Муќаддима



Download 3,31 Mb.
bet38/54
Sana15.01.2017
Hajmi3,31 Mb.
#433
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   54
Adabiyotlar:

1.Usmonov Q va boshqalar. О‘zbekiston qaramlik va Mustaqqillik yillarida. T., О‘qituvchi, 1996.

2.Usmonov Q. О‘zbekiston tarixi. Milliy istiqlol davri. T., О‘qituvchi, 2003.

3.О‘zbekiston Respublikasi. T., Qomuslar bosh tahririyati, 1997.

4.О‘zbekiston tarixi (qisqacha ma’lumotnoma). T., Sharq, 2000 y.
Shuni alohida qayd qilish zarurki, о‘zbek ma’rifatchiligining rivojida jadidlar muhim о‘rinni egallaydi.

Jadidchilik harakati XIX asr oxiri XX asr boshlarida Turkiston ijtimoiy-siyosiy hayotida keng quloch yoyib rivojlandi. Ammo jadidchi (arabcha «yangi»)lar harakati faqat madaniy-ma’rifiy harakat, ya’ni eski maktablarning qiyin о‘qitish tizimiga nisbatan yangi usuliga asoslangan о‘kitishga о‘tishdangina iborat emasdi. U ayni chog‘da keng, chuqur mazmundagi ma’naviy-ma’rifiy, milliy taraqqiyot va milliy istiqlol muammolarini ham о‘z ichiga olgan edi.

Bu harakatning vujudga kelishida О‘rta Osiyodagi demokratik harakatdan tashqari Usmonli turk saltanatidagi ijtimoiy-siyosiy, madaniy-mafkuraviy g‘oya va harakatlarning ta’siri sezilarli bо‘lgan. Ma’rifatchilikdan boshlangan jadidchilik keyinchalik kuchli siyosiy harakatga aylangan.

Jadidchilik harakatining ilxomchisi va tashkilotchisi qrim-tatar ziyolilarining ilg‘or vakili Ismoil G‘aspirali edi.

О‘qituvchi Turkistondagi jadidchilik harakatining atoqli namoyandalari: Mahmudhо‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat va boshqalarning faoliyati bi­lan tanishtirishda qо‘shimcha manbalar, hususan, «Unutilmas siymolar» qо‘llanmasidagi (T.«Akademiya», 1999) rasmlar va materiallardan unumli foydalanishi mumkin.

Bunda jadidlar maorifi, matbuoti, san’ati xamda xayriya jamiyatlari haqida ma’lumot berib о‘tish zarur.

Jadidlar maorifning diniy tizimini ham zamonaviylashtirishga urinib kо‘rishdi. XX asr oxirida Turkistonda ularning yangi usuldagi dastlabki maktablari paydo bо‘ldi. Ayrim ma’lumotlarga kо‘ra, о‘lkada yuzga yaqin shu xil maktab bо‘lib, ularda 8-10 ming bola tahsil olgan. Hamza, Uyg‘un, Oybek kabi buyuk yozuvchi-shoirlar ham ma’lumot olishni shu maktabdan boshlashgan. XX asr boshlarida bu maktablarda tatar, turk, fors va ozarbayjonlar yozgan darsliklar bilan bir qatorda turkistonlik mualliflarning darsliklaridan ham foydalanila boshlandi. Qat’iy tizim, darsliklar yо‘qligiga qaramay jadidlar talabalar amaliy bilim olishlari uchun urinishardi.

Yangi usul maktabidagi о‘quv dasturi turkiy yoki forsiy tilda о‘qish, yozishni, arifmetika, tibbiyot, tarix jug‘rofiyani о‘z ichiga olardi. Unda shuningdek din asoslarini о‘rgatishga katta e’tibor qilinar, ya’ni bu dastur shu paytgacha qо‘llanilgan dasturga nisbatan ancha keng bilim berardi. Bu xil maktabdagi ta’lim talabalarni nafaqat jamiyatda biron о‘rin egallash, balki uni о‘zgartirish uchun tayyorlar edi. Bu tariqa о‘zgartirish dastlab madaniyatda sezildi. Toshkentdagi madrasalarning birida dars beruvchi Munavvar Qori yangi dasturlardan birini yaratgan, qator buyuk yozuvchilar dastlab shu yerda о‘qishgan. Shu madrasada bо‘lajak shoir va romanchi Oybek tahsil olayotgan paytda dastur quyidagi fanlardan iborat edi: diniy ta’limot, muqaddas an’analar, islom ta’limoti tarixi, arab gramatikasi, meros huquqi, arifmetika, butunjahon jug‘rofiyasi, islom tarixi, muqaddas tarix, arabiy va turkiy imlo.

Rossiya imperiyasidagi turli-tuman musulmon islohatchi guruhlarining vakillari Munavvar qori va uning izdoshlari tajribasini о‘rganib, yangi usul maktablarining о‘quv dasturini muayyan mezonga solishga urinishdi.

Diniy muttaasiblikka qarshi jadidlik harakatining taniqli mafkurachisi Abdurauf Rashib о‘g‘li Fitrat (1886-1938) katta hissa qо‘shdi. Jumladan, u о‘zining “Munozara” nomli mashhur asarida Buxoro ulamolarining nodonligi va poraxо‘rligini ayyovsiz ochib tashladi. “Hind sayyohining sarguzashtlari” nomli boshqa asarida esa Fitrat ruhoniylar о‘z mavqeini suiste’mol qilgani amirlikning Buxoro, Qarshi va boshqa shaharlari iqtisodiy tanazzulga yuz tutganligining asosiy sababi qilib kо‘rsatdi.

Bu davrda kitobat, xattotlik, musavvirlik va tasviriy san’at yaxshi rivojlandi deyishimiz mumkin. Ulardan misollar keltiramiz:

Nodir (XVIII - XIX asr). Qо‘qon shahrida tug‘ilib, ijod qilgan. Norbо‘tabiydan Muhammad Ali davrigacha saroyda kitobat sohasida xizmat qilib kelgan. Umarxonga atab ham kitob yozgan va she’riyatda ham ijobiy natijalarga erishib, umrining oxirigacha (90 yoshlarigacha) ijod qilgan. Nodir she’ridan 4 misra:

«Sahar vaqtida kо‘ngil qushlarig‘a yor kelg‘aymu,

Yuzidin boda rang olgan о‘shal dildor kelgaymu,

Sо‘zing boshdin oyoq rayhon isidek bо‘ldi to afzo

Jahon imulkida Nodir nazmidek guftor kelgaymu».

Sharifiy - XIX asr boshlarida Farg‘ona vodiysining Koson hududida yashab, ijod qilgan. Asl ismi Muhammad Amin bо‘lib, xusnixatda, xattotlikda davrining yetugi bо‘lgan. Saroyda devon kotibiyatida xizmat qilgan va she’riyatga ham ixlosi baland bо‘lgan. Sharifiy she’ridan ikki misra:
«Ey, Eram parizodi, kir bu dam xayol ichra

Jon qushi navo cheksun gulshani visol ichra».


Komil Xorazmiy (XIX asr). Asl ismi Pahlavon Niyoz. Yetuk shoir va musiqashunos. Xiva xoni Muhammad Raximxon II Feruz saroyida devonbegi (bosh kotib) lavozimida ishlagan. Shuningdek, naqqoshlik va xusnixatda ham yetuk bо‘lib, bu ishlar rivojiga ham salmoqli hissa qо‘shgan.

Komil Xorazmiy tarjimonlikda ham mohir bо‘lib, 1865 yilda Barxurdor bin Mahmud Turkman Farohiyning (tahallusi Mumtoz) «Mahbub ul-qulub» yoki «Mahfiloro» (majlisga ziynat beruvchi) asarini, 1869-70 yillarda Faxriddin Ali Sayfiyning «Latoyif ul-tavoyif» (turli toifalarning latifalari) asarini forschadan о‘zbek tiliga tarjima qilgan. Alisher Navoiy «Xamsa»sining birinchi Xorazm toshbosma nashriga sо‘zboshi yozgan. Komil Xorazmiyning devoni qо‘lyozmasi О‘z FA SHI fondida saqlanmoqda.



Iso Mahdum Buxoriy - XIX asrda yashab ijod etgan ilmli, serqirra madaniyat namoyandasi. Madrasada dars bergan, ilm, she’riyat va musiqashunoslik bilan shug‘ullangan. Ayni vaqtda kitobat hunarida ham muntazam shug‘ullanib, kо‘plab kitoblarni naqsh bilan bezashda hamda nashr ishlarida ham katta iz qoldirgan.

Vozeh - asl ismi Qori Rahmatillo Vozeh. XIX asrda Buxoroda yashab о‘tgan. 27 yoshida madrasani tugatgach, she’riyatda samarali ijod qilib, boy meros qoldirgan. Ayni vaqtda asosiy shug‘ullanadigan kasbi kitobat hunari bо‘lgan. Butun umri qо‘lyozma asarlarni kitob holiga keltirib, nashr qilish ishi bilan о‘tgan. Naqsh san’atidan ham yetarlicha xabardor bо‘lgan.

Abdulvahob Mirzo - XIX asrda yashab ijod qilgan buxorolik mashhur xattot. Arab va fors tillaridagi 100 ga yaqin qо‘lyozmalarni shikasta va nasta’liq xatida kо‘chirgan. U kо‘chirgan asarlaridan Jaloliddin Rumiy masnaviylari, Nozim Xiraviyning «Yusuf va Zulayxo»si О‘z FA SHI fondida saqlanmoqda.

Abdukarim xattot. XIX asrda yashab, ijod etgan samarqandlik yetuk kotib. Alisher Navoiyning «Xamsa» asari nusxalaridan birini, xirotlik shoir Nozim Xiraviyning «Yusuf va Zulayxo» dostonini kо‘chirgan. Bu qо‘lyozmalar О‘z FA SHI fondida saqlanmoqda.

Abdullo kotib (XIX asr). Buxorolik yetuk xattot. Uning kо‘chirgan qо‘lyozmalaridan Xisomiddin Buxoriyning «Voqeoti Xisomiy», Rukniddin Sheroziyning «Sharx ul-fusus», Abdulqodir Bedilning «Chahor unsur», Husayn Koshifiyning «Anvori Suhayliy» («Kalila va Dimna») kabi asarlar О‘z FA SHI fondida saqlanmoqda.

Abdulhaq kotib. XIX asrda Toshkentda yashab, ijod qilgan xattot. Buxoroda ilm о‘rganib, Toshkentdagi madrasalarning birida mudarrislik qilgan. Ta’liq, riqo’, suls, nasta’liq xatlarini yaxshi bilgan. Uning kо‘chirgan 10 dan ortiq qо‘lyozmasi О‘z FA SHI fondida saqlanmoqda.

Qoriy Xо‘qandiy. 1828-1906 yillarda yashab, ijod qilgan shoir va xattot. XIX asr о‘zbek adabiyotining iste’dodli vakillaridan biri. Arab va fors tillarini, sarf, nahv va lug‘at ilmini chuqur о‘zlashtirgan. Hasan qori domladan qiroat ilmini о‘rgangan. «Hofizi Qur’on» unvoniga sazovor bо‘lgan. G‘oziyog‘liq mahallasidagi katta masjidda uzoq yillar imomlik ham qilgan.

Qoriy xusnixat va xattotlikda ham yetuk bо‘lganligi sababli, u kо‘chirgan «Devon»i, Mazjub Namangoniyning «Devon»i, Bahoviddin Naqshbandiyning risolasi, Muqimiy bilan hamkorlikda kо‘chirgan katta bayozi va yana bir qancha asarlar bizgacha yetib kelgan.



Otajon Abdalov - XIX asr II yarmi - XX asr boshlarida yashab ijod qilgan ilk о‘zbek matbaachisi, noshiri, kitobat ishlarining mohir ustasi. 1874 yildan Xiva shahrida Muhammad Raximxon II saroyida tashkil etilgan toshbosmada ish faoliyatini boshlagan. Abdunosir Farohiyning tarixiy «Nisab us-Sibyon» asarini toshbosmadan chiqarib, xonga taqdim etgan. 1876-1910 yillar davomida Abdalov Xiva matbaasida о‘ndan ortiq yirik hajmdagi kitoblarni bosmadan chiqargan. Alisher Navoiy «Xamsa»sining «Hayrat ul-Abror» qismi, «Xazoyin ul-maoniy», «Chor darvesh», Ogahiyning «Tavizul oshiqin» asari, Feruzning g‘azallari hamda «Majmuat ush-shuaro» tо‘plamlari va boshqalar shular jumlasidandir.

Abdulmannon Kotib (XIX asr oxiri-XX asr I yarmi). Toshkentlik xattot. U tomonidan nasta’liq xatida kо‘chirilgan 20 dan ortiq qо‘lyozma О‘z FA SHI fondida saqlanmoqda.

Dabiriy Kattaqо‘rg‘oniy (XIX asr II yarmi-XX asr boshlari). Asl ismi Ostonaqul Abdushukur о‘g‘li. Payshanba qishlog‘idan, shoir va xattot. О‘zbek va tojik tillarida ijod qilgan. Xiromiyning «Chor darvesh» dostonini о‘z qо‘li bilan kо‘chirib, muqaddima va sо‘nggi sо‘z bilan Kogonda nashr ettirgan.

Devoniy (XIX asr II yarmi - XX asr I yarmi). Xivalik shoir, san’atshunos va xattot. Fors tilini yaxshi bilgan va Feruz saroyida bir qancha muddat kotiblik ham qilgan. U о‘zidan avval о‘tgan ijodkorlar qо‘l- yozmalarini mahorat bilan kо‘chirgan. Devonlari О‘z FA SHI fondida saqlanmoqda.
Muhammad Yunus Toib (XIX asr - vafoti 1907 y.). Toshkentlik shoir va xattot. Yorkent va Qо‘qonda ham yashagan. Sharq klassiklari asarlariga naziralar bog‘lagan, qasidalariga javob yozgan, tarix va marsiyalar yaratgan. Farg‘ona tarixi haqidagi «Hadoiq ul-anvor» asarida Qо‘qon xoni Muhammadalixonning davri tо‘liq bayon etilgan. 1905 yilda «Tuhfai Toib» asarini yozgan. Muhammad Yunus Toib qо‘lyozmalari О‘z FA SHI fondida saqlanmoqda.

Nadimiy (XIX asr II yarmi-XX asr boshlari). Xivalik xattot va shoir. Akasi Matyoqub Xarrotdan xusnixat qoidalarini о‘rgangan. Nadimiy kitobat qilgan Abudlvohit al Muftiyning «Ajoyib ul-qisas» asari tarjimasi, zamondosh shoirlardan Shinosiy devoni, Tabibiyning 2 ta devoni va о‘zi tarjima qilgan «Vomiq va Uzro» dostoni hamda о‘zining 3 ta devoni О‘z FA SHI fondida saqlanmoqda.

Xudoybergan Muhrkan (1822-1920). Xivalik xattot, naqqosh va bastakor. Tо‘p quyuvchi usta Muhammad Panohning о‘g‘li. Otasidan tо‘p quyishni, xattot usta Ermon xalfadan xattotlikni, muhrchi usta Islom xо‘jadan muhrkanlikni о‘rgangan. Xudoybergan Muhammad Raximxon II saroyi kutubxonasidagi kitoblarning asosiy qismini chiroyli, nafis yozuvlarda kо‘chirgan. Marmar taxtalar, о‘ratosh (poyustun)larni chiroyli yozuv va nafis naqshlar bilan, she’riy tarixlarni marmar toshga о‘yib yozgan va gullar bilan bezagan. Xivadagi Said Mohrо‘yjon maqbarasi, Asfandiyorxon xarami va qabulxonasi, Yusuf yasovulboshi va Polvon qori madrasalari, Islomxо‘ja minorasi va maqbarasida Xudoybergan ishlarining namunalari saqlangan.

Yuqorida nomlari zikr etilgan ijodkorlar qatorida XVII asr miniatyurasidagi portret san’atining mahoratli ustalaridan Xoja Mahammad Musavvir, Davlat Muhammad kabi rassomlar va ularning ijodlari haqidagi ma’lumotlar ham ayrim manbalarda uchraydi. Ularda, ayniqsa, Xoja Muhammad Musavvir Xirot, Samarqand, Buxorodagi sobiq maktablar an’analarining yirik davomchisi ekanligi ta’kidlanadi.

XVIII-XIX asrlarda yurtimizda ijod qilgan tasviriy san’at ustalaridan Ahmad Donish, Mulla Husniddin, Mulla Ortiq, Rahmatiy, Ahmad Kalla, Ibrohim Davron kabi rassomlarning ijodiy faoliyatlari ham muhim ahamiyatga molikligini ta’kidlash joiz.


Download 3,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish