Тest
1 .
h =90 tenglik nimani bildiradi?
A. Quyos hning ufkdan balandligi
B . Quyos hning tropos feradan balandligi
C . Quyos hning yer yuzidan balandligi
D. Quyos hning atmos feradan balandligi
2.
Yer tezligi 29,8km/s ek bо‘ls a, 2 soatda
qancha mas ofani bos ib о‘tdi?
A. 214000 B . 314000
C . 414000 D. 514000
МУА ММОЛИ ВА ЗИЯТ
N ima sa ba bda n qut b
kunla ri v a qut b t unla ri ho sil
bo ’la di?
Simtom
Yerning s hars imonligini is botlovchi
qanday dalillarni bilas iz?
A MA LIY KO’ NIKMA
Yerning Quy osh at rofida
a y la nishining g eogra fik oqibqt larini
a y tib bering
152
uchun o’quv muassalarini axborotlashtirish uchun doimo axborot vositalarini
yangilab turish lozim. Buning uchun esa moddiy mablag’lar zarur.
Ta’lim soxasini axborotlashtirish natijasida qator atama va tushunchalar
vujudga keladi. Ammo maktablarda kompyuterlarni paydo bo’lishi bilan vujudga
kelgan tushuncha va atamalar bir tekisda va mazmunda emas. Bunda so’z
“Kompyuterlashtirish ” va “Axborotlashtirish” tushunchalari haqida boradi. Ba’zi
hollarda ikkala atamadan u yoki bunisi ishlatiladi.
“Kompyuterlashtirish” yoki “Axborotlashtirish” deganda umumta’lim
maktablarini, akademik leytsiy va kasb-hunar kollejlarini kompyuterlar bilan
ta’minlash hamda turli ma’lumotlarni o’zlashtirish va olish tushuniladi.
XX- asrning 80-yillaridan boshlab har bir maktabda kompyuter xonalari
tashkil qilina boshlandi. Kompyuter xonalarida 10 dan ortiq kompyuterlar bo’lgan,
ammo ularni sifati ya’ni ko’rsatgichlari past bo’lgan.
Ammo olib borilgan tadqiqot ishlari shuni ko’rsatadiki umumta’lim
maktablarini kompyuterlashtirish natijasida ta’lim-tarbiya jarayonida keskin
o’zgarishlar sodir bo’lmadi. Mazkur hol quyidagi xolatlarda nomoyon bo’lgan: a)
o’qitish va mustaqil o’quv faoliyatini texnologiyasini motivatsiyasi o’zgarmadi; b)
o’qituvchi faoliyatini motivatsiyasi o’zgarmadi; v) o’quv jarayonini boshqarish
texnologiyasi o’zgarmadi; g) bu yerda gap XX –asrning 80- yillaridagi ommaviy
maktablari haqida ketmoqda. Chuqurlashtirilgan maxsus maktablarda esa ta’lim
jarayonida katta o’zgarishlar sodir bo’lgan.
Bugungi kunda amaliy pedagogikada kompyuterlarni qo’llash bo’yicha
ustuvor yo’nalishlari shakllandi. Ular quyidagilarda namoyon bo’ldi:
- informatika va hisoblash texnikasi asoslarini o’rganish;
- ta’lim jarayonida axborot texnologiyalarini qo’llash;
- axborot texnologiyalari yordamida ta’lim muassalarini va mintaqaviy ta’lim
tizimlarini boshqarish. Bu esa axborot texnologiyalarini qo’llashni birinchi darajali
ishlar qatoriga qo’shishga imkon beradi. Ushbu sohada olingan samaralar
umumta’lim maktablarini kompyuterlashtirishga ketgan xarajatlarni qoplashi
mumkin.
Ta’lim jarayonini samaradorligini oshirishda yangi ta’lim texnologiyalari
katta ahamiyatga ega. Yangi ta’lim texnologiyalari quyidagilarga imkon beradi: a)
har bir maktab o’quvchisida o’zining shaxsiy ta’lim yo’nalishini rivojlantiradi; b)
o’quv jarayonini tubdan o’zgartirishga va uni tizimli tafakkurlash tomoniga
loyihalashga imkon beradi; v) o’quvchilarni bilish faoliyatini samarali tashkil
qilishga imkon beradi. Bunday yondoshshish kompyuterni bilish vositasiga
aylantiradi. Maktablarda kompyuterlarni o’rni qanday bo’lishi degan savol ta’limni
kompyuterlashtiishni
dastlabki
bosqichlaridayoq
qo’yilgan edi. Ammo
kompyuterlarni o’rganishdan undan foydalanishga o’tish juda qiyinchilik bilan
amalga oshirilmoqda. Ko’p hollarda geografiya va boshqa fanlardan ishlab
chiqilgan kompyuter texnologiyalari talabsiz qolib ketadi. Buning asosiy
sabablaridan biri ular odatiy darslarning davomi bo’lib qolishidir. Elektron
darsliklar ko’p hollarda darsliklarni bir nusxasiga (kopiyasiga) aylanib qolmoqda.
Shuning uchun ularga talab kamroq bo’lib qolmoqda. Ularni samaradorligi
tajribali o’qituvchi samaradorligidan yuqori bo’lmayapti.
153
Elektron darsliklarni yoki kompyuter texnologiyasidan foydalanishga
talabni kamayib borishining asosiy sabablaridan biri o’quvchilarni zamonaviy
ta’lim ta’lablari va zamonaviy tamoillar bilan shaxsga yo’naltirilgan yondoshish va
sinf-dars tizimida foydalanishga yo’naltirilgan dasturlarni bir biriga mos
kelmasligidir.
Kompyuterlarni yangi avlodini yaratish bilan yangi texnologiyalar ishlab
chiqiladi, shu bilan birga ta’lim texnologiyalari xam ishlab chiqiladi. Kompyuterda
matn, chizma, audio va video ma’lumotlarni birlashtirish o’quv ma’lumotlari
sifatini keskin oshirib yuboradi.
Kompyuterlar industriyasini rivojlangtirish pedagogik jarayonda inqilobiy
o’zgarishlarni keltirib chiqardi. Uning asosida esa o’quvchini individual faoliyatini
ta’minlaydigan texnologiyalarga o’tish yotadi. Bunday texnologiyalarga o’tish
dasturiy vositalarni yaratishi bilan bog’liq. Yaxlit kompyuterlashtirilgan predmetli
kurslarda odatiy dasturiy asosnomalarning ayrim qismlari saqlab qolinadi ular esa
maktab darsliklarini turli darajalarda qaytarishadi. Shuning uchun mazkur kurslar
quyidagilarga yo’naltirilgan bo’lmog’i lozim: a) ixcham (kompakt) predmetni
mavjud bo’lishi, u o’quvchilarni mustaqilligini yuqori darajada ta’minlashi lozim;
b) turli soxalarda bilimlarni yuqori darajadagi integratsiyasi mavjud bo’lgan
predmetlarni o’rganishda; v) maktablarda o’qituvchilarni qisman yoki to’la
kompyuterlar bilan almashtirish; g) sinf-dars tizimiga asoslanmagan
eksperemental
ta’limiy texnologiyalarni yaratish; d) o’quv jarayonida
kompyuterlardan foydalanishni yangi yondoshuvlarini ishlab chiqish; ye) shaxsga
yo’naltirilgan dasturiy asoslarni ishlab chiqish.
Ta’lim muassalarida kompyuterlardan samarali foydalanish qator tashkiliy
pedagogik izoxlanishlarni yechish bilan bog’liq. O’qituvchilarni kompyuterli
maktablarda ishlashga tayyorlash muhim muammo bo’lib xisoblanadi, kompyuter
texnologiyalarini maktablarda dastlabki davrlarda kam talab etilishi oliy ta’limda
ushbu
soxa
bo’yicha yetarli bilim berilmasligidir. Elektron pochta
imkoniyatlaridan foydalanishni dars va darsdan tashqari vaqtlarda jahon
kommunikatsion tarmog’idan foydalanish maxsus metodik tayyorgarlikni talab
qiladi. Maktablarni zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ta’minlash ham
dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Geografiya fani va geografiya ta’limida axborot texnologiyalaridan keng
qo’llanilmoqda. Geografmiya ta’limida axborot texnologiyalardan foydalanishni
quyidagi shart-sharoitlarini ta’kidlab o’tish lozim:
- geografiya o’qituvchisi axborot texnologiyalardan foydalanish ko’nikmasiga
ega bo’lishi shart;
- maktab o’quvchilari kompyuterlardan foydalanish ko’nikmasiga ega bo’lishi
shart;
- maktabda kompyuterlar sinfi bo’lishi shart.
Geografiya ta’limida axborot texnologiyalarni qo’llash quyidagi soxalarda
olib borilmoqda: elektron darsliklardan foydalanish; elektoron xaritalardan
foydalanish; internet imkoniyatlaridan foydalanish; videofil’mlardan foydalanish;
masofaviy o’qitish texnologiyalaridan foydalanish.
Hozirgi davrda juda ko’p darsliklarning elektron versiyalari yaratilmoqda.
Shu munosabat bilan o’quvchilar berilgan mavzuni elektron darslikdan topib uni
154
o’qituvchi yordamida yoki mustaqil o’rganishi mumkin. Darsni o’qituvchi
boshqarib turish mumkin. Bunda o’qituvchi matnni o’rganishda izoxlar berib
boradi. Matndagi chizmalar, rasmlar, xaritalar, jadvallar aloxida tushuntiriladi.
Darsni oxirida o’qituvchi kompyuter orqali o’quvchilarga savollar berishi mumkin.
O’quvchilar esa kompyuter orqali javob berishadi. Ularning bergan javoblari
o’qituvchi tomonidan baholanadi.
Geografiya ta’limida xaritalar asosiy o’quv vositasitalaridan biri bo’lib
hisoblanadi. Shuning uchun xaritalar bilan mustaqil ish bajarayotganida elektron
xaritalardan foydalanish mumkin. Elektron xaritalar orqali quyidagi ishlarni
bajarishi mumkin:
- elektron xarita orqali tabiiy geografik va iqtisodiy geografik tavsiflar tuzish.
Masalan, iqlim xaritalaridan foydalanib ma’lum bir materik yoki hudud iqlimi
tavsifini tuzish yoki bo’lmasa iqtisodiy geografik xaritalardan foydalanib ayrim
mamlakatlar yoki hududlarga iqtisodiy ta’rif berish va h.k;
- internet imkoniyatlaridan foydalanib geografiyaning turli soxalari bo’yicha
yangi-yangi ma’lumotlar olish mumkin. Masalan, kundalik iqlim haqida,
mamlakatlar haqida, aholi haqida, xo’jaligi va geosiyosiy sharoit haqida va h.k;
- geografiya ta’limida videofil’mlar juda katta axamiyaitga ega. vidio fil’mlardan
quyidagi soxalar bo’yicha foydalanish mumkin: a) boshlang’ich tabiiy geografiya
kursida; b) materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida; v) O’rta Osiyo va
O’zbekiston tabiiy geografiyasini o’rganishda; g) O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy
geografiyani o’rganishda; d) jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi kursini
o’rganishda; ye) fakulьtativ mashg’ulotlarda; j) geografik to’garaklarda va h.k.;
- masofaviy o’qitish geografiya ta’limida endi rivojlanib kelmoqda. Masofaviy
o’qitish usulidan malaka oshirish kurslarida keng foydalanish mumkin.
Axborot
texnologiyalardan
foydalanish
geografiya
ta’limida katta
imkoniyatlarga
ega.
Geografiya
ta’limini axborotlashtirishni to’xtovsiz
takomillshtirib bormoq zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |