Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti,, N. R. Alimqulov, N. B. Sultanova



Download 3,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/188
Sana06.07.2022
Hajmi3,01 Mb.
#749191
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   188
Bog'liq
fayl 770 20210505

Tayanch so’z va iboralar: 
Pedagogik texnologiya, alternativ texnologiya, 
tabaqalashtirilgan o’qitish, modulli ta’lim, hamkorlikda o’qitish, didaktik o’yin, 
test, kichik guruh, usul, interfaol metodlar, kompyuter texnologiyasi. 
 
TALABALARNING O’ZLASHTIRGAN BILIMLARINI NAZORAT QILISH UCHUN 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
1. Yangi pedagogik texnologiyalarni vujudga kelish sabablarini tushuntirib bering. 
2. Yangi pedagogika texnologiya deganda nimani tushunasiz? 
3. Dastlab yangi pedagogik texnologiyalar qaysi davlatda va kimlar tomonidan 
ishlab chiqildi? 
4. Rossiyada yangi pedagogik texnologiyalar qachondan boshlab tarqala boshladi? 
5. O’zbekistonda yangi pedagogik texnologiyalar qachondan boshlab qo’llanila 
boshladi va bu sohada kimlar katta ishlarni amalga oshirishdi? 
6. Geografiya ta’limida yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash va ishlab 
chiqish bo’yicha kimlar ish olib borishgan? 
7. Hozirgi payda geografiyada yangi pedagogik texnologiyalarni qaysi turlari keng 
qo’llanilmoqda. 


155 
8. Geografiya ta’limida yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llashning asosiy 
bosqichlari nimalardan iborat? 
9. Geografiya ta’limi maqsadlari taksonomiyasining asosiy ko’rsatgichlari
nimalardan iborat? 
10. Test yordamida bilim va malakalarni tekshirish nimalarni o’z ichiga oladi? 
11. Didaktik o’yinlarni qanday turlarini bilasiz? 
12. Modul deb nimaga aytiladi? 
13. Hamkorlikda o’qitish texnologiyalari qanday turlarga bo’linadi? 
14. Interfaol metodlarning turlariga dars ishlanmasi tuzing.
 
 
XV BOB. GEOGRAFIYANI O’QITISH VOSITALARI 
 
15. 1. O’quv ko’rgazmali qurollar, asbob va jihozlar 
 
O’qitish vositalari- bu bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish 
maqsadida o’quv jarayonini tarkibiga kiritilgan turli xil bilim manbalaridir. 
O’quv dasturi bo’yicha o’quvchilar o’zlashtirishi lozim bo’lgan o’quv 
materiali turli manbalardan olinadi. Ushbu bilimlar o’quvchilar tomonidan qabul 
qilinishi va o’zlashtirishi uchun aniq bir pedagogik va metodik sharoitlar bo’lmog’i 
lozim. Mazkur maqsadni amalga oshirish uchun o’qituvchi o’quvchilarni bilish 
faoliyatini tashkil qilmog’i lozim. O’quvchilar bilim faoliyatini tashkil qilishga 
quyidagilar kiradi: 
- eshittirish; 
- eshitgan geografik ma’lumotlarni belgilash; 
- eshitgan geografik ma’lumotlarni eslab qolish; 
- nashriy manbalardan ma’lumotlarni qabul qilish; 
- kuzatish va h.k. 
Umumta’lim maktablarida ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirish 
mqsadida, o’quv jarayoni tarbiyaviy vazifalarini yechish maqsadida o’quv jarayoni 
tarkibiga kiritilgan bilim manbalari o’qitish yoki o’quv vositalariga aylanadi. 
Masalan, tog’ jinslari ochilmasi o’quvchilar tomonidan o’rganilgan taqdirdagina 
o’qitish vositalariga aylanadi. 
O’qitish 
vositalari 
tabiat 
va 
jamiyat 
haqidagi 
ilmiy 
bilimlarni 
shakillantirishda katta ahamiyatga ega. O’qitish vositalarining asosiy vazifasi bilim 
olish jarayonida ko’rgazmalilikni ta’minlashdir. 
Geografik voqea va hodisalarni tasvirlash usuliga ko’ra o’qitish vositalari to’rt 
turga bo’linadi (I.S. Matrusov, L.M. Pancheshnikova):
a) natural obyektlar; b) geografik borliq, voqea va hodisalarni tasvirlash; v) 
predmet va hodisalarni belgilar bilan tasvirlash; g) tabiat xodisalarini hosil 
bo’lishini ko’rsatish va tahlil qilish uchun jihozlar. 
Natural, ya’ni tabiiy obyektlarga quyidagilar kiradi: 
- sinf sharoitida o’rganiladigan tabiat obyektlari va inson xo’jalik faoliyati 
predmetlari (namunalar, gerbariylar, sanoat va qishloq xo’jaligi mahsulotlari 
namunalari); 


156 
- bevosita o’quv sayohati jarayonida o’rganiladigan tabiiy obyektlar va 
xo’jalik faoliyati mahsulotlari: bevosita tabiiy sharoitda o’rganiladigan obyektlarga 
geografik ochilmalar, daryolar, soylar, ko’llar, tuproqlar, o’simliklar va hayvonot 
dunyosi kiradi. Xo’jalik faoliyati mahsulotlariga ekinzorlar, polizlar, bog’lar, 
uzumzorlar va boshqalar kiradi; 
Natural o’quv vositalari yordamida o’rganilayotgan predmet va hodisalar 
haqida bevosita tasavvurlar hosil qilinadi. 
Geografik voqea va hodisalarning tasviri quyidagi guruhlarga bo’linadi: 
- tabiiy va xo’jalik obyektlarining modellari. Ularga relyef shakillari, daryo 
vodiylari, botiqlar, tekisliklar, muzliklar, g’orlar, suv omborlari va boshqa xo’jalik 
obyektlarining modellari kiradi; 
- yassi ko’rgazmali qo’llanmalar. Mazkur vositalarga qo’yidagilar kiradi: 
devoriy rasmlar, portretlar, diapozitivlar, diafil’mlar, kinofi’lmlar, kinolavhalar, 
vidiotasmalar va h.k. 
Shartli belgilar yordamida geografik predmet va hodisalarni bayoni va tasviri 
(so’zli, belgili, sonli). Mazkur vositalar quyidagi guruhlarga bo’linadi: 
- verbal vositalar. Darsliklar, ma’lumotnomalar, matndagi jadvallar; 
- kartografik vositalar: kartalar, atamalar, karta-sxemalar, chiziqli kartalar, 
devoriy kartalar; 
- chizmali sxematik qo’llanmalar. Ularga quyidagilar kiradi: tarkibiy 
sxemalar, masalan gidrosferaning tuzilishi, xalq xo’jaligini tuzilishi; sinflashtirish 
sxemalari (tog’ jinslari, landshaftlar va h.k); tabiiy va iqtisodiy voqea va
hodisalarning o’zaro aloqalari va o’zaro ta’siri; 
-chizmali statistik qo’llanmalar; chizmalar, diagrammalar, jadvallar. 
Mazkur o’quv vositalari geografik voqea va hodisalarni fozoviy joylashishini 
va ularning tuzilishi va mohiyati haqida tasavvurlarni shakllantiradi. 
Tabiiy hodisalarni sodir bo’lish jarayonini ko’rsatish va tahlil qilish uchun 
zarur bo’lgan vositalarga quyidagilar kiradi: 
- joyda o’lchash ishlari olib borish uchun zarur bo’lgan jihozlar (ruletka, 
kompas, nivelir, teodolit); 
- tabiiy hodisalarni miqdoriy va sifat ko’rsatgichlarini aniqlaydigan jihozlar 
(termometr, barometr); 
- kartometrik ishlarni olib borish uchun ishlatiladigan jihozlar (kurvaymetr, 
lineyka, transportir va h.k.); 
- Yerni sutkalik va yillik harakatini ko’rsatadigan jihozlar (telluriy). 

Download 3,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish