L
Liman sug‘orish uslubi – ko‘lmaklarda, tog‘ soylari etaklaridagi ko‘lga o‘xshab yotadigan joylarning cho‘kma loyqasiga ekin ekish uslubi.
Lolazor yodgorligi hozirgi Samarqand shahri markazidagi Abramov bulvari janubida joylashgan. Qadimda Darg‘om kanalidan Afrosiyobga suv keltirilgan. Ana shu Darg‘omdan suv olgan kanal yoqasida Lolazor qishlog‘i paydo bo‘lgan. Bu yodgorlik arxaik davr, ya’ni mil. avv. VI asrdan so‘nggi o‘rta asrlargacha faoliyat ko‘rsatib kelgan. Lolazor yodgorligidan rivojlangan irrigatsiya tizimi izlari, kulolchilik, bronza quyish ustaxonalari qoldiqlari va tosh qurollari topilgan. Bu topilmalar aholining dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik bilan shug‘ullanganliklarini asoslaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |