O‘z jinsini ajratish. Bolada bu yoshga kelib odam tanasiga va o‘z tanasining
tuzilishiga qiziqish paydo bo‘ladi. O‘zini qaysi jinsga mansubligini anglash
«shaxs»ning tuzilishiga ulanadi. Kattalardan: «Sen o‘g‘il bolasan!» yoki «Sen qiz bolasan!» degan so‘zlarni eshitgach, bola bunday tushunchalar uning jinsiy xislatlari bilan bog‘liqligini anglay boshlaydi. Bola o‘z tanasiga va jinsiy organiga nisbatan qiziquvchan bo‘ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar ulg‘aygani sari 53 begona odamlar oldida yechinishda o‘zlarini noqulay sezadilar. Xijolatlik, uyat hissi tarbiyaviy ta’sir natijasidir.
Ko‘p hollarda hozirgi bolalar qiz va o‘g‘il bola tanasiga xos bo‘lgan belgini ancha erta o‘zlashtirmoqda. Bundan tashqari ular kattalarning tanaga bo‘lgan munosabatini ham o‘zlashtirmoqdalar. Aksariyat kattalar kiyimsiz tanaga qarashni taqiqlaydilar, o‘zlari esa bunday tomoshalarni bola oldida ko‘raveradilar. Go‘yoki bola hali hech narsani tushunmaydi deb o‘ylaydilar. Agar ota-ona kiyim almashtirishda boladan xijolat tortsa, bu xislat bolaga ham o‘tadi. Agar ota-ona
o‘zini tabiiy tutsa, bola ham yalang‘och tanani ko‘rganda xijolat bo‘lmaydi. Ammo bu holda hammaning o‘z chuqur o‘ylangan yondashuvi bo‘lishi kerak. Jinsiy tarbiya erkin yo‘lga qo‘yilgan ba’zi oilalarda, shifokorlar, rassomlar, hayvonlar hayoti bilan tanish bo‘lgan qishloq bolalarida ba’zan jinsiy organlarni rasmda aks ettir- ganlarini ko‘rish mumkin. O‘g‘il bolalar hayvonlar va erkaklarni jinsiy organlarini qizlarga qaraganda ko‘proq chizadilar. Bu holatni o‘g‘il bolalar o‘z tanasining jismoniy ko‘rinishiga o‘xshatadilar. Ko‘p maktabgacha yoshdagi
bolalar odamlarning jismoniy ko‘rinishidagi farqini nafaqat xayollariga keltiradilar, balki bu farqni kiyimsiz naturaga qaraganda ham ko‘rmaydilar.
Maxsus tajriba o‘tkazilganda har bir boladan kiyimsiz (o‘g‘il va qiz bola) qo‘g‘irchoqning rasmini chizish so‘raldi. Ularni tana tuzilishi o‘g‘il va qiz bolalarning jismoniy tuzilishiga mos kelishi kerak edi. Ba’zi bolalar qo‘g‘irchoqqa qarab chizishga harakat qilishadi, lekin shunda ham ular jinsni farqlovchi xislatlarni shunchaki sezmaydilar. Ularning tasvirlarida o‘g‘il bola qo‘g‘irchoq va qiz bola qo‘g‘irchoq bir-biridan hech farq qilmaydi. Masalan, «Biz yaqinda bir qizni yuzini yasadik va chizdik. Lekin menimcha libosdagi qizni chizgandik.
O‘xshamasachi? O‘g‘il va qiz bolalar o‘xshaydilar. Ular jingalak soch bo‘ladilar va ayyorona jilmayadilar. O‘g‘il bola bilan qiz bolaning farqini topish kerakmi? O‘g‘il bolalar ko‘z rangi to‘q, qizlarniki och bo‘ladi. Fe’li har xil bo‘ladi: haqiqiy
erkak yig‘lamaydi. Boshqa farqni men ko‘rmayapman». Ba’zi bolalar oilada jinsiy tarbiya haqi- dagi tushunchadan shunchalar «himoya qilinganlarki», kiyimsiz naturada jins farqiga e’tibor berib, to‘g‘ri chizishni so‘rashganda ham, jins farqini ko‘rmaydilar. Bolalarni boshqa qismi umrida birinchi marta kiyimsiz o‘g‘il bola va qiz bola qo‘g‘irchoqni ko‘rib, darhol uning jismoniy qiyofasidagi farqiga e’tibor qaratadilar. Bunda bir xil bolalar xotirjamlik bilan o‘g‘il va qiz bolalarning tasvirini tushirishga, boshqalari esa, qo‘g‘irchoqni ko‘rinishidan uyalib, ko‘zlarini
yashiradilar. E’tirof etish kerakki, bolalar ulg‘aygani sari, ular orasida kiyimsiz qo‘g‘irchoqlarni ko‘rganda uyat hissi kuchayadi. Bolalar qiqirlashni, teskari qarashni, qo‘llari bilan ko‘zlarini yopishni boshlaydilar. Odatda bunday bolalar talab qilingan naturani hech ham chizishni xohlamaydilar
Do'stlaringiz bilan baham: |