Ta’sir etayotgan massaviy kuchlarning xarakteridan bog‘liq holda teng bosimli sirt (xuddi erkin sirt kabi) har xil shakllarni egallashi mumkin. Quyida harakatlanayotgan idishlarda suyuqlik muvozanatining xususiy hollarini qaraymiz:
Suyuqlikli sisternaning tezlanish bilan harakati. Goridontal yo‘l bo‘ylab o‘zgarmas a tezlanish (plyus ishora sisternaning tezlanuvchanli- giga, minus ishora esa uning sekinlanuvchanligiga mos keladi) bilan hara- katlanayotgan sisternadagi suyuqlikning sath sirtini aniqlaylik (6-rasm). Bunday holda qiya tekislik teng bosimli sirt bo‘lib, suyuqlikning m massali har bir zarrachasiga sirt kuchidan tashqari shu zarrachaning G=mg-og‘irligi va Pi = ma – inertsiya kuchi ham ta’sir etadi. Ularning teng ta’sir etuvchisi
vertikalga nisbatan burchak ostida yo‘nalgan bo‘lib (teng bosimli sirt (erkin sirt) ham gorizontga nisbatan shu burchakka og‘adi), uning tangensi tg = a/g.
Bu yerdan ko‘rinadiki, burchak faqat tezlanishdan bog‘liq bo‘l- ganligi uchun erkin sirtning holari sisternadagi suyuqlikning jinsidan bog‘- liq emas. Har qanday sath sirti gorizontga nisbatan burchakka og‘adi. Agar sisternaning harakati tekis sekinlanuvchan bo‘lsa, u holda erkin sirt, 6-rasmda punktirli chiziq bilan ko‘rsatilgandek, bosqa tarafga og‘adi.
Agar yuqorida ta’kidlagandek harakatlanayotgan idish (sisterna) ochiq bo‘lsa (7-rasm), u holda suyuqlikning ixtiyoriy nuqtasidagi bosim
p = p0 + ρ·(g·z ± a·x)
formuladan aniqlanadi.
1-rasm. Suyuqlikli sisternaning tezlanish bilan harakati sxemasi.
|
2-rasm. Suyuqlikli ochiq idish- ning tezlanish bilan harakati sxemasi.
|
Suyuqlikning erkin sirtida р=p0 bo‘lganligi uchun bu tenglama g·z = ± a·x yoki z/x = tg α = ± a/g kabi yoziladi. Bu ifodalar suyuqlikning l uzunlikli ochiq idishdan to‘kilmaydigan holida o‘rinli bo‘lib, a ning berilgan qiymatida bortning h balandligini yoki h ning berilgan qiymatida limitik a tezlanishni topish mumkin.
Agar idish tekis harakatlanayotgan (a = 0) bo‘lsa, u holda tenglama p
= p0 + ρ·g·z = p0·γ ko‘rinishda yoziladi, bu holda teng bosimli sirt gorizontal tekislikdan iborat.
Xulosa qilib aytganda, gorizontal yo‘l bo‘ylab biror a o‘zgarmas tezlanish va ixtiyoriy u tezlik bilan harakatlanayotgan sisternadagi suyuqlikning harakati: absolyut muvozanatda (suyuqlik zarrachasiga ta’sir etayotgan barcha massaviy va sirt kuchlari yig‘indisi nolga teng, ya’ni ular o‘zaro muvozanatda) deyiladi, agar a=0 va u=0 (sistema tinch turibdi) yoki a=0 va u=const (sistema tekis ilgarilanma harakatda) bo‘lsa (suyuqlik sathi gorizontal holatda, ya’ni 1-rasmda =0); nisbiy muvozanatda (suyuqlik zarrachasiga ta’sir etayotgan barcha massaviy, sirt va inertsiya kuchlari yig‘indisi nolga teng) deyiladi, agar a>0 va u≠const (sistema tezlanuvchan ilgarilanma harakatda; 1-rasmda suyuqlik sathi gorizontga nisbatan burchak holatida tasvirlangan) yoki a<0 va u≠const (sistema sekin- lanuvchan ilgarilanma harakatda; 2-rasmda suyuqlik sathi gorizontga nisbatan burchak holatida punktir chiziq bilan tasvirlangan) bo‘lsa.
Izoh. Inertsiya kuchi massaviy kuchlar sinfiga kiradi. Inertsiya kuchining kuchlanish vektori: .
0>
Do'stlaringiz bilan baham: |