155
8. Geografiya ta’limida yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llashning
asosiy
bosqichlari nimalardan iborat?
9. Geografiya ta’limi maqsadlari taksonomiyasining asosiy ko’rsatgichlari
nimalardan iborat?
10. Test yordamida bilim va malakalarni tekshirish nimalarni o’z ichiga oladi?
11. Didaktik o’yinlarni qanday turlarini bilasiz?
12. Modul deb nimaga aytiladi?
13. Hamkorlikda o’qitish texnologiyalari qanday turlarga bo’linadi?
14. Interfaol metodlarning turlariga dars ishlanmasi tuzing.
XV BOB. GEOGRAFIYANI O’QITISH VOSITALARI
15. 1. O’quv ko’rgazmali qurollar, asbob va jihozlar
O’qitish vositalari- bu bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish
maqsadida o’quv jarayonini tarkibiga kiritilgan turli xil bilim manbalaridir.
O’quv dasturi bo’yicha o’quvchilar o’zlashtirishi lozim bo’lgan o’quv
materiali turli manbalardan olinadi. Ushbu bilimlar o’quvchilar tomonidan qabul
qilinishi va o’zlashtirishi uchun aniq bir pedagogik va metodik sharoitlar bo’lmog’i
lozim. Mazkur maqsadni amalga oshirish uchun o’qituvchi o’quvchilarni
bilish
faoliyatini tashkil qilmog’i lozim. O’quvchilar bilim faoliyatini tashkil qilishga
quyidagilar kiradi:
- eshittirish;
- eshitgan geografik ma’lumotlarni belgilash;
- eshitgan geografik ma’lumotlarni eslab qolish;
- nashriy manbalardan ma’lumotlarni qabul qilish;
- kuzatish va h.k.
Umumta’lim maktablarida ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirish
mqsadida, o’quv jarayoni tarbiyaviy vazifalarini yechish maqsadida o’quv jarayoni
tarkibiga kiritilgan bilim manbalari o’qitish yoki o’quv vositalariga aylanadi.
Masalan, tog’ jinslari ochilmasi o’quvchilar tomonidan o’rganilgan taqdirdagina
o’qitish vositalariga aylanadi.
O’qitish
vositalari
tabiat
va
jamiyat
haqidagi
ilmiy
bilimlarni
shakillantirishda katta ahamiyatga ega. O’qitish vositalarining asosiy vazifasi bilim
olish jarayonida ko’rgazmalilikni ta’minlashdir.
Geografik voqea va hodisalarni tasvirlash usuliga ko’ra o’qitish vositalari to’rt
turga bo’linadi (I.S. Matrusov, L.M. Pancheshnikova):
a) natural obyektlar; b)
geografik borliq, voqea va hodisalarni tasvirlash; v)
predmet va hodisalarni belgilar bilan tasvirlash; g) tabiat xodisalarini hosil
bo’lishini ko’rsatish va tahlil qilish uchun jihozlar.
Natural, ya’ni tabiiy obyektlarga quyidagilar kiradi:
- sinf sharoitida o’rganiladigan tabiat obyektlari va inson xo’jalik
faoliyati
predmetlari (namunalar, gerbariylar, sanoat va qishloq xo’jaligi mahsulotlari
namunalari);
156
- bevosita o’quv sayohati jarayonida o’rganiladigan tabiiy obyektlar va
xo’jalik faoliyati mahsulotlari: bevosita tabiiy sharoitda o’rganiladigan obyektlarga
geografik ochilmalar, daryolar, soylar, ko’llar, tuproqlar, o’simliklar va
hayvonot
dunyosi kiradi. Xo’jalik faoliyati mahsulotlariga ekinzorlar, polizlar, bog’lar,
uzumzorlar va boshqalar kiradi;
Natural o’quv vositalari yordamida o’rganilayotgan predmet va hodisalar
haqida bevosita tasavvurlar hosil qilinadi.
Geografik voqea va hodisalarning tasviri quyidagi guruhlarga bo’linadi:
- tabiiy va xo’jalik obyektlarining modellari.
Ularga relyef shakillari, daryo
vodiylari, botiqlar, tekisliklar, muzliklar, g’orlar, suv omborlari va boshqa xo’jalik
obyektlarining modellari kiradi;
- yassi ko’rgazmali qo’llanmalar. Mazkur vositalarga qo’yidagilar kiradi:
devoriy rasmlar, portretlar, diapozitivlar, diafil’mlar, kinofi’lmlar, kinolavhalar,
vidiotasmalar va h.k.
Shartli belgilar yordamida geografik predmet va hodisalarni bayoni va tasviri
(so’zli, belgili, sonli). Mazkur vositalar quyidagi guruhlarga bo’linadi:
- verbal vositalar. Darsliklar, ma’lumotnomalar, matndagi jadvallar;
- kartografik vositalar:
kartalar, atamalar, karta-sxemalar, chiziqli kartalar,
devoriy kartalar;
- chizmali sxematik qo’llanmalar. Ularga quyidagilar kiradi:
tarkibiy
sxemalar, masalan gidrosferaning tuzilishi, xalq xo’jaligini tuzilishi; sinflashtirish
sxemalari (tog’ jinslari, landshaftlar va h.k); tabiiy va iqtisodiy voqea va
hodisalarning o’zaro aloqalari va o’zaro ta’siri;
-chizmali statistik qo’llanmalar; chizmalar, diagrammalar, jadvallar.
Mazkur o’quv vositalari geografik voqea va hodisalarni fozoviy joylashishini
va ularning tuzilishi va mohiyati haqida tasavvurlarni shakllantiradi.
Tabiiy hodisalarni sodir bo’lish jarayonini ko’rsatish
va tahlil qilish uchun
zarur bo’lgan vositalarga quyidagilar kiradi:
- joyda o’lchash ishlari olib borish uchun zarur bo’lgan jihozlar (ruletka,
kompas, nivelir, teodolit);
- tabiiy hodisalarni miqdoriy va sifat ko’rsatgichlarini aniqlaydigan jihozlar
(termometr, barometr);
- kartometrik ishlarni olib borish uchun ishlatiladigan jihozlar (kurvaymetr,
lineyka, transportir va h.k.);
- Yerni sutkalik va yillik harakatini ko’rsatadigan jihozlar (telluriy).
Do'stlaringiz bilan baham: