16.4.2. Iqtisodiy geografik o’quv ekskursiyalari Iqtisodiy va ijtimoiy geografik o’quv ekskursiyalari yuqori sinflarda
o’tkaziladi va o’quvchilarni iqtisodiy bilim va ko’nikmalarni mustaxkamlaydi va
bir vaqtni o’zida iqtisodiy geografik tadqiqotlar olib borish usullarini egallashadi.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya bo’yicha o’quv ekskursiyalari xam ikki
guruxga bo’linadi: umumiy iqtisodiy geografik o’quv ekskursiyalari; maxsus
iqtisodiy o’quv ekskursiyalari.
Umumiy iqtisodiy va ijtimoiy geografik o’quv ekskursiyalari. Umumiy
iqtisodiy va ijtimoiy geografik o’quv ekskursiyalari o’quv yilining oxirida ma’lum
bir predmet to’la o’rganilib bo’lingandan so’ng olingan bilim va ko’nikmalarni
mustaxkamlash uchun o’tkaziladi.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografik o’quv ekskursiyalari quyidagi tartibda
o’tkaziladi.
O’quv
ekskursiyalariga
tayyorgarlik
davrida
o’qituvchi ekskursiya
o’tkaziladigan joyni tanlaydi, mazkur joy iqtisodiy geografik sharoiti xaqida
ma’lumotlarni to’playdi. O’quv ekskursiyai rejasi ishlab chiqladi.
O’quv ekskursiyaini o’tkazish. O’quv ekskursiyai o’tkaziladigan kun
belgilangan vaqtda o’quvchilar yig’ilishganda o’qituvchi yana bir marta suxbat
o’tkazadi. O’quv ekskursiyaining maqsadi, vazifalari, obyekti va ekskursiya
davomida o’quvchilar amal qilishi lozim bo’lgan qoidalar tushuntiriladi. SHundan
so’ng o’quv ekskursiyai boshlanadi.
Ma’lum bir joyning ijtimoiy geografik sharoitini o’rganish quyidagi tartibda
olib boriladi.
Obyektni iqtisodiy geografik o’rnini aniqlash. Iqtisodiy geografik obyektlarni
geografik o’rnini asosiy davlat axamiyatiga ega bo’lgan avtomobilь, xavo va temir
yo’llarga nisbatan, tuman, viloyat va markazlarni xamda poytaxtga nisbatan, yirik
daryolar va dengizlarga nisbatan joylanishi.
So’ngra joyning ya’ni obyektning tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari o’rganiladi.
Tabiiy resurslarni o’rganishda ularni quyidagi guruxlarga bo’lib o’rganish
maqsadga muofiqdir: yer resurslari, suv resurlslari, mineral resurslar, tuproq
resurslari, bioligik resurslar, rekratsion resurslar.
Aholi va mehnat resurslari quyidagi tartibda o’rganiladi: qishloq yoki maktab
joylashgan joy axolisining joylashishi, ularning kasbi, statistik ma’lumotlar
asosida axolining boshqa ko’rsatgichlari xam aniqlanadi. Obyektning xo’jaligi
o’rganiladi. Bunda sanoatning asosiy tarmoqlari, dexqonchilik va chorvachilikning
qaysi tarmog’i yaxshi rivojlanganligi aniqlanadi va aynan shu tarmoqqa ko’proq
e’tibor beriladi.
Agar qishloq yoki maktab joylashgan joydan davlat yoki viloyat axamiyatiga
ega bo’lsa ular xaqida ma’lumotlar aniqlanadi. Bunday yo’llar mavjud bo’lmagan
tadqiqotlarda qishloqdagi yoki shahardagi yo’llarni o’rnini tavsifi beriladi.