o'tadi (koketkaning bir-biri ustiga o'tish kengligi). Tipik vitochkani to’g’nag’ich bilan to'hnab, belgilangan chiziqlar bo'ylab hirqiladi. L1 nuqta surilib yangi holat L1/ ga o'tadi. Shunday qilib, ko'krak vitochkasi koketka chizig’iga ko'chiriladi.
Ort bo'lak elka vitochkasini o'z o'rnida holdirish mumkin. Lekin, ba'zan gazlama guli buzilmasligi uchun ort bo'lak koketka detalining elka vitochkasini ham koketka chizig’iga ko'chirish mumkin. Buning uchun elka vitochka uchidan koketka chizig’igacha vertikal chiziq o'tkaziladi. Shu belgi chiziq bo'ylab koketka hirqiladi. Elkadagi vitochka to’g’nag’ich bilan to'hnaladi-da, bu vitochka koketka chizig’iga va vertikal hirqilgan joyga ko'chiriladi. hosil qilgan andoza konturlari bo'ylab, ort bo'lak koketkasining shakli olinadi.
Shunday qilib, old bo'lakdagi koketka chizig’i - L1/ 1, old bo'lakning gavda qismini koketkaga ulash chizig’i - L1 1; ort bo'lakning koketka chizig’i – L/ 2, ort bo'lakning gavda qismini koketkaga ulash qismi L2 bo'ladi. Koketkaga ulash chizig’i bo'ylab gazlamadan burma hosil qilishga mo'ljallab, ko'ylakning ham old, ham ort bo'lak gavda qismi kengaytirish ho'yimi istalgancha, ixtiyoriy olinadi. Buning uchun old va ort bo'laklar simmetriya chiziqlarini gavda qismini kengaytirmohchi bo'lgan miqdorga suriladi:
22/ q KK/ q BlBl/ q EE/ q Bl1Bl/ q Bk1Bk1/ q E1E1/ q 10 sm
Ko'ylak gavda qismining minimal kengaytirilishi 10 sm ga tyeng bo'ladi.
Agar bu kengaytirish etarli bo'lmasa, old va ort bo'laklar qo’shimcha suriladi. Buning uchun surish chizig’i belgilab olinadi. Bu chiziqlar ort bo'lakda beldagi vitochka markazidan, old bo'lakda esa beldagi ikkala vitochka markazidan vertikal o'tkaziladi. Old va ort bo'laklari belgi chiziqlar bo'ylab hirhib, hamma bo'laklarni gorizontal bo'ylab ort bo'lakni o'ng tomonga, old bo'lakni chap tomonga suriladi. Yon qirqimlar – K4E2 vertikal yo'nalishda belgilanadi. Old va ort bo'laklarning qo’shimcha surilish kengligi ixtiyoriy bo'ladi. Old va ort bo'laklar uzil-kesil surilib bo'lgandan keyin ularning yuhori qirqimlari shakli chiziladi.
Ayollarning an'anaviy o'zbekcha ko'ylagida, hozirgi paytda ma'lum o'zgarishlar bo'lmohda, ya'ni ko'ylak gavda qismining bichimi, hajmi va uzunligi hisharmohda. Koketka, yoqa, englarning katta-kichikligiga va shakliga ko'pgina omillar, shu jumladan moda ham ta'sir etmohda.
hozirgi o'zbekcha ko'ylakda turli bezaklar, qo’yma burmalar, aylana burmalar, plisse va hokazolar ishlatiladi. Bu esa ko'ylaklarning gavda qismi bilan koketkaning loyihasi bir xil bo'lsa ham ularning tashhi ko'rinishini o'zgartiradi.
48-rasm. O'zbekcha ko'ylakning loyihasi
Do'stlaringiz bilan baham: |