Nitrat kislota ishlab chiqarish


MINERAL O‘G‘ITLAR VA TUZLAR KIMYOVIY TEXNOLOGIYASI



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/23
Sana12.04.2022
Hajmi0,83 Mb.
#545425
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
МУ ва ТКТ УУМ 6-семестр 2021-13-38

MINERAL O‘G‘ITLAR VA TUZLAR KIMYOVIY TEXNOLOGIYASI 
18 
CO ni yutadi. Natijada gazlar aralashmasida faqat azot bilan vodorod (1:3 nisbatda) 
qoladi va bu gaz endi ammiakning sintezi uchun tayyor bo‘ladi. 
Reaksiyaga kirishayotgan gazlar aralashmasining apparat orqali o‘tish tezligi 
har bir 
kub. m 
katalizatordan bir soatda 40.000 
kub. m 
gaz o‘tadigan bo‘lishi kerak.
 
Gazlarning tezligi ortsa, apparatning jadalligi ham ortadi, lekin hosil bo‘layotgan 
ammiak chiqimi kamayadi. 
Reaksiya vaqtida temperatura 450-550
o
C bo‘lishi kerak, chunki past 
temperaturada ammiak hosil bo‘lish reaksiyasi sekinlashadi va aksincha, bunday 
temperaturada hosil bo‘lgan ammiakning parchalanish reaksiyasi tezlashadi. 
Reaktor – sintez minorasi. 
Reaktor – sintetik ammiak olish uchun asosiy, eng 
muhim qurilma hisoblanadi. Minora konstruksiyasi mustahkam va ishonchli bo‘lishi 
hamda havfsiz va uzoq muddat ishlashini ta’minlash lozim. Shuning uchun minoralar 
po‘latdan tayyorlanadi, unga yuqori talablar qo‘yiladi. Gazlar aralashmasidagi 
vodorod va ammiak yuqori haroratda po‘latga ta’sir ko‘rsatadi, uning mexanik 
xususiyatlarini yomonlashtiradi. Minora devori haroratini pasaytirish uchun sintez 
minorasiga kiradigan sovuq azot-vodorod aralashmasi minora silindr yuzasi bo‘ylab 
o‘tadi. Ammiak sintez minorasining korpusi xrom-vanadiyli po‘lat quymadan iborat 
bo‘ladi. 
3.1-rasmda o‘rtacha bosimli tizim uchun ammiak sintezi quvurli minorasi 
tasvirlangan. Minora vertikal po‘lat silindr 1 ko‘rinishida bo‘lib, devorining qalinligi 
176-200 mm, balandligi 12-20 m va ichki diametri 1,0-1,4 m ni tashkil etadi. 
Minoraning yuqori va pastki qismi po‘lat qopqoqlar 2 bilan berkitiladi. 
Minoralar konstruksiyalari, asosan, korpusining o‘lchamlari va ichki to‘ldirgich 
qurilmalari bilan farqlanadi. O‘rtacha bosimda ishlaydigan minoraning yuqori 
qismida katalizator qutisi 3, pastki qismida esa jarayon avtotermikligini ta’minlash 
uchung issiqlik almashtirgich 4 joylashtirilgan bo‘ladi. Minora korpusida issiqlik 
niqobi bo‘ladi, u minora ichki va tashqi devorlarilarida haroratning farqlanishi 
hisobiga korpus devorilarida termik kuchlanish yuzaga kelishini bartaraf etadi. 
Katalizator minoradagi panjara 6 ga yuklanadi. Optimal harorat rejimini 
ta’minlab turish uchun vatalizator qatlamlari orasiga qo‘shaloq issiqlik almashtirgich 
quvurlari 7 joylashtiriladi. Azot-vodorod aralashmasi sintez minorasining yuqori 
qismidan kiradi, asosiy korpus va katalizator qutisi orasidagi halqali bo‘shliqdan 
minora korpusini qizib ketishdan saqlagan holda pastga hamda issiqlik almashtirgich 
4 quvurlariaro bo‘shliqdan pastdan yuqoriga harakatlanadi. So‘ngra gaz minora ishga 
tushirilganda ishlaydigan elektr qizdirgich 5 joylashtirilgan markaziy quvur 8 
bo‘yicha katalizator qutisi 3 ning yuqori qismiga va undan katalizator qatlamida 
joylashgan qo‘shaloq quvurlarga o‘tadi. Dastlab gaz ichki tor quvur orqali yuqoridan 
pastga o‘tadi, so‘ngra tor va keng quvurlar orasidagi halqali bo‘shliqdan yuqoriga 
ko‘tariladi. Reaksiya boshlanishiga qadar 400-420
O
C haroratgacha qizdirilgan azot-
vodorod aralashmasi katalizator qatlamiga kiradi. Katalizator doirasidagi harorat 450-



Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish