H
Harbiy demokratiya – insoniyat tarixi rivojlanishidagi bosqich bo‘lib, ilk temir davriga to‘g‘ri keladi. Bu davrda qabilalar siyosiy-iqtisodiy jihatdan rivojlangan. O‘zaro iqtisodiy-madaniy aloqalar kuchaygan. Jamiyatda ortiqcha mahsulot paydo bo‘lib, qabiladoshlar orasida tabaqalanish jarayoni kuchaygan. Shu bilan birga qabilalarning ko‘chib yurish jarayonlari jadallashib, ularning harbiy mahoratlari ortib borgan. O‘z hududini va mulkini himoya qilish uchun jamiyatda harbiylarga ehtiyoj oshgan. Qabilaviy kengashlarda qabila boshliqlari bilan birga harbiy sarkardalar faol ishtirok etib, davlat ahamiyatiga molik masalalarni hal etishda ishtirok etganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |