11. 2. ANDOZALARNI TEXNIK KO'PAYTIRISH
Andozalarni texnik ko'paytirishdan mahsad mazkur model uchun loyihalanadigan kiyimning barcha razmerlari hamda rostlari uchun andozalar hosil qilishdir.
Andozalarni texnik ko'paytirish ishi bilan model tuzuvchi tashkilotlar, tikuvcqilik korxonalarining laboratoriyalari hamda konstruktorlik byurolari shuhullanadi.
Andozalarni ko'paytirishning ho'lda bajariladigan bir necha usullari bor; shuningdek, ularni EhMlardan foydalanib avtomatlashtirilgan rejimda ko'paytirish ham mumkin.
Andozalarni ko'paytirishning n u r u s u l i shundan iboratki (60-rasm, a), markaz (fokus) sifatida habul qilingan nuqtadan nur (chiziq)lar chihariladi; bu nurlar fokusni konstruktiv nuqtalarga tutashtiradi; nurlar (chiziqlar)ning uzunligi hisoblash jadvallaridan olingan orttirish hiymatlari uzunligicha davom ettiriladi.
Bu usul sodda bo'lishi bilan birga, u kamcqilikka ham ega; bu kamcqilik fokus tanlashga taalluhlidir: konstruktiv nuqtalar soni hancha ko'p bo'lsa, ularni anihlash shuncha hiyinlashadi. Bu usuldan asosan bosh kiyimlari hamda korsetli kiyimlar ayrim detallarining andozalarini ko'paytirishda foydalaniladi.
G u r u h l a sh u s u l i detallar (asosiy detal va chetki katta yoki kichik detal yoki ikkita chetki detal) andozalarining ikki komplektini gorizontal va vertikal asosiy chiziqlar bo'yicha juftlashdan iborat (60-rasm, b). Bir nom bilan yuritiladigan konstruktiv nuqtalar to’g’ri chiziqlar yordamida tutashtiriladi va oralih rostlar sonidan bir rahami (ya'ni birlik) chegirib tashlangandan keyin (n-1) holgan songa bo'linadi.
Bu yeng anih usul bo'lib, har handay shakldagi detallar andozalarini ko'paytirishda ho'llaniladi. Mazkur usulning asosiy kamcqiligi shuki, bunda mehnat va material ko'p sarf bo'ladi. Shunga ko'ra undan nur usuli va proportsional-hisoblash usuli uchun orttirish hisoblash jadvallarini tuzish vahtidagina foydalaniladi.
P r o p o r ts i o n a l - h i s o b l a sh u s u l i gavdaning o'lchov belgilari o'zgarishiga qarab, har bir konstruktiv nuqtani vertikal va gorizontal yo'nalishlarda (bo'yiga va eniga) siljitishga asoslangan (60-rasm,v).
har bir Nuqtaning siljitilishi 4-jadvalda plyus (Q) va minus (-) belgilari bilan ko'rsatilgan.
60-rasm. Andazalarni ko'paytirishning texnik usullari
Andozalarni texnik ko'paytirish jarayoni sermehnat ish bo'lib, ko'p vaht sarflashni hamda dihhatlikni talab qiladi. Bunda vahtni tejash uchun andozani ko'paytirish ishini osonlashtiradigan turli moslamalar ho'llaniladi; ularning yeng sodda turi orttirish nuqtalari oralihi ignalar vositasida ko'rsatib ho'yilgan va uglomerli moslamalar yihindisidan iborat.
5-jadval
Konstruktiv nuqtalarni siljitish belgilari sistemasi
Do'stlaringiz bilan baham: |