E t a k t o m o n i k en g a y t i r i l g a n y u b k a
Yubkaning etak tomoni beldagi vitochkalarni etak chizig’iga ko'chirish, taxlamalar hosil qilish, gode singari juda ko'p usullar bilan kengaytiriladi. Vitochkani beldan etak chizig’iga ko'chirish yo'li bilan yubkaning etak tomonini kengaytirish yeng ko'p tarhalgan usullardan hisoblanadi (3-rasm, a).
To’g’ri yubkaning loyiha asosining chizmasiga old va ort bo'laklariga vitochkalarning oxirgi uchidan, hamda yon chiziq bilan vitochka oralihida yubka etagigacha hirqiladigan chiziq o'tkaziladi, keyin shu chiziq bo'ylab bel chizig’iga 0,3-0,5 sm holguncha hirhib, beldagi vitochka bekitiladi, shu bilan bir vahtda yubkaning etak chizig’i bo'ylab surib kengaytiriladi.
Bunday loyihadagi yubka bo'ksa qismida gavdaga yopishib, chiroyli drapirovkalanadi. Bichishda yubkaning old va ort bo'lak simmetriya chiziqlarini gazlama asos ipi bo'ylab yoki asos ipiga 45o burchak ostida joylashtiriladi.
Etak tomoni kengaytirilgan yubkaning shunday yo'l bilan olingan loyihasi huyosh yubka, «yoysimon» yubka, beli burma yubka va etak tomoni bo'ylab kengaytirilgan yubkalar loyihasini tuzishga asos bo'ladi.
3-rasm. Yubkalarni modellashtirish
Bu yubkalarning loyihasini hosil qilish uchun, yuhorida aytib o'tilgan loyiha asosiga qo’shimcha hirhish chiziqlari o'tkaziladi. Shu belgi chiziq bo'ylab hirhib, har haysi bo'lakni uning yon qirqimi simmetriya chizig’iga nisbatan to’g’ri burchak ostida bo'lib holguncha soat mili yo'nalishida suriladi. (46-rasm, a da punktir chiziq bilan ko'rsatilgan.) Bel bo'ylab qo’shimcha burma hosil qilish uchun bel chizig’ining shaklini sahlab turib, loyihada belgilangan bo'laklarni istalgan mihdorda suriladi.
«Fantazi» yubka
«Fantazi» yubkalarda turli simmetrik, asimmetrik drapirovkalar, hirhmalar, burmalar bo'ladi; shuningdek, ular ko'p havatli va boshhacha ham bo'lishi mumkin. Bunday yubkalarning loyihasi tegishli bichimli (to’g’ri, etak tomoni kengaytirilgan, gode, etak tomoni toraytirilgan va hokazo) yubka loyihasi asosida ishlab chiqiladi.
«Fantazi» yubkaning ko'pgina variantlaridan birining texnik modellash tartibi 3-rasm, b da ko'rsatilgan.
Asos chizmasida murakkab shakldagi hirhmalar chiziqlari, ya'ni fason chiziqlarining joylanishi belgilab olinadi. Keyin burma-drapirovkalar o'rnining belgi chiziqlari o'tkaziladi.
Beldagi vitochkalarni bekitib, ularni qirqma yoki drapirovka chizig’iga ko'chiriladi. Belgilangan drapirovka chiziqlari bo'ylab yon chiziqda 0,3-0,5 sm holguncha hirqiladi-da, yon qirqim chizig’ining uzunligini sahlab holib, surib drapirovka ochiladi. hosil bo'lgan detallarni qog’ozga to’g’nag’ich bilan to'hnab bo'rlanadi, drapirovka o'rni belgilanadi, yangi andoza qirqib olinadi. Drapirovka, taxlamalarning yo'nalishi hamda chuhurligi va boshqalar ixtiyoriy anihlanadi.
Tayyor modeldagi drapirovka tashhi ko'rinishi va uning eskizining bir-biriga mosligi loyihasini tayyorlagan ishchining tajribasiga bohlih. Shuning uchun olingan andozani oldin maket gazlamada tekshirib ko'rib, keyin modelni asosiy gazlamadan bichishga o'tgan ma'hul.
Do'stlaringiz bilan baham: |