О‘QUV MATERIALLARI........................................................... |
5
|
Ma’ruza mashg‘uloti materiallari...........................................
|
5
|
Amaliy mashg‘ulot materiallar................................................
|
307
|
Mustaqil ta’lim mavzulari ......................................................
|
310
|
Glossariy..............................................................................
|
312
|
IlovalaP.......................................................
|
343
|
|
|
MUNDARIJA
Sо‘z boshi
Ma’lumki, ta’lim tizimini isloh qilish bilan jiddiy о‘zgarishlar amalga oshdi. «Ta’lim tо‘g‘risida»gi qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» bu boradagi umumnazariy va huquqiy asoslarni belgilab berdi. Shu maqsadda, ta’lim bosqichlarining о‘zgarishi, uning sifat samaradorligini kо‘tarishga, mazmunini tubdan yangilashga sabab bо‘ldi.
Talabalar nazariyada olgan bilim, malaka va kо‘nikmalarini rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar maxsus muassasalarda amaliyotda, oliy ta’limda bakalavrlar tayyorlashda takomillashtiradilar. Nazariy bilimlarini amaliyotga, tadqiqot ishlariga tatbiq etish kо‘nikmalari hosil qilinadi. Shuning uchun ushbu fan asosiy mutaxassislik fani hisoblanadi, magistr mutaxassislarni tayyorlash jarayonida muhim ahamiyatga egadir.
Rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalar reabilitatsiyasi fani rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalar bilan olib boriladigan logopedik reabilitatsiyaning о‘ziga xos hususiyatlari, rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalarni о‘qitish nazariyasining umumiy muammolari, rivojlanishida mujassam nuqsonga ega bolalar guruhlari, rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalarga korretsion- pedagogik yordam masalalarini qamraydi.
“Jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsonli bo’lgan bolalar reabilitatsiyasi” fanining maqsadi yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun talabalarga rivojlanishida kamchiligi bо‘lgan bolalarda namoyon bо‘ladigan kamchiliklari tо‘g‘risida aniq, ravshan tasavvur berish hamda ulardagi kamchiliklarini bartaraf etish, korreksiya, kompensatsiya, reabilitatsiya qilish ishlari bо‘yicha kо‘nikma va malakalarni shakllantirishdir.
Ushbu kursni talabalar ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar orqali о‘zlashtiradilar. Olingan nazariy va amaliy bilim talabalarning amaliy mavzularini bayon etishlari orqali mustahkamlanadi.
Ushbu о‘quv-uslubiy majmua ma’ruza materiallari, seminar mashg‘ulotlari, kurs ishi mavzulari, talabalarning mustaqil ishlari uchun mavzular, fanga oid keyslar tо‘plami, glassariy va ilovalardan iborat. Ushbu majmua yuqori malakali bо‘lg‘usi о‘qituvchilarni tayyorlashda muhim ahamiyatga egadir.
О‘QUV MATERIALLARI
Ma’ruza mashg‘uloti materiallari
Do'stlaringiz bilan baham: |