2.2. Gender munosabatlarining yoshga xos xususiyatlarini aniqlash usullari
Bugun ilmiy adabiyotlarda, tadqiqotlarda va bahs-munozaralarda «gender» atamasi, u bilan bog‘liq “gender munosabatlar“, “gender tenglik”, “gender madaniyat“, “gender taraqqiyot“, “gender sotsiologiya”, “gender psixologiya” kabi iboralar ko‘p ishlatilmoqda. Keyingi yigirma yilni “gender izlanishlari davri“ deb atash mumkin. Ha, bugungi ilm-fan chuqurlashish yo‘lidan rivojlanmoqda. Ammo bu umumlashtirishni, analiz va sintezni ham taqozo etmoqda. Gender munosabatlarini sun’iy tarzda chuqurlashtirish, gender tadqiqotlarini boyitsa ham, taraqqiyotga xizmat qilmaydi, balki, aksincha, jinslar stratifikatsiyasini kuchaytiradi. Shuning uchun gender tadqiqotlari mudom jinslararo aloqalarni mustahkamlash maqsadidan kelib chiqishi lozim.
“Gender“ tushunchasi jinslar, jinslararo munosabatlar ma’nolarini anglatsada, u keyingi yillarda deyarli barcha fanlarga taalluqli ijtimoiy voqelikka aylanmoqda. Demak, insoniyat diskriminatsiyani bartaraf etishni shu paytgacha xayoliga keltirmagan. “Ayollar huquqlari Deklaratsiyasini e’lon qilgan Olimpiya de Guj /XIII asr/ gacha ayollardan foydalanish, ularni kamsitish, zo‘rlash inson sha’nini toptovchi hodisa ekani hech kimning o‘yiga kelmagan.Olimpiya de Gujdan keyin ham ahvol o‘zgarmadi. Yevropa ayollari o‘z erki uchun hanuzgacha tinmay kurashib keladilar”. Erk in’om etilmaydi uni kurashib qo‘lga kiritadilar” degan hikmat haq ekan.
Gender falsafasi jinslararo munosabatlarni tadqiqot ob’ekti qilib oladi.Uning strategik maqsadi jinslararo munosabatlarni yanada mustahkamlashdir. Maxsus tadqiqotlarda jinslar dimorfizmi filogenez, ontogenez va sotsiogenez asosi sifatida qayd etilsa-da, u, ya’ni dimorfizm jinslararo munosabatlardagi uygunlikni, yaqinlikni rad qilishga qaratilmagan. Ha, gender psixologiyasida jinslar
dimorfizmiga keng e’tibor beriladi, bu borada nihoyatda ko‘p kuzatishlar
o‘tkazilgan. Biroq ushbu farqlar, har xillik insonning yaxlitliligiga, butunliligiga raxna solmasligi lozim. Gender dimorfizmini o‘rganish jinslarning psixologiyasini, ularda zarur fazilatlarni shakllantirishning samarali usullarini, yo‘llarini topish,aniqlash uchun zarurdir.
“Biologik yondashuv ham, sotsiologik yondashuv ham gender muammolarini to‘la yoritolmaydi. Ayniqsa ular bir-birini rad etganida muammoning qanchalik murakkab ekanini aniqlaymiz.”1 Ularni uyg‘unlashtiradigan yangi yondashuv, aniqrog‘i, gender falsafasi zarur. Gender falsafasi quyidagi xususiyatlari bilan yuqoridagi yondoshishlardan ustun turadi:
-gender munosabatlarini insonning yaxlitligi, butunligi nuqtai nazaridan kelib chiqib o‘rganadi;
-gender munosabatlariga inson munosabatlari deb qaraydi;
-ijtimoiy munosabatlarning determinizimidan kelib chiqadi;
-ayol va erkak munosabatlarining murakkabligini tan oladi, lekin shu bilan
birga ularning ijtimoiy munosabatlardan farq qiluvchi jihatlari borligini unutmaydi;
-ayol va erkakning borliqdagi o‘rni, vazifalari aynanligidan, ya’ni olam va
odam o‘rtasidagi garmoniyani asrashdan, inson manfaatlarining ustuvorligidan
kelib chiqadi, taraqqiyot normalarining barchaga teng taalluqliligini e’tirof etadi.
Gender tadqiqotlari insonga tabiatan har xillikka, rang-baranglikka,
plyuralizmga intilib yashash xosligini ham isbotlaydi. Inson nafaqat aqlan yoki ruhan, xuddi shuningdek, tabiatan, sotsiogenez rivojlanishi nuqtai nazaridan ham rang-baranglikka moyildir. Ammo ushbu rang-baranglik, turfa xillik uning butunligiga xavf tug‘dirmasligi kerak. Ayrim gender tadqiqotlarida, ming afsuski, insonning ushbu yaxlitligi, butunligi unutiladi, asosiy e’tibor gender farqlarni e’tirof etishga, asoslashga qaratiladi. Demak, gender tadqiqotlar falsafaning yo‘lyo‘riqlariga, xulosalariga muhtojdir.
Ayol va erkak o‘rtasidagi munosabatlarni ontogenez nuqtai nazaridan
o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Hozir gender falsafasi mavjud psixologik
izlanishlarni to‘plash va umumlashtirish bilan band.Aslida esa u gender
tadqiqotlaridan oldinda yurishi zarur edi. Ha, falsafa ba’zan ayrim fanlarning
izlanishlari va xulosalariga ehtiyoj sezadi, ularni umumlashtirish orqali
shakllanadi. Gender falsafasini ilm sohasi sifatada shakllantirishga ehtiyoj
1 Кешми Г. Ф. Основы современной сексологии. СПб., 2000. 61 стр. 22
mavjud. Ammo ushbu ehtiyoj 27 asr davomida shakllangan olam va odam, shaxs va jamiyat, xususiy va umumiy o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganish borasida to‘plangan gnoseologik xulosalarga tayanishi zarur. Agar u ushbu xulosalardan ayrimlarining xatoligini isbotlasa, rad etsa, bu ilm-fan uchun foydalidir.
O’sib kelayotgan yosh avlodni muayyan maqsad yo’lida har tomonlama kamol toptirish, uning ongi, dunyoqarashi, e’tiqodini o’stirish,jamiyat ravnaqi va rivojlanishi yo’lida fidoiy ruxi bilan singdirilgan xulq-atvorini tarkib toptirish maktabgacha tarbiya yoshi psixologiyasi oldida turgan dolzarb vazifalardan sanaladi. Xususan har tomonlama rivojlangan barkamol insonni tarbiyalashning maqsad yaa vazifalari manaviy boylik, axloqiy poklik, jismoniy mukammallikni o’zida mujassamlashtirgan ijtimoiy faollikni tarbiyalashni taqozo etadi. Mashxur rus pedagoglaridan biri Lesgaftning fikricha insonning maktabgacha tarbiya yoshdagi davri shunday bir davrki, bu davrda bolada kelgusidaqanday xarakter xislatlari paydo bo’lishi belgilanadi va axlokiy xarakterning asoslari yuzaga keladi D.B. Elkonin takidlaganidek, bola jamiyat a’zosi va shaxs sifatida shakillanib borar ekan, uning psixikasi rivojlanib olamni aks ettirish xususiyati go’daklikdan yetuklik davrigacha murakkablashib va takomillashib boradi
Ijtimoiy hayotimizdagi o‘zgarishlar mustakillik, respublikamizdagi demokratiyaning tantanasi, xukukiy davlat tuzimiga intilish psixologiyaning qonuniyatlari va ilmiy materiallarini o‘rganish hamda ulardan turmushda
foydalanishni talab kiladi Bola inson sifatida tashki jixatdan katta yoshli odamlarga uxshasa ham, o‘ziing psixik jarayonlari va shaxsiy psixologik xususiyatlarning mazmuni jixatdan katta yoshli odamlardan keskin fark kiladi. Ma’lumki, bola shaxsi va uning psixologik xususiyatlari kandaydir tasodifiy omillarning tartibsiz ta’sir etishi natijasida emas, balki muayyan konkret omilning qonuniy ta’sir etishda tarkib toptiradi. Ana shu muxim qonuniy tarzda ta’sir kiladigan omillarni ochish va isbotlash bilan bolalar psixologiyasi shugullanadi. Bolalar psixologiyasi bolalar
shaxsi va shaxsiy psixologik qonuniyatlarning tarkib topishi kabi muxim ilmiy malakalarni o‘rganib, mamlakatimizda yangi tipdagi odamlarni tarbiyalab yetishtirish qonuniyatlarini ochib beradi. Pisixik rivojlanishdan biologik va ijtimoiy omillar bolani psixik rivojlanishida shaxs, inson muammosi psixologiyaning markazida turgan eng qiyin muommolardan bo‘lib hisoblanadi.
XX asrning boshida mashhur psixoanalitik Zigmund Freyd “Anatomiya – bu
taqdir” deb aytgan edi. O‘g‘il bolalar tarbiyasi an’anaviy ravishda tajovuzkor
xususiyatga ega, chunki erkak ayolga nisbatan kuchli, shijoatli va qat’iyatli bo‘lishi kerak. Erkaklarga tarix va madaniyat bunyodkori bo‘lish roli berilgan. Qizlarga kichikligidanoq bo‘lajak ona roli singdiriladi, u shaxsiy qiziqishlarga ega bo‘lmasligi, o‘z hayotini oilasiga – eri va bolalariga bag‘ishlashi kerak. Qizlar jismoniy jihatdan ham, psixologik jihatdan ham himoyasiz qilib tarbiyalanadi. Bu esa o‘z ustidan zo‘ravonlikni qabul qilishga qulay asos yaratadi. Ayollarga uy ishlari va bolalar tarbiyasi ishonib topshirilgan uy bekalari roli ajratilgan. Erkaklar
va ayollar roli bunday biologik jihatdan belgilab qo‘yilgan yondashuv (biologik determinizm) bugungi kunda genderni ijtimoy shakllantirish tarafdorlari tomonidan tanqid qilinmoqda. Shuni aytish joizki, biologik determenizm yondashuv sifatida nafaqat gender tengsizligi mavjudligini tabiatan berilgan deb oqlaydi, balki turli ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi asrlar davomida shakllangan tengsizlikni ham yoqlaydi. Xususan, turli jamiyatlarda tana rangi yoki kelib chiqish insonning muayyan ijtimoiy guruhga mansubligini – podshoh, qul, muayyan urug‘
vakili ekanligini belgilar edi. Ierarxik tabaqalanish ijtimoiy stratifikatsiya
jarayonida sodir bo‘lar edi. Biroq, har qanday jamiyatga xos bo‘lgan
stratifikatsiyaning universal modeli gender stratifikatsiyasidir, bunda ierarxiya jinsiy mansublikka ko‘ra belgilanar va bunda doimo erkak ustun hisoblanar edi.
«Tarix shuni ko‘rsatdiki, haqiqiy hokimiyat doimo erkaklar qo‘lida bo‘lgan,
patriarxal davrining eng boshidan ular ayollarni qaram ahvolda saqlash foydali deb hisoblagan, ularning qonunchiligi ayolga qarshi qaratilgan: va shu tariqa u O‘zga deb belgilangan edi... Ayol bo‘lib tug‘ilmaydilar, ayol bo‘lib shakllanadilar»2 Gender falsafasi ayol va erkak o‘rtasidagi munosabatlardagi farqlarni, o‘ziga xosliklarni o‘rganish bilan cheklanib qolmasligi zarur. Ijtimoiy taraqqiyot uchun ayol va erkak o‘rtasidagi farqlar emas, balki ularni bir ijtimoiy mavjudot sifatida yashashini asoslaydigan, ayol va erkak o‘rtasidagi yaqinlikni, uyg‘unlikni mustahkamlaydigan nazariyalar, yondoshishlar lozim. Kishilarni ijtimoiy, siyosiy,
mulkiy va jinsiy bir-biriga qarama –qarshi qo‘yish, farqlash fojiali oqibatlarga olib kelishini anglashimiz darkor. Gender farqlarni o‘rganish ayol va erkakni yanada chuqurroq bilish uchun zarur, xolos. Ammo ushbu farqlar mudom nisbiy, va tarbiyaviy omillar ta’sirida zarur tomonga o‘zgarishi mumkinliligini unutib bo‘lmaydi.
Xulosa.
Yosh va jins xususiyatlarining shakllanishida atrofdagilarning o`rni juda
kattadir.maktabgacha yoshdagi bolalarda o`z o`rni mustaqillugini shakllantirish aynan tabiyachilarga, ota- onalarga bog`liqdir. Bizning xalqimiz ko`proq o`g`il bolalarni imkoniyatlarini oshirishga harakat qiladi, qizlarni asosan uy ishlarini o`rganishga jalb qilshadi.
Kuzatishlarimiz shuni ko`rsatdiki xatto o`yinchoqlar olib berishda ham ko`proq qizlarga qo`girchoq olib berish bilan cheklanishadi. Tafakkurni charxlovchi, harxil qurilmalar uylar yasaydigan konstruktorlar, diqqatni tarbiyalovchi mazaikalarni ko`proq o`g`il bolalarga berishadi.
Tarbiyachi ota-onalarning bolalarni jinsiy tarbiyalashga bo‘lgan fikrini bilishi lozim va ular bilan, ayniqsa bu muammoga nisbatan e’tiborsizlikka ega bo‘lgan ota-onalar bilan ma’rifiy ishlarni olib borishi kerak. Bolaning o‘z tanasini begona ko‘zlardan tabiiy himoya qilish zaruriyatini kattalar hurmat qilishlari va bolaning uyatchanligini iloji boricha asrab qolishlari kerak.
Bizningcha qiz bolalarga ham kichikligidan katta e`tibor berib ularga ham
keng imkoniyatlarini yaratish, kelajakda barkamol avlod tarbiyasida o`z xissasini qo`shish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |