Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti arxeologiyadan izohli lug



Download 250,44 Kb.
bet22/51
Sana28.01.2022
Hajmi250,44 Kb.
#414871
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   51
Bog'liq
Arxeologiyadan izohli lugʻat

Kuchuktepa yodgorligi Surxondaryo viloyati Muzrabod qishlog‘ining janubiy tomonida Amudaryodan 10 km shimolda, Sherobod dehqonchilik vohasining Ulanbuloqsoy sohilida joylashgan. Yodgorlik mil. avv. X-VIII asrlarda Chust madaniyati tipidagi bir urug‘ jamoaning turar joy maskani sifatida qad ko‘targan. Bu qishloq qo‘rg‘oni mil. avv. VI-V asrlargacha mavjud bo‘lgan. Uning maydoni 0,5 gektar bo‘lib, balandligi 8 metrni tashkil qilgan. Qal’a qo‘rg‘onda 4ta qurilish bosqichi aniqlangan. Har bir qurilish bosqichida xonalar soni ko‘payib, qo‘rg‘on hududi kengayib borgan.
Birinchi qurilish bosqichi – Kuchuk I davri mil. avv. X-VIII asrlarni o‘z ichiga oladi. Bu davrda qal’a 4 metr balandlikdagi, kengligi 60 kvadrat metrli platforma ustida qurilgan. Uning uch tomonidan (shimol, g‘arb, janub) mudofaa devori bilan o‘rab olingan. Devorlar to‘g‘ri to‘rtburchak shaklli xom g‘ishtlardan (50x30x8 sm) tiklangan va somonli loy bilan suvalgan. Sopollar, asosan, qo‘lda ishlangan. Bu davrning xarakterli sopollari yarim aylana, konussimon, silindr shaklli, jumrakli, quloqli, og‘zi keng chuqur kosalar, xumcha va tog‘oralardan iborat bo‘lgan. Sopollar sirtiga gardishi bo‘ylab rangli naqshlar solingan. Naqshlar och qizil angob rangda bo‘lgan. Sopollar geometrik naqshlar, ya’ni ichi shtrixlangan va chaplama uchburchak, romb, gorizontal egri chiziqlar bilan bezatilgan.
Ikkinchi qurilish bosqichi – Kuchuk II bosqichi mil. avv. VIII asr ikkinchi yarmi va VII asrni o‘z ichiga oladi. Bu davrda turar joy xonalari ko‘payadi va platforma maydoni 90 kvadrat metrga kengayadi. Qal’a ikki qator mudofaa devori bilan o‘rab olingan. Bu davr sopollari charxda yasalgan. Sopol idishlarning ko‘pchiligi silindrokonus shaklli xum va xumchalardan iborat bo‘lib, tanasi bikonik shaklda, yoqasi esa qarmoqsimon shaklda ishlangan.
Uchinchi qurilish bosqichi – Kuchuk III bosqichi mil. avv. VII asrning oxiri – VI asrlar bilan belgilanadi. Bu davrda uy-joylar 125 kvadrat metr maydonni egallaydi va xonalar soni 11taga yetgan. 7-xonadan alohida altar – o‘choq izlari topilgan. Xonaning devorlari bir necha bor somonli loy bilan suvalgan, ustidan tekis qilib kaolin loyi bilan pardoz berilgan, suvoqlar yuzasi ko‘kimtir oq va havo rang izlari ko‘zga tashlanadi. Xonaning markaziy qismida altar – o‘choq joylashgan. Uning qarshisida, janubiy devorda to‘g‘ri burchakli chuqur tokcha bo‘lib, uning yuqorisida 2ta yoritgich tuynuklar joylashgan. Bu bosqichning sopol idishlari silindrokonik, bikonik shaklda bo‘lib, ularning yoqalari kichiklashadi. Idish yoqalarining gardishi o‘tmaslashadi hamda tekis gardishli idishlar paydo bo‘ladi, yoqa ostidagi jo‘mrakchalar esa kengayadi va ba’zida qo‘shaloqlashadi, yoqasi tashqariga qayrilgan idishlar paydo bo‘ladi.
To‘rtinchi qurilish bosqichi – Kuchuk IV bosqichi mil. avv. VI asrning oxiri – V asrni o‘z ichiga oladi. Bu davrda qal’a qo‘rg‘oni kengayib, hududi 250 kv.metrga yetadi. Bu maydonda 23ta xona topilgan. Keramikasining asosini keng yoqali silindrokonik va bikonik idishlar tashkil etadi. Idish gardishi o‘tkirlashib, idish ichiga tomon biroz qayriladi.

Download 250,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish