Rivojlanishida nuqsoni bor bolalarning tibbiy reabilitatsiyasini amalga oshirishda erta namoyon bо‘lgan serebral kamchiliklarning terapiyasi о‘tkaziladi: fizioterapiya, fitoterapiya, psixoterapiya,davolovchi jismoniy tarbiya, umumsog‘lomlashtiruvchi davolanishlar.Xayot faoliyati imkoniyatlari cheklangan shaxslarning tibbiy reabilitatsiyasining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:profilaktikani takomillashtirish; bolalar rivojlanishidagi nuqsonlarning erta namoyon bо‘lishi va diagnostikasi; abilitatsiya va reabilitatsiya tadbirlarini takomillashtirish; tibbiy va korreksion ta’limiy jarayonlarning hamkorligi sifatini oshirish.
Psixologik reabilitatsiya jarayonida rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolaning ruhiy xolati о‘rganiladi; kasallikni keltirib chiqaradigan birlamchi va ikkilamchi nuqsonlar aniqlanadi, bunda kasallik natijasida nuqsonli rivojlanish bо‘ladi;bolalar va о‘smirlar psixik rivojlanishidagi nuqsonlar, shaxsiy xususiyatlarning buzilishi belgilari bartaraf etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |