158
O’quv vositalarini mazkur guruhi ikkiga bo’linadi: hajmli o’quv vositalari va
geografik voqea va xodisalarni tasviri. Ushbu ikki guruh geografik obyekt voqea
va hodisalarni tasvirlaydi.
Hajmli o’qitish vositalari bilan ishlash texnologiyasi
. Geografiya
darslarida hajmli o’qitish vositalaridan ham foydalaniladi. Ularga modellar va
maketlar kiradi. Modellar geografik voqea va xodisalarni hamda obyektlarni uch
o’qli (hajmiy) tasviri xisoblanadi. Ular ma’lum bir masshtabda kichraytirilgan
bo’ladi yoki o’z o’lchamida tasvirlanadi. Ammo hajmli modellarda xatoliklarga
ham yo’l qo’yiladi.
Qurilishiga ko’ra modellar quyidagi turlarga bo’linadi: bo’linmaydigan,
bo’linadigan, kesmali, ochilmali, statistik va faoliyatdagi.
Geografiya darslarida Yer sharining modeli ko’proq ishlatiladi. Barcha
voqea va ho disalarni modellarini o’quv maqsadlarida yasash maqsadga muvofiq
emas. Masalan, vulkanni, geyzelarni, tog’larni, tsunami, sel, toranodolarni sodir
bo’lishi modelini qurish maqsadga muvofiq emas. Chunki ular tabiiy
jarayonlarning sodir bo’lishini aniq tasvirlay olmaydi. Ammo harakatdagi artezian
qudug’ini modelini yasab o’quv jarayonida bemalol ishlatish mumkin. Dars
jarayonida termometr, barometr, flyunger, kompas va boshqa asboblarni
modellaridan ham foydalanish mumkin. Modellar yordam o’quvchilar ularni
tuzilishini va ishlashini tesh o’rganib olishadi. Modellar yordamida kanallar,
to’g’onlar va suv omborlari tuzilishi va ishlashini ham ko’rsatish mumkin.
Geografiya ta’limida maketlar ham keng qo’llaniladi. Maketlar geografik
obyektlar, voqea va hodisalarning soddalashtirilgan nusxasi hisoblanadi. Ular
tabiiy geografik hamda iqtisodiy va ijtimoiy geografik maketlarga bo’linadi.
Tabiiy gegrafik maketlarga landshaftlar, relyef, daryo vodiysi, tog’lar,
chuqqilar, g’orlar maketlari kiradi.
Yer yuzasi shakllarini o’rganishda relyef shakllari maketlari juda katta
ahamiyatga ega. Relyef bo’yicha bilimlarni o’quvchilarni o’zlashtirishi juda qiyin
kechadi, chunki relyef uchta o’lchamli hisoblanadi. Shuning uchun relyefni
o’rganishda dalada olib borilgan kuzatishlar katta ahamiyatga ega. Joyda relyefni
shakllanishini ko’ribgina qolmasdan balki o’rganilayotgan obyekt bevosita
o’rganiladi, o’lchamlari aniqlanadi, har tomonlama o’rganiladi va aniq tasavvurlar
hosil bo’ladi. Relyef haqidagi bilimlarni o’zlashtirishni oson yo’llaridan biri
geografiya maydonida ularning shakllarini maketlarini yasashdir.
Maketlardan foydalanib dars o’tganda o’qituvchi maketni hamma tomonini
ko’rsatishi lozim, shundagina mazkur maketda tasvirlangan geografik obyekt yoki
voqea va xodisalar haqida o’quvchilar ongida to’la va aniq tasavvurlar hosil
bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: