2.1. Gender munosabatlarining yoshga xos xususiyatlarini aniqlash usullari
Bolani jinsiy identifikatsiyasida kattalarning tutgan o‘rni. Bolani o‘z mohiyatini tushunishida uning kattalar bilan aloqasi katta ahamiyatga ega. Bu aloqa unda buyumlar dunyosiga, barcha tirik mavjudotlarga, odamlarga va o‘ziga bo‘lgan ma’lum munosabatga qaratiladi. Kattalar bola uchun o‘zi haqidagi ma’lumot manbai bo‘lib xizmat qiladi. Ular bolaga o‘zini qaysi jinsga mansubligini aniqlashda ham yordam beradilar.
Ilk yoshning oxirlarida bola o‘z jinsini tushunadi, lekin hali «o‘g‘il» yoki «qiz bola» so‘zlari qanday ma’noga ega ekanligi- ni bilmaydi. Kattalar ongli yoki ongsiz ravishda, bolaga hamma qabul qilgan andaza tarzida o‘g‘il yoki qiz bola nima ekanligini tushuntiradilar. O‘g‘il bolalarga jahlni ko‘proq namoyon qilishga
ruxsat beradilar, faollikni va tashabbuskorlikni qo‘llab-quvvatlaydilar, qiz
bolalardan samimiylik, emotsionallik va ta’sirchanlikni kutadilar. Bolada o‘z
jinsining ahamiyati haqidagi tushuncha asosan oilada hosil qilinadi. Har bir otaona o‘z jinsining xususiyatlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘ladi. Masalan, samimiylik, ta’sirchanlik va emotsionallik ayollarga xos fazilat; jasurlik, qat’iyatlilik, dadillik erkaklar ega bo‘lgan fazilatlardir.
Xalqlar madaniyatida bola tarbiyalashda qo‘llaniladigan mustahkam qoliplar mavjud. Kichkina bolaga: «Yig‘lama. Qiz bolamas, o‘g‘il bolasan» deyishadi.
Shundan keyin bola ko‘z yosh to‘kmaslikni o‘rganadi. Qizlarga: «Urishma, devor, daraxtlarga chiqma. Sen qiz bolasan» deb o‘rgatishadi. O‘yinqaroq qiz o‘zini tiyishiga to‘g‘ri keladi, nima qilsa ham qiz bolada! Jinsga qarab xulq-atvor qoidalarini belgilash shundan boshlanadi.
Bevosita erkak va ayollar xulq-atvorini kuzatish orqali, va shuningdek, san’at orqali bola psixologiyasiga ayol va erkakning yurish-turish tarzi singib boradi.
Birinchi navbatda bola ayol va erkaklarning kiyimida va o‘zini tutishida tashqi farqni aniq- laydi. Insonning shaxsiy xususiyatlarini bola ba’zida ma’lum jins xislati deb qabul qiladi. Masalan, kuzatishlarda besh yoshli o‘g‘il bola tanish bo‘lgan yosh erkak kishiga taqlid qila boshlaydi, bolaning bunga g‘oyatda berilganini ko‘rgan erkak kishi hazillashib: «Haqiqiy erkak, mana bunday qilishi kerak» deb chaqqonlik bilan va ko‘z zo‘rg‘a ilg‘aydigan harakat bilan boshini orqaga tashlaydi. Haqiqiy erkakning bunday fazilatidan hayratlangan bola boshini uzluksiz orqaga tashlaydigan bo‘ladi.
Bola barcha narsaga taqlid qiladi: atrofdagilarga foyda keltiradigan axloq qoidalari turlariga, kattalar uchun andaza bo‘lib qolgan ijtimoiy zararli odatlarga (so‘kishlar, chekish va boshqalar). Bola hali bu «botirlik ramzlaridan» amalda foydalanmasada, ularni o‘yin mundarijasiga kiritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |