157
ekinlari, sanoat korxonalari kiradi. Mazkur natural vositalar o’quv sayohatlari
davomida o’rganiladi. Tabiiy va ishlab chiqarish obyektlarini
tabiiy sharoitda
bevosita o’rganish yoki kuzatish boshqa o’quv vositalarini o’rganish uchun asos
bo’lib hisoblanadi (namunalar, gerbariylar va x.k.). Tabiiy sharoitni va jarayonlarni
kuzatish murakkab jarayon hisoblanadi. Kuzatish davomida o’quvchilarga ma’lum
vazifalar topshiriladi va ularni bajarilishini nazorat qilib turiladi va kuzatish
natijalari qiyoslab beriladi. O’quvchilar kuzatgan voqea va hodisalarini qayd qilib
borishlari lozim.
Mazkur kuzatish natijalaridan dars jarayonida foydalanish mumkin.
Tabiiy
holda voqea va hodisalarni kuzatish ko’nikmalari dars jarayonida mashq qilish va
rasmlarni kuzatish hamda statistik ekranli qo’llanmalarni kuzatish asosida
shakllantiriladi. Masalan, “Cho’l tabiati tasvirlari” dipozitivini ko’rsatayotib
o’qituvchi o’quvchilariga qo’yidagicha savol berishi mumkin “Cho’l relyef
shakllarini hosil bo’lishining sababi nimada? Cho’l
relyef shakllarining asosiy
belgilari nimadan iborat?”.
O’quv sayohatlari davomida georafik obyektlarni kuzatish juda murakkab
muammo hisoblanadi. Shuning uchun o’qituvchi avval tashkiliy ishlarni amalga
oshirmog’i lozim. Buning uchun o’quvchilarga o’quv
sayohatini maqsadi va
vazifalarini tushuntiradi, sinf ma’lum bir guruhlarga bo’ladi, har bir guruhga
topshiriq beriladi. Masalan, boshlang’ich tabiiy goeografiya (V cinf)
kursi
bo’yicha o’quv sayohatiga chiqqanda quyidagi topshiriqlarni ifodalash mumkin.
- geologik ochilmalarni tozalash va uni diqqat bilan ko’zdan kechirish;
- ochilmadagi qatlamlar sonini aniqlash. Qatlamlarni qalinligini o’lchash;
- qatlamlarni yotish holatini o’rganish va ularni sabablarini aniqlash;
- yotqiziqlar hosil bo’lishi qanday sharoitda sodir bo’lgan;
- relyefni o’zgarishiga qanday tashqi kuchlar ta’sir etadi;
- tashqi kuchlarni relyefga ta’siri nimalarda ifodalangan.
Mazkur topshiriqni bajarish o’quvchilardan o’ta kuzatuvchanlikni talab
qiladi.
Ular qatlamlarni chegaralarini, qatlamlarni joylanishidagi o’ziga xos
xususiyatlarni, qatlamlar tarkibidagi tog’ jinslarini o’lchamlarini aniqlashlari
lozim. Olib borilgan kuzatishlar natijasida o’quvchilar guruhi tog’ jinslarini hosil
bo’lishi, ularni to’planishi va yotishi haqida bilimlarni yaxshi o’zlashtirishlariga
imkon beradi.
O’quvchilarni natural obyektlarni kuzatishi o’qituvchilarning
bevosita
rahbarligida olib boriladi, ayrim hollarda kuzatish ishlarida o’qituvchilarni o’zi
ham qatnashadi.
Sinf sharoitida quyidagi natural obyektlarni kuzatish mumkin:
a) tog’ jinslari namunalari;
b) tuproq namunalari;
v) gerbariylar;
g) hayvonlarning qotirilgan tanalari (tulum va mulyaj);
d) sanoat va qishloq xo’jaligi mahsulotlari namunalari.
Do'stlaringiz bilan baham: