15.3.2. Darslik bilan ishlash texnologiyasi
Darslik bilan ishlash geografiya ta’limida muntazam olib boriladi. Darslik
bilan ishlash texnologiyasi qo’yidagi qismlardan iborat: darslik bilan tanishish va u
bilan ishlash qoidalarini o’rgatish; darslik matni bilan ishlash; darslikdagi haritalar
bilan ishlash; matndagi chizmalar bilan ishlash; matndagi rasmlar bilan ishlash;
matndagi jadvallar bilan ishlash; darslik ilovalari bilan ishlash; darslik bilan
ishlashni tashkil qilish; har bir sinf darsligi bilan ishlashni o’ziga xos xususiyatlari.
O’quv yilini boshida o’qituvchi o’quvchilarni darslik bilan tanishtiradi.
Darslik bilan tanishtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Dastlab darslikni nomi,
mualliflari, qaysi nashriyotda va qachon chop etilganini o’quvchilarga tushuntiradi.
Shundan so’ng darslikning tarkibiy tuzulishi ochib beriladi (kirish, necha qism,
necha bob, ilovaning bor yo’qligi). Masalan, 7-sinf darsligini oladigan bo’lsak,
darslik O’rta Osiyo va O’zbekiston tabiiy geografiyasi deb nomlanadi, darslikni
mualliflari P.G’ulomov, X.Vaxobov, P.Baratov. M.Mamatqulov hisoblanadi, darslik
“O’qituvchi” nashriyotida 2017 yil chop etilgan. Darslik kirish, ikkita bo’lim, 9
qism va ilovadan iborat. Darslikning birinchi bo’limi O’rta Osiyo tabiiy
geografiyasiga bag’ishlangan, ikkinchi bo’limi esa O’zbekiston tabiiy geografiyasi
bayoniga bag’ishlangan. Darslikning ilova qismi 7 ta jadvaldan iborat (tog’
cho’qqilari, chuqur botiqlari, yirik daryolar, ko’llar, suv omborlar, qo’riqxonalar).
Darslikning umumiy hajmi 174 bet. Darslikdagi 59 ta rasm berilgan. Rasmlar
haritalardan, diagrammalardan, chizmalardan iborat.
Shundan so’ng darslikdan foydalanish qoidalari tushuntiriladi (toza tutish,
darslik sahifalariga turli xil so’zlarni yozmaslik, buzmaslik, yirtmaslik va h.k)
Darslikning matni bilan ishlash.
Darslikni matni bilan ishlash quyidagi
qismlardan iborat: izohli o’qish, matni asosida reja tuzish, matnni ma’lum bir
qismini o’qib so’ngra so’zlab berish.
Izohli o’qish o’qituvchi yoki o’quvchi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Bunda matn qismlarga bo’linib o’qiladi so’ng o’qilgan matnga izoh beriladi.
Masalan, 7-sinf darsligining birinchi bo’lim 14-§ dan quyidagi jumlani keltirishimiz
mumkin: “Tekisliklar O’rta Osiyoning markaziy, g’arbiy va Shimoliy qismlarida
joylashgan. O’rta Osiyoning anchagina qismini Turon tekisligi egallagan. Bu
tekislikda O’rta Osiyoning yirik cho’llari – Qoraqum va Qizilqum joylashgan” (41
bet). Mazkur jumlani o’qigandan so’ng o’qituvchi unga izox beradi. Izox berganda
tekisliklar, ularning turlari, kelib chiqishi haqida so’zlab, O’rta Osiyodagi eng yirik
bo’lgan Turon tekisligini haritadan ko’rsatib, uning asosiy xususiyatlarini gapirib
beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |