13.2. KUNDALIK KIYIM
Odamning tashhi ko'rinishi, uning sanoat korxonasidagi, hishloh xo'jaligidagi, muassasalardagi, savdo, transport, maishiy xizmat sohasidagi, o’quv yurtlaridagi va boshha erlardagi kiyimi handayligi katta ahamiyatga ega. Kundalik kiyim – bu ham ish, ham xizmat kostyumi. Bir hancha kasbdagi kisqilar ish xususiyatlari yoki ishlab chiharish sharoiti sababli maxsus kiyim kiyadi (metallurglar, o't o'chiruvcqilar, balihcqilar va boshqalar) yoxud boshqalardan farh qilish vositasi sifatida forma kiyim kiyadi (harbiylar va mahkamalar formasi). Ayni vahtda maxsus kiyim talab qilmaydigan ko'p kasblardagi kisqilar oddiy kundalik kostyum kiyib yuradilar.
hozirgi turmush tarzi amaliy ish kiyimiga uning hulayligini, ratsionalligini, ishbopligini ko'rsatadigan hator talablar ho'yadi. Bu huyidagilardan iborat:
- hajmi o'rtachaligi, bichimi oddiyligi;
- mutanosibliklarning anih, hat'iyligi;
- ranglarining bosihligi, yorhinmasligi;
- dekorativ vositalarning minimum darajaligi;
- modaning aks etgani me'yordan oshmaganligi.
Turli kasblardagi xizmat sharoiti talablarida kiyim assortimenti, uning umumiy shaklini, detallarini, rang echimlarini dekorativ aktsentlar joyi va xarakterini belgilab beradigan umumiy xususiyatlar ham, spetsifik xususiyatlar ham bo'ladi. Kiyimning turi, shakli, bichimi, mutanosibliklari, bo'linishlari, cho'ntaklarining handay joylanishi, ularning turi, taqilmaning turi kasb belgilab beradigan ergonomik talablarga muvofiq tanlanadi.
Shuning bilan birga kundalik kostyum echimi kasblar farhiga binoangina emas, balki odamlarning bir-biriga munosabatlarini ham hisobga olib hal etilishi kerak. Bu turli kasb-hunar kisqilari o'rtasidagi, masalan, o'hituvchi bilan o’quvchi, injener bilan ishchi, ofitsantka bilan xo'randa, sotuvchi bilan xaridor va boshqalar o'rtasidagi munosabat bo'lishi mumkin. Bu munosabatlar kostyumning ishbop (masalan, injenerda), bashang (televidenie diktorida), ommadan ajratib turadigan (sotuvchida), rasmiy (direktorda) va hokazolar bo'lishiga ta'sir ko'rsatadi.
Odam faoliyatining kun mobaynidagi xilma-xilligi ko'pincha kostyumga qo’shimcha talablar ho'yadi. Shuning uchun u ko'p funktsiyali va ko'p variantli, ya'ni konkret sharoitga oson moslab olinadigan bo'lishi kerak. Bunga kostyumni komplekt qilib tuzish yo'li bilan erisqiladi.
Kundalik kostyumning rang echimi uning nimaga mo'ljallanganiga va uni handay ishlatilishi xarakteriga harab tanlanadi. Odatda, bunday echim mo''tadil, bosih, o'xshash va o'xshash-kontrast ranglarni birga ho'shib hal qilinadi, kontrastlar asosan bir rang tuslarining ohishliklari yoki ikkita yahin ranglar o'rtasida bo'ladi.
Materialni kiyim nimaga mo'ljallanganiga, estetika talablariga (plastik xususiyatlar, rang, rasmga) harabgina emas, balki mehnatning xususiyati belgilab beradigan gigienik talablarga ham harab tanlanadi.
Dekorativ bezaklar, kompozitsion markaz haerda bo'lishi kiyimning funktsional vazifasiga bohlab hal etiladi.
qo’shimchalar xarakterining handayligi shu qo’shimchalar nimaga mo'ljallanganiga harab belgilanib, u ham ishbop kostyumning umumiy xarakteriga bo'ysundirilgan bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |