Sonli munosabatlarni anglash , matematik tasavvurlarni kengaytirish va aniqlashtirish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.
Bolalar o‘rgatiladi:
a) sonlarni taqqoslashga, masalan 2va 3- “2 kichik 3 esa katta”
b)qo‘shib borish yo‘li bilan sonlarni taqqoslash : “Bu yerda ikkita ,bu yerda esa uchta ” , “Bu yerda ko‘p, bu yerda esa kam ”
Matematik amallarni o‘zlashtirish boshlanadi :
a) besh ichida qo‘shish ,(+ -“qo‘shuv ” so‘zining manosi tushuntiriladi)
b) beshgacha to‘g‘ri va teskari sanash;
v) ayirish ;
g) besh ichida misollar yechish ;
“Olti” soni va 6 sanog‘i bilan tanishtirish:
( bunday ishlar o‘ngacha olib boriladi)
Bolalar quyidagi faoliyatni bajaradilar :
a) o‘ngacha to‘g‘ri va teskari sanash ;
b) aytilgan songacha sanash ;
v) sanoq qatoridan son o‘rnini aniqlash (masalan , 5 soni 4 va 6 sonlari o‘rtasidan topiladi) ;
g) o‘n ichida amallar bajarish ;
d) shartli belgilarni taqqoslash “=” (teng), “˂” (katta ) , “>”(kichkina) ;
|