Geografik bilimlarni hayot bilan bog’lash geografiya darslariga
qo’yiladimgan asosiy talablardan biri bo’lib xisoblanadi. Geografiya predmetlarida
beriladigan bilimlarning deyarli barchasi xayot bilan bog’langan. Atrof muxitni
muhofaza qilish, siyosiy iqtisodiy soxa bo’yicha davlat qarorlari geografik bilimlarni
xyotga bog’lash uchun asos bo’lib xisoblanadi.
Masalan, atmosfera mavzusini o’tishda atmosfera xavosini muxofaza qilish va
qo’riqlash bo’yicha davlat qarorlariga suyanmoq lozim. O’zbekiston iqtisodiy va
ijtimoiy geografiyasini o’rganishda mamlakatimiz prezidenti asarlari, davlat
qarorlariga asoslanmoq zarur. Mazkur materiallardan dars jarayonida foydalanish
uchun mavzu mazmuniga mos bo’lgan ma’lumotlarni topmoq lozim. SHundagina
o’quvchilar olgan bilim va ko’nikmalarni hayot bilan bog’lay oladi.
Darsni kasbga yo’naltirilganligi. Geografik bilim va ko’nikmalarni egallash
jarayonida o’quvchilar juda ko’p kasblar bilan tanishadi. Masalan, “Boshlang’ich
tabiiy geografiya” kursida “plan va xarita” mavzusi o’tilganida geodezis va
topograflar kasbi haqida, litosferani o’rganishda geologlar kasbi haqida, gidrosferani
o’rganishda gidrolog kasbi, iqtisodiy geografiya darslarida iqtisodchi va boshqa
kasblar haqida bilimlar va ma’lumotlar beriladi. Bundan tashqari har bir materikni
tekirilish tarixini o’rganganda sayyohlar va olimlar haqida ham ma’lumotlar beriladi.
Olimlar kasbi haqidagi ma’lumotlar turli xil qonun va qonuniyatlarni ochgan
olimlarini hayoti va faoliyatini o’rganishda berib boriladi.
Dars tuzilishini aniqlash xam asosiy talablardan biri bo’lib hisoblanadi. Dars
tuzilishini aniqlashga quyidagilar kiradi: a) darsni turini tanlash. O’quv materialini
mazmuniga ko’ra ma’lum bir dars turi tanlanadi. Quyi sinflarda ko’proq aralash dars
turiga e’tibor beriladi, ya’ni o’tgan darsni takrorlash, yangi darsni o’qitish,
o’rganilgan darsni mustaxkamlash va uyga vazifa berish; darsning alohida qismlarini
asoslash va ular orasidagi bog’liqliklarni bo’rttirib ko’rsatish; Masalan,
“Boshlang’ich tabiiy geografiya” kursida “Masshtab” mavzusini o’rganganda uni
quyidagi qismlarga bo’lish mumkin: masshtab xaqidagi umumiy tushuncha, sonli
masshtab; chiziqli masshtab; so’zli masshtab; masshtab bilan ishlash. Darsning
tuzilishi uning ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlari bilan xamda ulardan oldingi va
keyingi darslar bilan bog’liqligi bilan aniqlanadi.