Akveduk – osma ko‘prik ustiga qurilgan quvur – suv yo‘li.
B
Baqtra – qadimgi Baqtriya davlatining markaziy shahri. “Baqtra” so‘zini Amudaryoning irmog‘i bo‘lgan Balxob daryosi nomi bilan bog‘laydilar. Baqtra mil. avv. I ming yillikning o‘rtalardan mil. III–IV asrlargacha Baqtriyaning poytaxti bo‘lgan. U bugungi kunda Afg‘onistonning Balx shahri hududida bo‘lib, “Bolo-Xisor” – yuqori shahar nomi bilan ataladi. Arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra, Baqtraga Ahamoniylar davrida mil. avv.VI–V asrlarda asos solingan. Bu davrda u 120 gektar hududni egallagan. Yunon-Baqtriya podsholigi davrida quyi shahar – yangi Balxga asos solingan. Bu davrda uning umumiy maydoni 400 ga.ni tashkil qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |