RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDEGOGIKA UNIVERSITETI
ABDULLAEVA QUMRI MADJIDOVNA
TIKUVCHILIK BUYUMLARINI LOYIHALASH VA MODELLASHTIRISH ASOSLARI
Pedagogika oliy o’quv yurtlari kasb ta'limi fakultetlari uchun
o’quv uslubiy qo'llanma
Toshkent-2003
Mazkur qo’llanma Pedagogika oliy o’quv yurtlari kasb ta'limi fakultetlari talabalari uchun «Tikuvcqilik buyumlarini loyihalash va modellashtirish asoslari» fani masalalarining bayoniga bag’ishlangan. Undan talabalar ushbu fan asoslarini zamon talablariga muvofiq o'rganishda foydalanishlari mumkin.
qo’llanmadano'rta maxsus kasb-hunar kollejlarining o’qituvcqilari , shuningdek, shu sohaga qiziqqan kyeng kitobxonlar ommasi foydalanishi mumkin.
Mas'ul muharrir: p.f.n., dotsent Muslimov N.A.
Tahrizcqilar: Nizomiy nomli Toshkent Pedagogika universiteti
dotsenti, p.f.n. Iskandarov A.S.
Toshkent to’qimacqilik va engil sanoat instituti
dotsenti, t.f.n. Nihmatova F.U.
Muharrir: Azizova M.
Nizomiy nomidagi TDPU Ilmiy kengashining 2003 yil “___”_____________ №___-sonli majlisida ko'rib chiqilgan va nashrga tavsiya qilingan.
Nizomiy nomidagi TDPU, 2003
KIRISH
Bugungi kunda mamlakatimiz ihtisodiyotining ko'plab sohalarida chet ellik mutaxassislar bilan birgalikda hamkorlik qilib kelinmohda. Tikuvcqilik sanoati ham bundan mustasno emas. Respublikamizda tikuvcqilik sohasi bo'yicha ho'shma korxonalardan tashhari uzoh tarixga ega bo'lgan “Yulduz”, “Parizod”, “Tong” tikuvcqilik korxonalari mavjud. Bunday korxonalar uchun malakali mutaxassislar etkazib berish masalasi “Ta'lim to’g’risida” gi honun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da o'z ifodasini topgan.
“Iqtisodiy va siyosiy sohalardagi barcha islohotlarimizning pirovard mahsadi yurtimizda yashayotgan barcha fuharolar uchun munosib hayot sharoitlarini tashkil qilib berishdan iboratdir. Aynan shuning uchun ham ma'naviy jihatdan barkamol etuk rivojlangan insonni tarbiyalash, ta'lim va maorifni yuksaltirish, milliy uyg’onish qoyasini ro'yobga chiharadigan yangi avlodni voyaga etkazish davlatimizning yeng muhim vazifalardan biri bo'lib qoladi”. (I.A.Karimov).
Respublikamizdagi tikuvcqilik korxonalari, ho'shma korxonalar va yakka buyurtma tikish korxonalari ishlab chiharadigan maxsulotlar aholining kiyimga bo'lgan ehtiyojini hondirishga xizmat qiladi. Shuning uchun oliy o’quv yurtlarida, kasb-hunar kollejlarida, umumta'lim maktablarida, maktabdan tashhari muassasalarda o’quvcqilarni tikuvcqilik korxonalarida xizmat qilishga tayyorlash ishlariga e'tibor berilmohda. Mehnat ta'limi o'hituvchisining darsdagi, to'garakdagi ishlarida olgan chuhur bilimlari mustaqil ishlashlarida, izlanishlarida katta ahamiyat kasb etadi.
Ushbu o’quv qo’llanma ayollar, erkaklar va bolalar kiyimlarini loyihalash, modellashga oid masalalarning bayoni bo'lib, oliy o’quv yurtlari talabalari, maktab o’qituvcqilari, maktabdan tashhari muassasalarning, to'garaklarning rahbarlariga mo'ljallangan. Bundan tashhari, ho'llanmada bayon etilgan material yakka tartibda kiyim tikadigan kyeng kitobxonlar ommasini ham hizihtirishi mumkin.
ho'llanmadagi berilgan mavzular shu fanni o'rganayotgan kisqilarning ijodiy tafakkurlarini rivojlantirish, ularning badiiy didlarini o'stirishda maksimal yordam berishni ko'zda tutgan holda to'plangan va bayon etilgan.
qo’llanma bir necha bobdan iborat. Bu boblarda kiyim HAQIDAva uning tarixidan ma'lumot, kiyimlarga ho'yiladigan talablar, kiyimlarning sinflanishi, ayollar, bolalar va erkaklar kiyimini loyihalash bo'yicha asosiy ma'lumotlar batafsil yoritilgan. Odam gavdasi tuzilishi asoslari, turlari, gavdaning asosiy antropometrik nuqtalari va chiziqlari, gavdani modul bo'yicha chizish, kiyimni loyihalashda foydalaniladigan asosiy o'lchovlar va ularni gavdadan olish, kiyimni loyihalash usullari, unda ishlatiladigan qo’shimchalar HAQIDAetarli ma'lumotlar berilgan.
Shuningdek, kiyimlarni loyihalash, ya'ni asos chizmasini tuzish, to'r qismidan boshlab, keyin konstruktiv nuqtalar va chiziqlar o'rnini anihlashgacha bo'lgan jarayon boshichma-boshich muntazam yoritib berilgan. Bu ho'llanmada o'zbek milliy kiyimlariga ham batafsil to'xtab o'tilgan.
Texnik modellashtirish HAQIDAma'lumotlar talabalarga tushunarli qilib bayon qilingan. ho'llanmaning oxirida esa kiyim kompozitsiyasining asoslari, kostyum hosil qilishning asosiy tamoyillari, xususiyatlari va kompozitsiya vositalari yoritib berilgan. Bu bo'limda uy kiyimini, kundalik va bashang kiyim modelini ishlash va badiiy bezash asoslari ko'rib chiqilgan.
Bu ho'llanmani boblarini yozishda G.K.Xasanbaeva, I.O.Krimova, G.V.Skachkova, L.V.Martoplyas, A.P.Rogova, L.P.Shershneva kitoblarida bayon etilgan asosiy qoidalardan foydalanilgan.
O’quv ho'llanmada berilgan materiallardan amaliy ishda ijodiy foydalanish didni, tadbirkorlikni rivojlantirishga, kiyim madaniyati tushunchasini kengaytirishga, kasbiy bilimlarni chuhurlashtirishga yordam beradi.
“TIKUV BUYUMLARINI LOYIHALASH VA MODELLASHTIRISH ASOSLARI”
Do'stlaringiz bilan baham: |