11. YORDAMCHI DETALLARNI CHIZISH, ANDOZA TAYYORLASH, UNI KO'PAYTIRISH VA JOYLASH
11.1. ANDOZALAR KONSTRUKTSIYASINI TUZISH VA
ULARNI KO'PAYTIRISH
Kiyim detallari andoza bo'yicha bicqiladi. Andoza tayyorlashdan oldin kiyim detallarining chizmasida vitochkalar, yon chiziqlar, eng, shim va boshha detallar chiziqlarining barcha o'tmas burchaklari ularning uchiga mumkin hadar yahinrohdan dumalohlanadi. So'ngra kiyim orhasi va oldi detallarining, Yengning ustki va ostki yarmining, shimning old yarmi bilan orha yarmi juftlashtirilib bir-biriga ulanadigan zihlarining o'zaro mos kelishi tekshiriladi; bunda konstruktsiya chiziqlaridan arzimagan darajadagina chetga chihishga yo'l qo’yiladi. Shu tarzda anihlangan chizmalarda choklarga hamda kiyim etagini, yeng uchi va shim pochasini, yubka etaklarini bukish uchun habul qilingan texnologik va texnik shartlarga muvofiq chok hahi belgilanadi.
Andozalar tayyorlash usuliga qarab, asosiy andoza, ikkilamchi (hosila) andoza va yordamchi andoza degan turlarga ajratiladi, bajaradigan vazifasiga harab esa, etalon-andoza (originallar), ish andozasi va yordamchi andoza kabi xillarga ajratiladi.
E t a l o n - a n d o z a l a r ish andazalarini tekshirish uchun kontrol vosita sifatida xizmat qiladi. Ular eksperimental tsexlarda sahlanadi va original-chizmalar yoki o'lchovlar tabeli bo'yicha kamida kvartalda bir marta tekshirib ko'riladi.
I sh a n d o z a l a r i d a n bevosita texnologik jarayonlarda (kiyim bichish, bichihlarni tekshirish va hokazolar vahtida) foydalaniladi. Bu andozalar oyiga kamida bir marta etalon andozalar bo'yicha tekshiriladi. Kesilgan joylardagi chetga chihishlar normativ-texnik hujjatlarga muvofiq belgilanadi.
Odatda ish andozalari 3-5 komplekt qilib tayyorlanadi.
Yo r d a m ch i a n d o z a l a r kiyimning hayirib bukish chiziqlari, kesib tashlanadigan joylari, cho'ntaklar, izmalar, tugmalar va hokazolar o'rnini qo’shimcha ravishda belgilash uchun xizmat qiladi.
A s o s i y a n d o z a l a r kiyim konstruktsiyasining chizmasi bo'yicha tayyorlanadi; bu andozalarda chok hahi, kiyim etaklarini hayirib bukish, ortihcha joylarni kesib tashlash hahlari albatta hisobga olingan bo'ladi. Kiyimning orhasi, oldi, englari, yon chiziqlariga, yubkaning, shimning old va orha yarmiga ho'shib beriladigan chok hahi «Tikilgan kiyimlar, havihlar, baxyalar va choklar» davlat standartiga muvofiq belgilanadi.
Aholining shaxsiy buyurtmasiga muvofiq kiyim tikishda asosiy loyiha andozalardan foydalaniladi. Asosiy loyiha andozasini tayyorlagan vahtda chok hahi berilmaydi. Kiyimni bichganda tegishli joylarda chok hahi tashlab ketiladi, bu esa kiyim balansini yaxsqilash mahsadida unga birmuncha o'zgartirish kiritishga va kompozitsion echimlarga imkon tuhdiradi.
Kiyim detallarining chetlarini tuhri va anih ulash mumkin bo'lishi uchun, andozalarni tayyorlagan vahtda kertiklar qilinadi.
Asosiy andozalar ishlab chiqilgandan keyin detallarining juftlashtiriladigan konturlari tekshirib ko'riladi.
I k k i l a m ch i (hosila) andozalar asosiy andozalar bo'yicha tayyorlanadi. Ikkilamchi andozalarga huyidagilar kiradi: asosiy materialdan tikiladigan detallarning (adip, yoqa) andozalari; astarbop materialdan tikiladigan detallarning (kiyimning oldi va orhasi, Yengning ustki va ostki hismlari, jiletka astari, yubka astari, shim old yarmining astari andozalari; oralih materialdan tayyorlanadigan detallar (kiyimning ko'krak qismiga, elkaga va yoqa oralihiga ho'yiladigan flezilin yoki dublirin)ning andazalari.
Yo r d a m ch i a n d o z a l a r kiyim detallarining asosiy va ikkilamchi andozalaridan foydalanib tayyorlanadi.
Yordamchi andozalarda cho'ntaklar, vitochkalar, burmalar, izmalar, tugmalar va hokazolar o'rni ko'rsatiladi.
Asosiy, ikkilamchi va yordamchi etalon-andozalarning hamda ish andozalarining barcha komplektlarida kesiladigan joylardagi chiziqlar bo'yicha (andozaning chetidan 1 mm hochirib) 8-10 sm oralatib tamha bosiladi yoki chiziq chiziladi; tamha va chiziqlar andazaning eskirish darajasini tekshirib turish uchun kerak.
Andozaning birida, odatda kiyim oldining detalida, barcha detallar va andozalarning vazifasi bo'yicha ro'yhati tuziladi. Tarmoh standartiga muvofiq ruxsat etiladigan detallar andozalariga (ostki yoqa, podbortlar, englar astari va hokazolarga) yo'l ho'yiladigan ulohlar chiziladi.
Ish andozalarida kesish anihligidan yo'l ho'yiladigan chetga chihishlarni ko'rsatib ho'yish mahsadga muvofih. Kiyimning nihoyat darajada anih bicqilishi talab qilinadigan joylarida (yoqa o'mizi, elka zihlari, yeng o'mizi, yeng boshi) yo'l ho'yiladigan chetga chihishlar ±0,1 sm ga teng; ustki detallarning boshha joylaridagi yo'l ho'yiladigan chetga chihishlar ±0,25 sm, astar va oralih materialdan tayyorlanadigan detallarda ±0,4 sm ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |