13.1. UY KIYIMI
hulay, yaxsqilab o'ylab tikilgan uy kostyumi odamga va xonadonga yarashibgina holmay, balki kishi kayfiyati yaxshi bo'lishiga, uni ish yuritishiga ko'mak bo'ladi, atrofdagilarni mamnun etadi ham.
Uy kiyimi umuman xonadonning ichki ko'rinishiga muvofiq keladigan, odam atrofidagi narsalarga mos tushgan, monand bo'lishi kerak. Uy kiyimi – bu interer umumiy ansamblining bir qismi.
Uy kiyimi ham moda ta'sirida bo'ladi va kiyimning aynan shu vahtga xarakterli bo'lgan bichimi, uzunligi, dekori, assortimenti uy kiyimida ham aks etadi.
Anih shakllarni, materiallar, dekorativ bezaklar, uslub echimlarini tanlashda odam shaxsiyati namoyon bo'lishi uchun uy kiyimi katta imkoniyatlar beradi. Lekin uy kiyimining umumiy tuzilishi uyda odamlarning batartib, ko'rkam va bardam ko'rinishiga yordam beradigan bo'lishi kerak.
Uy kiyimi nimaga mo'ljallanganligiga, yil fasliga va sutka vahtiga harab huyidagi guruhlarga bo'linadi:
1. Uxlash kiyimi, ertalabki va kechki yuvinish-taranish kiyimi.
2. Uyda ishlash kiyimi.
3. Mehmon kutish kiyimi.
Uxlash kiyimi – tungi ko'ylaklar, pijama poetik obraz vazifasini o'taydi. harir, ochiq rang, yumshoh gazlamalar, to'rlar, kashtalar, qo’yma burmalar ayol kishi hiyofasiga noziklik, tinihlik baxsh etadi. Bichimi sodda, choklari minimal darajada kam, odatda bo'yi uzun, shakllari anih bu kiyimlar gavdani umumlashtirib, uni ancha engillashtirib, ixcham qilib ko'rsatadi. Kiyim assortimenti, bo'yining uzunligi odamning yoshiga, gavda tuzilishi xususiyatlari, turmush tarzi va sharoitiga harab tanlanadi.
Uxlash kiyimi o'simlik yoki geometrik xarakterdagi siyrak, mayda gullari bor ochiq mayin tusli bo'lishi kerak, bu uning massasi kam bo'lishi talabiga to’g’ri keladi. Bezaklar - kashta, qo’yma burmalar, ikki tomonlama qo’yma burmalar, to'rlar, mahizlar, beykalar, tasmalar, bantlar, tikma to'rlar, pechak tasmalar va boshqalar asosan kiyim rangida bo'lib, bularning hammasi uyhu kiyimini chiroyli va qulay qiladi.
Taqilma minimal mihdorda tugmalar yoki bohichlar chatib, echimi qulay qilib hal etiladi. Yoqalar kichik o'lchamli bo'ladi.
Ertalabki va kechki yuvinish-taranish kiyimi – bu tungi kiyim ustidan kiyiladigan xalat. Bu kiyim tungi ko'ylak yoki pijama bilan komplektda hal etiladi, shuning uchun ularning hajmi, uzunligi, englarining bichihi, yoqa o'mizining o'yihi va yoqasining xarakteri, bezaklari, rangi bir-biriga moslangan bo'lishi kerak. Taqilmasi bir bortli yoki ikki bortli, minimal mihdorda tugma chatilgan yoki belbohli bo'ladi. Xalatlar turli shakldagi yoqali yoki yoqasiz, cho'ntaklari chokda yoki hoplama bo'lishi mumkin. Bu kiyim tungi kiyim materialidan yoki shunga monand gazlamadan tikilishi mumkin.
Uyda ishlash kiyimi asosan shim, yubka, bluzka, sarafan, peshband kabilardan iborat komplektda hal qilinadi. U rasmiyat va ishchanlik xususiyatlarisiz, shakli, qo’shimchalari va ziynatlari hisobiga o'nhaylik, bemalollik tuyhusi hosil qiladigan bo'lishi kerak. Uyda ishlash kiyimi komplektlari nihoyatda bemalol harakat qilishga xalahit bermaydigan bo'lishi kerak. Buning uchun trikotaj maykalar, sviterlar bilan shim kiyiladi yoki gavdaga yopishib turmasligi uchun ho'yimi ko'paytirilgan bluzkalar kiyiladi.
Peshband uy kiyimining timsoli hisoblanadi. U muhofaza vazifasini ham, estetik vazifani ham o'taydi, bezak bo'lib xizmat qiladi, ozodalik va saranjom-sarishtalik simvoli hisoblanadi, tartibga keltirib olish uchun esa juda kam vaht talab qiladi.
Peshbandning kompozitsion echimi uning nimaga mo'ljallanganligiga bohlih: u uy yihishtirish uchun yopih, ovhat pishirish uchun kichik, lekin albatta ko'krakni yopib turadigan, mehmon kutish uchun belda turadigan kichik, bashang, bir oz o'ynahiroh bo'lishi kerak.
Peshbandining shakli va o'lchamlari juda har xil: belbohi bir parcha gazlamadan, bo'yinga osiladigan tasmali ko'krakda turadigan gazlamadan, ajratib olinadigan yubkadan, xalatga o'xshash yopih peshbanddan va shu kabilardan iborat bo'ladi.
Peshband bo'yin bohichli, elka, ko'krak, bel bohichli bo'lishi mumkin. Bohichning turi peshbandning shakli va nimaga mo'ljallanganiga, shuningdek uy ishi kiyimining shakliga bohlih.
Shakl, rang, material va dekorativ bezakning monandligi hisobiga uy kiyimi bilan peshbandning komplekt bo'lishiga erisqiladi. Peshband vositasida gavdaning ko'ngildagidek idrok etilishiga erishsa bo'ladi. Masalan, elka bohlarini bo'yinga yahin bohlab, elkalarni toraytirib ko'rsatsa bo'ladi, burmalar bo'ksani kengroh, taxlamalar esa torroh qilib ko'rsatadi, ko'krakpechning kengi ko'kraklar hajmini kattalashtirsa, ensiz, cho'zihi kichiklashtiradi.
Mehmon kutish kiyimi gavdaning afzalliklarini ko'zga ko'rsatadigan fon bo'lib xizmat qilishi kerak. Shakli sipo, materiali mayin, osoyishta rang gammalari yarashadigan qilib tanlangan kostyum shunday xizmat qiladi, chunki torgina joydagi kvartira intererasida u har tomonlama ko'rinib turadi. Shuning uchun shakl, detallar, shakllarning mutanosibligi va chiziqlarning mosligi, bezak va ziynatlarning nozik did bilan tanlanganligi aynihsa ahamiyatli bo'ladi.
Oilaviy tantanalar kostyumi istalgan assortimentda bo'lishi mumkin. U, masalan, fahat ko'ylakdan, bluzka bilan yubkadan yoki bluzka bilan shimdan iborat bo'lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |