Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti arxeologiyadan izohli lug



Download 250,44 Kb.
bet4/51
Sana28.01.2022
Hajmi250,44 Kb.
#414871
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Bog'liq
Arxeologiyadan izohli lugʻat

Amirobod madaniyati – Amudaryo quyi havzasining chap sohilida Oqchadaryo o‘zani bo‘ylarida mil. avv. X–VIII asrlarda shakllangan madaniyat. U bronza davriga oid Suyorgan va Tozabog‘yob madaniyati aholisining qorishuvi natijasida vujudga kelgan. Amirobodliklar chorvachilik, qair dehqonchiligi va metallga ishlov berish hunarmandchiligi bilan shug‘ullanganlar. Qishloqlari yarim yerto‘la va chaylalardan iborat bo‘lib, kanallarning bo‘ylarida joylashgan. Eski o‘zan yoki kichik irmoqlardan chiqarilgan keng va sayoz kanallar orqali dalaga suv olib borilgan. Bunday kanallar tez loyqalangan. Kanal va ariqlar bir necha marta tozalangach, qirg‘oqlari baland bo‘lib ketgan va uni yana qayta tozalashdan ko‘ra yangi ariq qazish kam mehnat talab qilgan. Shuning uchun eski ariq yonidan yangi ariqlar qazishgan. Shu sabab bir joyda muqim yashamaganlar. Soqani suv olib ketishi yoki ariqlarning loyqa bilan to‘lishi bilan boshqa joyga ko‘chib, yangi tarmoq qurishgan. Amirobodliklar tabiiy suv irmoqlarini dalalarga yo‘naltirish jarayonida kanallar uzaygan, kengaygan va tarmoqlangan. S.P.Tolstovning yozishicha, mil. avv. VIII asr oxiridan boshlab, kengligi 40 metrga yetadigan yirik sun’iy kanallar bunyod etila boshlangan.
Amirobodliklarning Yakka Parson 2 makoni tadqiq qilingan. Bu yerdagi yarim yerto‘ladan 4ta toshdan ishlangan bronza quyish qolipi va mis qorishmasi tomchilari saqlanib qolgan tigel bo‘laklari topilgan. Tadqiqotchilar bu yarim yerto‘laga “metall quyuvchining uyi” deb nom berishgan. Tosh qoliplardan ikkitasi kamon o‘qi uchun, bittasi esa o‘roq qolipi bo‘lgan.
Amirobod madaniyati aholisi sopol buyumlarni qo‘lda ishlaganlar. Ularning sopol buyumlarining qorni qavariq, tagi yassi, gardishi ko‘p qayirilgan yoki to‘g‘ri qilib ishlangan. Sopol loyining tarkibida ko‘p miqdorda shag‘al bo‘lganligi sababli, idishlarning devori qalin, qo‘pol qilib ishlangan. Sopol idishlarning gardishiga archasimon tarzda naqshlar chizilgan. Amirobodliklar butun bir jamoa birgalikda sopol idishlarni pishirish bilan shug‘ullanganlar. Ular buni ochiq manzilgohlar yoki maxsus tepaliklarda amalga oshirganlar. Sopol idish ochiq katta gulxanda pishirilsa, idish yaxshi pishib, atrofi qorayib qolmagan. Amirobod madaniyatidan topilgan sopol idishlar orasida yaxshi pishirilgan idishlar ham uchraydi. So‘nggi amirobod davrida qo‘l charxidan foydala boshlaganlar.
Mil. avv.VIII-VII asrlarda janubiy Oqchadaryo o‘zanida suvning kamaya borishi amirobodliklarning turmush tarzini o‘zgartirishlariga sabab bo‘lgan. Ularda chorvachilik rivojlangan. Shuningdek, uning aholisi yashab turgan joyini tark etib, shimoli-sharq tomonga ko‘chganlar. Shimoliy Oqchadaryo, Sirdaryoning qadimiy deltalari va Sariqamish bo‘yi havzalariga kelib joylashganlar.

Download 250,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish