13.3. BASHANG KIYIM
Modadagi yangi yo'nalish odatda bashang kiyimda sinovdan o'tkazib ma'hullanadi. Bashang kiyim odamga yarashadigan, uning yeng yaxshi xususiyatlarini ko'zga ko'rintiradigan bo'lishi kerak.
Bashang kiyim nimaga mo'ljallanganiga harab huydagicha bo'linadi: xonadon tantanalarida kiyiladigan, teatr va kontsert zallariga borganda kiyiladigan, tantsa kechalarida kiyiladigan, rasmiy tantanalarda kiyiladigan, bayramda kiyiladigan, maktabni bitiruvcqilar ballarida kiyiladigan, to'yda kiyiladigan va hokazo.
Arzigulik tantanalarning hammasi odatda katta-katta xonalar, zallarda o'tkaziladi, shuning uchun hamma narsa yahindan ham, uzohdan ham ko'rinadigan bo'lishi kerak. Bashang kostyum echimini xal qilishda bu albatta hisobga olinadi: tantsada kiyiladigan ko'ylaklarga ifodali ziynatlar (gullar, bantlar), teatrga kiyib boradigan kostyumga zargarlik bezaklari, tantanali vaziyatlar uchun ohish kontrastlar tanlanadi.
Bashang ko'ylak odam uchun kiyimning boshha turlaridan ko'ra ho'proh ziynat bo'lib, odamning tashhi hiyofasi xususiyatlariga, uning tabiatiga juda monand bo'lishi kerak.
Bashang kiyimni modellashning o'ziga xos xususiyati shakldagi xizmat turiga, kasb–hunarga, sport bilan shuhullanishga va boshha odam faoliyati turiga oid hamma hismlarni chiharib tashlashdan yoki sezilmaydigan qilib ho'yishdan iborat. hatto hulaylik va ishboplik xam yashirin bo'lishi kerak. Shaklning barcha hismlari o'z konstruktiv mohiyatini yashirib, bu moxiyat dekorativ ko'rinishda ifoda topishi kerak. Detallar ishbop xarakterda bo'lmasligi kerak. Kiyimning funktsional hususiyatlarini sezilmaydigan qilishga ko'pincha pelerinalar, sharflar, drapirovkalar, turli xil bezaklar yordam beradi. Bashang kiyimlarda cho'ntak bo'lmagani tuzik, yoqalar, taqilmalar dekorativ xarakterda bo'lihi kerak.
Bashang kiyim shakli echimining ikki turi bor:
1. Osoyishta, «bihih», neytral shakllar. Bunda kostyum odamning ko'rinishini takrorlaydi va uning o'ziga xos ramka, fon bo'lib xizmat qiladi, uning tashhi qiyofasini ta'kidlab turadi yoxud materialning nafisligini, boy ko'rinishi va boshha xususiyatlarini (duxoba, tabiiy mo'yna va boshqalarni) yoki qo’shimchalar va ziynatlarni bo'ttirib ko'rsatadi. Bu tur kostyumlarning echimi odatda klassik uslub yo'lida bo'ladi. Ular odam aktiv xarakatlar qilmaydigan rasmiy tantanalarda, teatrga borganda va hokazolarda kiyishga mo'ljallangan bo'ladi. Bunday tur bashang ko'ylaklarni olib ho'yiladigan detallar (pelerinalar, palantinalar), qo’shimchalar (belbohlar, sharflar) va turli ziynatlar yordamida har xil qilib, ularning ishlatilish diapazonini kengaytirsa bo'ladi.
2. Aktiv qilpirab turadigan, «bihih» shakllar bezaklarining dekorativligi hisobiga va butun o'zining tuzilishi (o'rama yubkalar, qilpirama detallari) yordamida odam bilan hamkorlikda bo'ladi. Ular odam aktiv xarakatlar qiladigan tantsa kechalarida, yangi yil ballarida, maktab bitiruvcqilari kechalarida kiyiladi.
Bashang kostyum nimaga mo'ljallanganiga harab uning materiali chitdan to duxobagacha, ziynatlari yohochdan to brilliantgacha, dekorativ bezagi oddiy merejkada to zardo'zi, buyumlargacha bo'lishi mumkin.
Bashang kiyim modellarini ishlab chihishda ko'pincha materiallar birga ho'shib ishlatilib, bunda monandlikka erishish uchun albatta bironta etakchi alomat bo'lishi kerak. Material rangi bir xil bo'lib, fakturalar kontrasti (atlas va duxoba) printsipida, faktura bir xil bo'lib, ranglar kontrasti printsiplari va ayni vahitda faktura bilan rang nisbatlari kontrasti printsipida birga ho'sqilishi mumkin.
Bashang kostyum echimining badiiy-obrazli hal etilishi uning barcha hismlari o'zaro bohlih bo'lishini va odam shaxsiyati (gavdasi, yoshi, tabiati) bilan, shuningdek kiyib yuriladigan muhiti bilan albatta alohador bo'lishi talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |