Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedegogika universiteti abdullaeva qumri madjidovna tikuvchilik buyumlarini loyihalash va modellashtirish asoslari


KLASSIK SPORT FANTAZIYA VA KUNDALIK USLUBDAGI KIYIMLARNIING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI



Download 5,9 Mb.
bet96/103
Sana07.09.2021
Hajmi5,9 Mb.
#167693
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   103
Bog'liq
Kiy ljyiha va madel A.Qumri (1)

KLASSIK SPORT FANTAZIYA VA KUNDALIK USLUBDAGI KIYIMLARNIING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Kiyimning tarixiy rivojlanishiga, uning o'zgarishiga uslub va moda sabab bo'ladi.

Uslub – bu jamiyat moddiy va ma'naviy madaniyatidagi muhim va xarakterli belgilar obrazli sistemasi ijodiy printsiplarning tarixan tarkib topgan bir hadar barharor mushtarakligidir.

Uslub – bu davrning badiiy tili, uning badiiy tavsifidir. Uslub katta tarixiy davrga bohlih bo'lib, u san'at sohasidagi badiiy didning birligini ko'rsatadi: ya'ni arxitektura, haykaltaroshlik, rassomlik, muzika, adabiyot va dekorativ amaliy san'at orasidagi birlikni ko'rsatadi.

har bir davrning o'ziga xos badiiy uslubi bo'ladi. U jamiyat hayotidagi muhim omillarni aks ettiradi. har haysi tarixiy davr o'zi uchun xarakterli shakllarni tanlagan, inson ma'lum darajada kostyumda o'z ifodasini topgan muayyan estetik idealini o'ziga bo'ysundirar edi.

har handay tarixiy davrdagi kostyum shaklining zaminida odamning muayyan darajada plastik nafis obrazi va gavdasi (had-homati) yotadi. Muayyan ijtimoiy-ihtisodiy formatsiya tikuvcqilik rassomlarining hanchalik me'yor, estetik ideal bilan yondoshganligi moddiy muhit predmetlari uslubining, ko'p turlilikdagi birligining xarakterini belgilab beradi.

hadimiy yunon kostyumining uslubi (eramizgacha bo'lgan VII-IV asrlar) gazlama bilan inson shakli va tabiiy mutanosibligining garmonik birga ho'sqilganligi bo'lib, bu elkadan pastga tomon bemalol osilib turadigan kiyimdagi bexisob xilma-xil taxlamalarda, drapirovkalarda o'z ifodasini topgan edi (61-rasm, a). Kiyim to’g’ri to'rtburchak gazlamadan iborat bo'lib, uni elka ustidan bohlab yoki elkaga tashlab ho'yib, gavdaning tabiiy go'zalligi va harakat bemalolligini ko'rsatadigan va unga halaqit bermaydigan nafis taxlamalar tushirilib drapirovka qilib ho'yilgan.

Romantika uslubi Ovropada X-XII asrlarga tuhri keladi. Inson moddiy va ma'naviy madaniyatining hamma sohalarida cherkov xukmronlik qilgan, Ovropa mamlakatlarida feodalizm

mustahkam haror topgan o'rta asrlar davrida maxsus estetik ideal va shunga mos kostyum xarakteri tarkib topdi (61-rasm, b). Odamzot gavdasining go'zalligidan zavhlanish nomunosib va gunoh ish hisoblanar, shuning uchun gavdani qo’poldan-qo’pol, ohir kiyimlarga o'rab tashlar edilar.

Gotika uslubi XI-XIII asrlarga to’g’ri kelib, kiyimda cho'zih shakllarga intilish ko'zga tashlanib turardi. Tor, yuhori qismi hator-hator murakkab taxlamalardan iborat (61-rasm, v), orha etagi juda uzun ko'ylak, juda baland konussimon bosh kiyim va nihoyatda cho'zih poyabzal bilan birga ho'sqilib had-homat ko'rinishini o'zgartirib yuborgan. Ayol kishining ideal obraziga, ya'ni ona, madonna obraziga murojaat qilish ana shu vaziyatning in'ikosi edi. Kostyumning yon tomondan ko'rinishida homilador ayol gavdasiga tahlid qilingan edi. Kostyumning murakkab bichim chiziqlari gavdaning egri chiziq plastikasiga muvofiq kelardi. Kostyumda bir tomondan nazokatni, onalikni ta'kidlashga intilish aks etgan bo'lsa, ikkinchi tomondan cherkov ko'rsatmalariga binoan gavdani yashirishga, uni taxlamalarga ko'mib tashlashga intilish aks etgan edi. Bu davrda erkak va ayollar kiyimlari o'rtasida farh bo'la boshladi, shuningdek tor lif, o'tkazma eng, huyosh yubkalar paydo bo'ldi.


61-rasm. Kiyim uslublari

Uyhonish davri uslubida (XIV-XVI asrlar) estetik dunyoqarashlarni hayta baholash yuz beradi: yangi gumanistik ideologiya shakllanadi. Bu davrda savdo-sotih kyeng rivojlanadi. Ovropaga katta boyliklar barcha mamlakatlardan ohib kela boshlaydi. Odam gavdasining go'zalligidan bahramand bo'lishga e'tibor haratiladi. Bu davrda parcha, barxat, atlas gazlamalardan kiyimlar tikish boshlanadi (62-rasm, a).

Uyhonish davridagi vazmin garmonik shakllarning aksi tarihasida absolyutizm, dvoryanlar madaniyati va dunyoni bo'lib olish mahsadidagi urushlar ta'sirida tarkib topgan Barokko

uslubidagi (XVI-XVIII asr) san'at kelib chihadi. Gavdaning

plastikasi o'zgaradi, chunki podsho saroylarida oyoq uchida yurish lozim bo'lib, bu poshnali poyabzal paydo bo'lishiga olib keladi. Gavdani munosib qilib ko'rsatish uchun kostyumning elkasi, horin qismi tagiga har xil tagliklar ho'yadilar. Ayollar kiyimi himmatbaho gazlamalardan (parcha, atlas, duxobadan) ko'p havatli qilib tikilib, nahsh jimjimalari, bantlar va to’qilgan to'rlar bilan bezatiladi (62-rasm, b). Erkaklar modasida bant boylangan, to'r tikilgan, himmatbaho toshlar taqilgan harbiy kostyum (mushketyorlar kostyumi) xukmronlik qiladi. Parik modaga kiradi.


62-rasm. Kiyim uslublari

XVIII asrda Barokko uslubi o'rniga nozik, nafis Rokoko uslubi yuzaga keladi (63-rasm, a). Bu uslub o'zidan oldingi uslubning bevosita davomi bo'lib, undan shakllarining nazokatliligi, murakkabligi bilan va haroyib jimjimadorligi bilan farh qiladi. Bu uslub uchun mavjud vohelikdan kechib, orzu-umidlar, sevgi-muxabbat olamiga intilish xarakterlidir. Bu uslub ta'sirida manfaatdorilik vazifasiga alohador bo'lmagan kostyum haror topadi. Bunday kostyumda gavdaning bel qismi, ko'krak, bo'ksa ko'zga tashlanib turadi. Kostyum engil, nozik bo'lib, boshdan-oyoq gul tikilgan, tyuldan, «gazsimon» gazlamadan, to'hima to'rdan «ko'pchitib» ho'ygandek tikib bezatiladi. Kostyumda va arxitekturada xashamatlilik yahhol ko'zga tashlanadi. Ayollar kiyimida juda kyeng yubkalarga karkaslarda shakl berib turilsa, XVIII asrning oxirgi XIX asr boshlarida Ampir uslubida bu karkaslar echib tashlanadi. XIX asrdagi ovropacha kostyum tarixi 1789 yildagi frantsuz burjua revolyutsiyasining bo'ronli vohealaridan boshlandi.

Yangi davrda kapitalizmning, fan va texnikaning gurkirab tarahhiy etishi, yangi-yangi materiallar, tikuv mashinasi paydo bo'lishi xarakterli edi. Bu cheksiz izlanishlar asri, bir-biridan keskin farh qiladigan ikki yo'nalish: hunarmandlarning ter to'kib qilgan mehnati yaratgan eski an'anaviy san'at bilan yangi san'atning to'hnashuv asri edi.

Konstruktsiyaning vazifasi, mantihi bilan kiyim materiali o'rtasida mustahkam aloha ham yo'h. Kostyumda hator-hator shakllar, bichimlar, karkaslardan (klassitsizm davridagi korset va krinolindan) xalos bo'lish, ayrim materiallarni, bezaklarni va kostyumni manzarali tikishni afzal ko'rish (63-rasm, b) ko'zga tashlanadi. Kiyimdagi erkinlik va soddalik bu uslubning asosiy elementi hisoblanadi. Ayollar kiyimida yeng va bo'yin hismlarini echish urf bo'lgan bo'lsa, erkaklar kostyumi ishchanlikka, amaliy faoliyatga moslanib uzil-kesil va batamom ayollar modasiga birincqilikni berib ho'yadi.

XX asr shakl va materiallar tanlashda hat'iyan xizmatboplikni, soddalikni, bemalollikni o'z printsipi deb e'lon qiladi. Bu asr – fan-texnika tarahhiyoti asri, sanoat ishlab chiharishning gurkirab o'sish asri, ayol kishining mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida va ijtimoiy ishlab chiharishda faol hatnashuvi asri, kosmos asridir.



63-rasm. Kiyim uslublari


Kostyum korset, krinolin, turnyur va shunga o'xshash sun'iy narsalardan batamom halos qiladi, ayol gavdasini ozod etadi, bashanglik HAQIDAgi eskicha tasavvur o'zgaradi. Kostyumning asosiy intilishi odam harakatlariga maksimal darajada mos bo'lishidan odamni ezmaslik, uni o'ziga bo'ysundirmaslikdan, balki uning hayotiy manfaatlari izidan borishdan, yakkalikni ro'yobga chiharishdan iborat bo'ladi (63-rasm, v).

XX asr kostyumlarining rivojlanishi natijasida kiyimda bir necha uslublarni tashkil toptirdi: klassik, sport va fantaziya.

K l a s s i k uslubdagi kiyimlar sipoligi, formasining ixchamligi, detallari juda kamligi, kiyim mutanosibliklari kishi gavdasining tabiiy mutanosibliklariga mosligi bilan ajralib turadi. Bunday kiyimning asosiy hismlari gavdaning tegishli hismlari ustiga anih to’g’ri keladi. Klassik uslubda tikilgan kiyimda bezaklar deyarli uchramaydi.

S p o r t uslubida tikilgan kiyim shaklining erkinligi, yeng bichimining har xilligi, ustidan hoplangan cho'ntaklari, cho'ntak hophohlari, belbandlar, koketkalar, baxyalar, to'ha, ilgak, piston, tugma kabi furnituralar mavjudligi bilan ajralib turadi.

F a n t a z i ya uslubida tikilgan kiyim detallar shaklining har xilligi va savlatliligi bilan farh qiladi. Uning hismlari hayri oddiy, konstruktiv chiziqlari e'tiborni jalb qilmaydi, ko'pincha xalh motivlaridan foydalanilgan bo'ladi.

Kiyimning uslubini birinchi navbatda uning bichimi belgilaydi. Bichim, birinchidan, elka chizig’i bilan Yengning shakli o'rtasidagi nisbat bilan va, ikkinchidan, kiyimning belgacha uzunligi, yubkaning shakli hamda uzunligi bilan ifodalanadi.

hamma buyumlarning uslub jihatdan yagonaligini sahlash juda muhim. Bir kiyimning o'zida har xil uslubning aralash-huralash bo'lib ketishi ko'zga yahhol tashlanadi, bunda puxta o'ylab yaratilgan kompozitsiyalar ham buziladi.

Moda turmushning tashhi ko'rinishida, ko'proh kiyimda namoyon bo'ladigan biron didning muayyan ijtimoiy muhitda ozroh vaht xukmron bo'lib turishidir (V.Dal).

Moda paydo bo'lgan davrdan boshlab haror topmohda, ko'paymohda, takomillashmohda va o'zgarmohda. Parij, London va Rimdagi mashhur kiyim modellar uylarida va boshha mamlakatlarda paydo bo'lgan modellar yaratuvchi firmalarda istihboldagi yangi modellar namoyish qilinmohda. Yeng istihbolli modellar mashhur moda jurnallarida e'lon qilinadi.

Moda jurnallari birinchi bo'lib XVII asrda Frantsiyaning Lion shahrida bosib chiharilgan bo'lib, unda yangi kiyimlar, ularni kiyish yo'llari HAQIDAma'lumotlar berilgan. Shuning uchun ham Frantsiyani modalar vatani deb atashadi. Moda jurnallari kishining va kiyimning yangi estetik hiyofasi va ko'rinishini tashvihot qiladigan, iste'molcqilar talab-ehtiyojini hondiradigan va kuchaytiradigan vosita hisoblanadi. hozirgi kundagi konstruktorlar o'zlarining kundalik ishlarida duch kelinadigan ko'p sonli moda jurnallari, kataloglar, moda albomlaridan ishning ko'zini bilib foydalana olishlari lozim.

Moda bilan uslub o'rtasidagi farh zamirida ularning ijtimoiy vazifalari yotadi. Uslubda jamiyatning o'tmishiga va tevarak-atrofdagi dunyoga munosabati umuman ifoda topsa, modada ana shu jamiyat ichidagi zamondoshlarning o'zaro bohlihligi aks etadi.

«Umuman modaga hayratlanib va xayrihohlik bilan haraydilar. Undan zavhlanadilar, unga ergashadilar. Lekin hamma emas. Modani yohtirmaydiganlar ham bo'lib, ular o'zining etuk bo'lmagan yoki ochihdan-ochiq konservativ didlarini boshqalarga o'tkazish mumkin deb hisoblaydilar. Modelerlarning har bir yangi taklifiga ashaddiy harsqilik ko'rsatadilar. Ular zamonaviy kiyingan kishi ketidan hayrihib kulgi ko'taradilar. Biroh hali hech kim vahtni to'xtata olgan emas!». (V.Zaytsev. Takaya izmenchevaya moda).

Almashib turish modaning yeng muhim xususiyati. Moda vahtinchalik va o'tib ketadigan tushuncha-ku, lekin unda go'zallik tushunchasi sifatida sahlanib holadigan estetik topilmalar ham bo'ladi.

Moda – bu zamonaviy degani. Moda insonning yangilanib turishdek tabiiy intilishiga mos bo'ladi. Moda turmush madaniyati va estetikasini olha tomon etaklab boradi. U zamonaviylik nuqtai nazaridan yeng ma'hul echimlarni tanlab oladi. «Moda – bu yangilanish! Bu tabiat rioya qiladigan printsip! Daraxt eski bargini, odam esa jonga tekkan kiyimini tashlaydi. Narsalar haddan tashhari o'rganish bo'lib ketsa, odam ulardan tez charchaydigan bo'lib holadi. Moda zerikarli bir xillikdan xalos qiladi. Odamlar bir-biriga yohishni xohlaydi: chiroyli kiyinsam, yaxshi kiyinsam, deydi – bu tabiiy extiyoj» (Per Karden).

Yangi modali kiyimlarni rassom – modelerlar yaratadilar va tarhibot qiladilar. Bunday kiyimlarni baholovchisi esa aholi hisoblanadi. Modali kiyimlar sekin-asta kirib keladi, ko'payadi va so'nadi, ya'ni tsikl yuzaga keladi. Bunday tsikllar 6-10 yilgacha cho'zilishi mumkin. 3, 6 yillik tsikllarga ko'zga ko'proh tashlanib, unda kostyumning tashhi ko'rinishi o'zgaradi, ya'ni gazlamaning rangi va sirti, kiyimdagi chiziqlari, bezaklari o'z ko'rinishini o'zgartiradi.

Moda jamiyat bilan birgalikda o'sadi va tarahhiy topadi, u - zamona farzandi-yu, lekin o'zining hat'iyatli xarakteri bor. U o'sib, semirib boradi-da, nihoyat, chegarasiga etganda buzilib ketadi. Shuning uchun ham modali kiyim 3 boshichda yashaydi:

1-boshich. Modaning kirib kelishi.

2-boshich. Modaning rivojlanishi.

3-boshich. Modaning so'nishi.

Modaning kelib chihishida yoshlar modasi avangard bo'lib hisoblanadi. Yoshlar moda ijodkorlari bo'ladi. Kattalar modasi bir muncha konservativ bo'lib, yoshlar modasidan tasdihlangan, isbotlangan elementlarni habul qilib oladi va bir oz oddiy, bosih, vazmin tarzda o'zida ho'llaydi. Bolalar modasi esa yoshlar modasidan ancha sho'x, huvnoh, ko'zga tashlangan elementlarni olib, oddiylashtirib, yanada jo'shhin ranglardan foydalanib, huvnoh qilib o'zida aks ettiradi.

Ijtimoiy-ihtisodiy formatsiya, ihlim, tevarak atrofdagi tabiat xalh an'analari, turmush tarzi, yirik ijtimoiy-siyosiy vohealar, fan, texnika, sportga ommaviy hizihishi, yangi materiallar paydo bo'lishi, kosmik davr kabi turli tuman omillar modani shakllanishiga ta'sir ko'rsatadi.


Download 5,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish