Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti,, N. R. Alimqulov, N. B. Sultanova



Download 3,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/188
Sana06.07.2022
Hajmi3,01 Mb.
#749191
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   188
Bog'liq
fayl 770 20210505

Uyga vazifa berish.
Darsning yakunida uyga vazifa beriladi. Uyga vazifa 
mavzusi sinf taxtasiga yozib qo’yiladi. SHundan so’ng uni bajarish bo’yicha 
o’qituvchi o’quvchilarga ko’rsatmalar beradi. 


178 
Uyga vazifa ko’p hollarda darsning oxirida beriladi. Bunda o’quvchilar uy 
vazifasini maqsadi va moxiyatini tushunib yetishmaydi. Ko’p xollarda o’qituvchi 
xam uy vazifasini berib ham , tushuntirib xam ulgurmaydi. SHuning uchun uyga 
vazifa darsning boshida, yangi mavzuni o’tib bo’lgandan so’ng berilsa uni qanday 
bajarishni o’quvchilarga to’laroq tushuntirib berish mumkin. 
Uyga berilgan vazifani tushuntirganda uni o’ziga xos xususiyatlarini xisobga 
olmoq zarurdir. Matin bo’yicha beriladigan vazifalarni xaritalar, jadvallar va 
chizmalar bo’yicha beriladigan topshiriqlarni aloxida tushuntirish lozim. 
16.3. Geografiya darslarining tiplari 
 
Geografiya darslari ta’lmni tashkil qilishning eng asosiy turlardan xisoblanadi. 
Geografiya darslari didaktik maqsadlarga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi: kirish 
darsi; yangi mavzuni o’rganish darsi; aralash dars; ma’ruza darsi; takrarlash darsi. 
16.3.1. Kirish darsi 
 
Kirish darsi umumta’lim maktablarida geografiya predmetlarini va yirik 
mavzularni o’rganishda yo’llanma vazifasini o’taydi. 
Kirish darsining asosiy maqsadi ma’lum bir kurs va mavzu bo’yicha bilim va 
ko’nikmalar berishdir. Kirish darsi quyidagi qismlardan iborat: o’quv yilini boshida 
o’tkaziladigan kirish darslari; yirik mavzularni o’rganishdan olidin tashkil 
qilinadigan kirish darslari; chorak boshlanishida o’tkaziladigan kirish darslari. 
O’quv yilining boshida birinchi darsda o’qituvchi quyidagi ishlarni bajaradi: 
- darslik va uning mualliflari bilan tanishtirish; 
- darslikni tuzilishi bilan tanishtirish (qismlar, boblar, ilovalar, rasmlar, jadvallar); 
- darslikdan foydalanish tartibi bilan tanishtirish. Toza tutish yirtmaslik, chizmaslik, 
yozmaslik va h.k. 
Yirik bo’limlarni o’rganishda ham kirish darslaridan foydalanish mumkin. 
“Boshlang’ich tabiiy geografiya” (5-sinf) kursida Yer qobiqlari bo’limini 
o’rganishdan oldin kirish darsi o’tkazish mumkin. Unda quyidagii xolatlarga e’tibor 
bermoq lozim: 
- geografik qobiqni qatlamsimon bo’lib tuzilganligi, ya’ni litosfera, gidrosfera, 
atmosfera va biosferalardan iborat ekanligi; 
- har bir qobiq alohida moddalardan tuzilganligi, ya’ni litosfera qattiq moddalardan, 
gidrosfera suyuq modalardan (suv), atmosfera gazsimon moddalardan, biosfera esa 
tirik moddalardan iborat ekanligi haqida bilimlar shakllantiriladi. Shundan so’ng 
o’quvchilar ongida Yer qobiqlari haqida tushunchalar shakllanadi va umumiy 
tasavvurlar xosil bo’ladi. 
Iqtisodiy geografiya darslarida ham xuddi shunday kirish darslarini tashkil 
qilish mumkin. Masalan, “Jahon iqtisodiy va ijtimoiy georafiyasi” kursida jahon 
xo’jaligini o’tishdan oldin kirish darsi o’tkazish mumkin: unda quyidagi holatlarga 
o’quvchilar diqqati qaratiladi: 
- jahon xo’jaligi haqida tushuncha beriladi; 
- jahon xo’jaligining tarkibiy qismlari chizib ko’rsatiladi. 


179 
- shundan so’ng sonoat, qishloq xo’jaligi. Transport va xalqaro iqtisodiy 
aloqalarni tuzilishi alohida tushuntriladi. Masalan, transport tarmog’i quyidagi 
qismlarga bo’linadi: quruqlik, suv, havo, quvur, elektron. 
Bundan tashqri kirish darslarida quyidagi maqsadlar ham amalga oshiriladi; 
bo’lajak o’quv ishlari uchun o’quvchilar pisixalogik jihatdan tayyorlanadi; 
o’quvchilarga geografiya fani va geografik bilimlariga nisbatan qiziqish uyg’otiladi. 
Kirish darsida bitta mavzu o’rganilganligi uchun unda darsni barcha 
elementlari mavjud emas. Unda tashkiliy qism, yangi bilimlarni o’rganish, ayrim 
xollarda vaqt yetarli bo’lsa bilimlarni mustahkamlash va uyga vazifa berish amalga 
oshiriladi. Ko’p hollarda kirish darsida asosan yangi material o’tiladi, uyga vazifa 
berilmasligi ham mumkin. 

Download 3,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish