Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti,, N. R. Alimqulov, N. B. Sultanova


Geografik ko’nikmalarni shakllantirish darsi



Download 3,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/188
Sana06.07.2022
Hajmi3,01 Mb.
#749191
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   188
Bog'liq
fayl 770 20210505

16.3.4.Geografik ko’nikmalarni shakllantirish darsi. 
 
Mazkur darsning asosiy vazifasi geografiya predmetlari uchun xos bo’lgan 
ko’nikmalarni shakllantirishdir. Mazkur ko’nikmalar nazariy bilimlarni 
o’zlashtirishga, mustahkamlashga va amalda qo’llashga imkon beradi. Ko’p
xollarda mazkur darslarni bilimlarni mustahkamlash va geografik ko’nikmalarni 
shallantirish darsi ham deb ataladi. O’qitishni sifatini oshirishdagi vazifalarni 
kuyilishi va yechilishi munosabati bilan hamda o’quvchilarni amaliy faoliyatga 
bo’lgan e’tiborni ortishi bilan mazkur darslar turini ahamiti yanada ortadi. Bunday 
darslarda o’quvchilar faoliyatini asosiy shakli bo’lib amaliy ishlarni bajarish 
hisoblanadi. Mazkur amaliy ishlarni bajarish davomida o’quvchilarda geografik 
ko’nikmalar shakllanadi. 
Ushbu darslarda o’quvchilarni nazariy va amaliy faoliyati bir-biri bilan 
chambarchas bog’langan. Shuning uchun geografik ko’nikmalarning katta qismi 
yangi bilimlarni olish jarayonida shakllatiriladi. Ayrim amaliy ishlar mazkur 
darslarda bajariladi, masalan, geografik koordinatalarni aniqlash, masshtab turlarni 
bilan ishlash, Turon tekisligi bo’ylab o’tkazilgan tabiiy geografik kesmani tahlil 
qilish (VII sinf). Ayrim amaliy ishlarni yangi mavzuni o’rganib bo’lgandan keyin 
bajarish mumkin. Bunda olingan bilim va ko’nikmalar mustahkamlanadi. Masalan, 
o’quvchilarni iqtisodiy diagrammalar bilan ishlash ko’nikmalarini darsni 
mustahkamlash bosqichida olib borish mumkin. Amaliy mashg’ulotlarni uyga 
vazifani tekshirish jarayonida ham o’tkazish mumkin. Bunda o’quvchilar ma’lum bir 
qolip asosida ishlashadi. Ya’ni ma’lum bir qolip asosida daryoga , dengizga yoki 
ko’llarga ta’rif berish, ayrim davlatlarni iqtisodiy geografik ta’rifini tuzish va h.k. 
Amaliy ishlar ikki turga bo’linadi: o’qitadigan (o’rgatadigan) ; yakuniy. 
O’rganadigan (mashq qildiradigan) amaliy ishlarning maqsadi o’quvchilarni 
ma’lum bir geografik topshiriqni bajarishga o’rgatishdir. Masalan, geografik 
kordinatalarni aniqlash, haritada masofani masshtab orqali aniqlash; daryo suv 
sarfini hisoblash; hududni tabiiy geografik tavsifini tuzish; demografik 
ko’rsatgichlarni xisoblash; iqtisodiy geografik tavsiflarni tuzish. Demak, 
o’rgantuvchi amaliy ishlarda turli ko’nikmalar shakllantiriladi, tegishli bilimlar 
mustahkamlanadi. 


182 
Qator o’rgatuvchi amaliy ishlardan so’ng yakuniy amaliy ish o’tkaziladi. 
Uning maqsadi olingan bilim va shakllantirilgan ko’nikmalarni o’zlashtirish 
darajasini tekshirishdir. Masalan, Chirchiq Oxangaron o’lkasini tabiiy geografik 
tavsifini tuzilishi ko’nikmalari shakllantrilgandan so’ng O’zbekistonnni boshqa 
tabiiy geografik o’lkalarini o’quvchilar amaliy mashg’ulot darslarida mustaqil 
o’rganishlari mumkin. Buning uchun o’quvchi tabiiy geografik o’lkalarni o’rganish 
texnologiyasini modul tizimini ishlab chiqishi mumkin. (4 -rasm). 
Har bir tabiiy geografik rayon uchta quyidagi modullarga bo’linadi: tabiiy 
geografik rayonni geografik joylashishi va chegaralari; yer yuzasini tuzilishi, 
geoglogik sharoiti va foydali qazilmalari; ichki suvlari, tuprog’i o’simligi va 
hayvonot dunyosi. Mazkur modullar yanada mayda modullarga bo’linadi. Masalan, 
ikkinchi modulni quyidagi modulchalarga bo’lishimiz mumkin: rayonning relefi; 
rayonning geologik tuzilishi; rayonning foydali qazilmalari. O’quvchilar bilim va 
ko’nikmalarni yaxshi o’zlashtirishlari uchun mazkur modullarni yanada maydaroq 
qismlarga bo’lish mumkin. Masalan, foydali qazilmalar modulini quyidagi qismlarga 
bo’lish mumkin: yoqilg’i energitika foydali qazilmalari; metalli foydali qazilmalar; 
nometall 
foydali 
qazilmalar.


183 

Download 3,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish