ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
559
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.12.2019 yildagi 1037-sonli
“
Respublika oliy ta’lim kengashini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
”gi qarorida oliy ta’lim
kengashining vazifalari qatorida quyidagilar kiritilganligini e’tirof etish mumkin: “professor-
o‘qituvchilar, talabalar o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazish, jamoatchilik va ish beruvchilarning fikrini
o‘rganish hamda ilg‘or xorijiy tajriba tahlili asosida oliy ta’lim sifatini oshirish, o‘quv dasturlarini
takomillashtirish va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish yuzasidan asoslantirilgan
takliflar ishlab chiqish”.
Yuqoridagi farmon va qarorlardan kelib chiqib oliy ta’lim muassasining har bir professor-
o‘qituvchisi o‘zi mas’ul fanlar doirasidagi mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlab ularni
bartaraf etishda o‘z hissasini qo‘shsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Shu ma’noda pedagogika institutlarida informatika o‘qitish metodikasi ta’lim yo‘nalanishi
talabalari uchun ma’lumotlar bazasi fani namunaviy fan dasturida yo‘l qo‘yilgan ba’zi
kamchiliklarni ko‘rsatish mumkin. Bizga ma’lumki fanlarni dars jadvaliga joylashtirganda ma’ruza,
amaliy, laboratoriya mashg‘ulotlari mavzulari tizimli tashkil qilinishi ta’lim sifatini oshiradi.
Quyida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 27.03.2018 dagi 274-sonli buyrug‘ining 2-ilovasi
bilan ro‘yxatga olingan Ma’lumotlar bazasi fan dasturidan foydalanish davomida yuzaga kelgan
ba’zi muammoli vaziyatlarni keltirmoqchiman:
-
Odatda fan auditoriya mashg‘ulotlari uchun 190 soat ajratiladi. Namunaviy fan dasturida 31
ta ma’ruza, 21 ta amaliy, 41 ta laboratoriya uchun mavzular tavsiya qilingan. Jami 31+21+41=95 ta
har bir mavzu 2 soatdan 190 soat rejalashtirilgan. Endi fan ikki semestr davomida o‘qitilishini
inobatga olsak, o‘rtacha 40 haftaga rejalashtirilgan. Har bir haftaga teng taqsimlasak ma’ruza
haftasiga (31*2 soat/40 hafta) 1,5 soat, amaliy (21*2 soat/40) 1 soat, laboratoriya (41*2 soat/40) 2
soat bo‘ladi. Dastlabki mavzularga e’tibor bersak ma’ruza mashg‘ulotlari ma’lumotlar bazasi,
turlari, uni loyihalashga bag‘ishlangan. 6-mavzuga kelib Access dasturini o‘rgatish boshlanadi bu
paytda (6*2saot/1,5 soat) o‘quv jarayoni 8-haftasiga to‘g‘ri keladi. Amaliy mashg‘ulot mavzulari
esa “Microsoft Access dasturida shakllar bilan ishlash”, laboratoriya mavzulari “
Microsoft Access
jadvallar
yaratish usullari” mavzularidan boshlanadi. 8-haftaga kelguncha amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari davomida talaba Access dasturi ko‘p qismini
o‘zlashtirib bo‘ladi. Fan ichidagi tizimlilik buzilgan deb hisoblash mumkin.
- Bilimlar bazasi, Ekspert tizimlari, sun’iy intellekt kabi mavzular ma’ruza mashg‘ulotlarining eng so‘nggi mavzulariga to‘g‘ri keladi.
Amaliy mashg‘ulotlarga e’tibor bersak ushbu mavzular ancha ilgari o‘tilishining guvohi bo‘lamiz.
- Ma’ruza mashg‘ulotlari joylashishida ham tizimlilik buzilgan: 6-mavzudan Access dasturi o‘rgatilsa, 7-8-mavzular shakllarga, 9-10-
mavzular hisobotlarni o‘rgatishga qaratilgan. 11- mavzuga kelib jadval bilan ish olib boriladi. Shakl, hisobotlarni yaratish uchun esa bizga albatta
jadvallar kerak bo‘ladi.
O‘z faoliyatim va tajribalarimdan kelib chiqib yuqoridagi muammolarni hal qilish uchun
quyidagilarni tavsiya qilaman:
-
Do'stlaringiz bilan baham: