Muxokama qilinayotgan davrda kino, qiziqchilik-masharabozlik, askiya, sirk-dorbozlik san’ati ijodi namunalarini jiddiy rivojlandi deb aytishimiz mumkin. Ayniqsa ayollar qiziqchiligi yaxshi rivojlandi.
Ayollar qiziqchiligi (teatr) - XVIII-XIX asrlarda о‘zbek xotin-qizlari orasida keng tarqalgan xalq og‘zaki san’atining bir turi. XIX asrda Qо‘qonda Iqlim dodho degan san’atkor rahbarligida ayol qiziqchilar guruhi tashkil etilgan. Guruh repertuari qiziqchilik, kulgili hikoyalar, hajviy qо‘shiqlar, raqs va yallalardan iborat bо‘lgan. XIX asr va XX asr boshlarida Samarqand viloyati, G‘us qishlog‘idan Qursiya Rustamova, Rо‘zixon Shoimova, Qashqadaryo viloyatidan Xongul Olimova, Basgul Qudratova, Toshkent viloyatidan Salomat Mutalova, Adolat Tursunova, Andijon viloyatidan Sojida Niyozmatova, Sottixon Ashurova kabi ayollardan kо‘plab taniqli masxaraboz va qiziqchilar chiqqan. Bosh mavzu - xotin-qizlarning kundalik hayoti, о‘y-fikrlari, dardlari, orzu-istaklari, taqdirlari bо‘lgan.
Bidiyorshum (XVIII asr II yarmi - XIX asr I yarmi). Qо‘qonlik. Asl ismi Muhammad Solih. О‘zbek xalq an’anaviy teatrining aktyori va og‘zaki pyesalar ijodkori. XVIII asrda Qо‘qonda tashkil qilingan professional aktyorlar uyushmasining («Kasbi sozanda») yetakchisi. Hajviy she’rlar ham yozgan. Qо‘shiqlarga kuylar bastalagan, raqslarni sahnalashtirgan. Aktyorlar uyushmasida Xudoyberdi ustoz, Rustam hofiz, Boymat hofiz, Abdurahmon pari, A’zamxon qiziq, Zokir eshon singari о‘z davrining mashhur, el e’zozlagan qiziqchi aktyorlari, sozandalari, hofizlari va raqqoslari xalqqa astoydil xizmat qilganlar.
Xudoybergan Devonov (1878-1940). Xivalik. Ijodi Toshkentda davom etgan birinchi о‘zbek kinooperatori. 1907-1908 yillarda Moskva va Peterburgdan teleskop, foto va kino asboblari olib kelib, ilk fotolaboratoriya tashkil qilgan. Bu laboratoriya Xorazmda kinostudiya vazifasini bajargan.
U «О‘rta Osiyo me’moriy yodgorliklari», «Turkiston kо‘rinishlari», «Xiva va xivaliklar» kabi qisqa metrajli filmlar yaratgan. Xorazm xalqi urf-odatlari tasvirlangan mingga yaqin suratlar ishlagan. Keyingi yillarda esa maktab, internatlar ochib, unda foto-kino ishlarini olib borgan.
1. Rossiya imperiyasining ma’murlari Turkiston о‘lkasi xalqlarining milliy madaniyatiga kanday munosabatda bо‘ldilar?
2. Mustamlakachilarning ta’lim sohasidagi siyosatining asosiy yunalishlarini ochib bering.
3. Kurilayotgan davrda me’morchilik, kо‘shiqchilik va mus iqa sanatida kanday о‘zgarishlar yuz berdi?
4. Bu davrda о‘zbek teatr san’ati kanday rivojlandi?
5. О‘lkada ilmiy jamiyat va muassasalarning tashkil tonishi ilmfan rivojida kanday о‘rin tutdi?
Mavzuni о‘qitishda « Musbat, manfiy, qiziqarli» strategiyasidan foydalanish dars samaradorligini oshiradi.
“Musbat, manfiy, qiziqarli”texnologiyasi о‘tkazish tartibi
“Musbat, manfiy, qiziqarli” strategiyasi- о‘quvchilarning mavjud vaziyatning barcha detallarini puxta о‘rganish asosida xulosa chiqarishga odatlantirish orqali ongini boyitish, tafakkurini kengaytirishga xizmat qiladi. Ta’lim jarayonida “Musbat, manfiy, qiziqarli” strategiyasini qо‘llash о‘quvchilarning ma’lum voqelik, hojisa yoki jarayonning barcha jihatlariga e’tiborni qaratish, ularning salbiy jihatlarini baholash, qiziqarli tomonlarini aniqlash va kengaytirishga doir kо‘nikma, malakalarini rivojlantirishda samarali sanaladi. Bunda asosiy e’tibor mavjud vaziyatning barcha ijobiy jihatlarini inobatga olishga qaratiladi. О‘rganilayotgan vaziyat yuzasidan hulosa chiqarish, qaror qabul qilish, faqat u batafsil о‘rganib chiqilgandan keyingina amalga oshirilishi mumkin.
О‘quv fanlaridan bilimlarni о‘zlashtirishda “Musbat, manfiy, qiziqarli” strategiyasini qо‘llanilsa, u holda о‘quvchilarning fikrlash samaradorligi bir necha marta oshadi. Kо‘p hollarda bir qarorga kelishni talab qiladigan vaziyatlarda ushbu strategiyani qо‘llash maqsadga muvofiqdir. Bir vaqtning о‘zida о‘quvchilar faoliyatini о‘rganish va baholash, tashhislash metodi ham hisoblanadi. Qо‘llash qoidasi quyidagicha:
1-bosqich: Mavjud vaziyatning faqatgina ijobiy jihatlari aniqlanadi.
2-bosqich: Mavjud vaziyatning faqatgina salbiy jihatlari aniqlanadi.
3-bosqich: Mavjud vaziyatning faqatgina qiziqarli jihatlari aniqlanadi.
Ta’lim jarayonida strategiyadan foydalanish muammoni oson, tо‘liq va batafsil о‘rganishgna yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |