Makon va vaqtning dinamik va statik konsepsiyalari.
Falsafa tarixida
vaqt tartibi hamda yo‗nalishini tushunib etishning dinamik va statik konsepsiyalari
shakllangan. Geraklitning «panta rei» (hamma narsa oqadi, hamma narsa
o‗zgaradi) tezisi bilan bog‗liq yondashuv vaqtning dinamik konsepsiyasiga asos
bo‗lgan.
Dinamik konsepsiya vaqt jarayonlarining, shu jumladan vaqt oqimining
ob‟ektiv borlig„ini, ya‟ni o„tmish, hozir va kelajak voqealari o„rtasida real fizik
farqlar mavjudligini tan oladi.
Ayni vaqtda, mazkur konsepsiya nuqtai nazaridan, haqiqiy borliqqa hozirgi
vaqt voqealarigina ega bo‗ladi. O‗tmish xotiralarda mavjud, kelajak voqealari
amalda ro‗y beradimi, yo‗qmi - noma‘lum. Faqat hozirgi vaqtda ehtimol tutilgan
voqealar o‗tmishdagi sabablar asosida real borliqqa aylanishi mumkin. So‗ngra
ular ham o‗z davrida muayyan iz qoldirib, o‗tmishga aylanadi.
Vaqt tartibi va yo„nalishini tushunib etishning ikkinchi statik konsepsiyasi -
ob‟ektiv vaqt jarayonlari mavjudligini inkor etmagan holda, vaqtning o„tmish,
123
hozir va kelajakka bo„linishini rad etadi
. Unda «oldin - keyin» vaqt nisbati
ob‘ektiv deb e‘tirof etiladi. Ushbu konsepsiya tarafdorlari B.Rassel va T.Gold
fikriga ko‗ra, kuzatish e‘tibordan soqit etilsa, dunyoda har qanday holat yuz berishi
mumkin. G‗arb falsafiy adabiyotlarida bu konsepsiya «Sovib qolgan olam
konsepsiyasi» deb ataladi.
Ammo statik konsepsiyadagi vaqtning harakati va oqimi sub‘ekt –
kuzatuvchiga bog‗liqligi haqidagi asosiy tezisiga qo‗shilish qiyin. Ko‗pgina
jarayonlar kuzatuvchidan qat‘iy nazar mavjud bo‗ladi va yuz beradi. Eng katta
muammo – hozirgi vaqtni qanday tushunish mumkinligida. Statik konsepsiyaga
ko‗ra, hozirgi vaqtning istalgan lahzasida olamning o‗tmishdagi barcha holatlari
mujassam, bo‗lajak holatlari esa yashirin shaklda mavjud bo‗lsa, qanday qilib
yangi holatning paydo bo‗lishi haqida gapirish mumkin? Bu erda o‗tmish va
kelajak voqealari o‗rtasida go‗yo to‗liq simmetriya mavjudligi haqidagi yondashuv
ilgari suriladi, vaholanki, voqealarning haqiqiy ketma-ketligi amalda nosimmetrik
tarzda ro‗y beradi.
Nemis faylasufi va mantiqchisi Gans Reyxenbax «Vaqt nima?», degan
savolga javob berishga harakat qilib, quyidagi ta‘riflarni ishlab chiqqan:
1. Vaqt o‗tmishdan kelajak sari harakatlanadi;
2. «Hozir» o‗tmishni kelajakdan ajratuvchi hozirgi vaqtdir;
3. O‗tmish hech qachon orqaga qaytmaydi;
4. Biz o‗tmishni o‗zgartira olmaymiz, lekin kelajakni o‗zgartirishga
qodirmiz;
5. Biz o‗tmishning tarixiy «bayoni»ga ega bo‗lishimiz mumkin, lekin
kelajakni bayon qilish, bu bilan bog‗liq imkonga ega bo‗lishimiz mumkin emas;
6. O‗tmish ma‘lum, kelajak ma‘lum emas.
Bu ta‘riflarga qo‗shilmaslik qiyin, ularda sog‗lom fikrning oddiy mantig‗i
mujassamlashgan. Ammo vaqt bilan bog‗liq muammolar majmuida aniq echimi
topilmagan masalalar bo‗lib, vaqt nisbatlari tiplarining rang-barangligi ana
shunday masalalardan biridir. Vaqt nisbatlarining turlari: tizimning ichki va tashqi
vaqti; inson borlig‗i vaqti; davrning madaniy-tarixiy vaqti; astronomik vaqt;
fizikaviy vaqt; biologik vaqt va h. k. kabilardir.
Nisbiylik nazariyasidan jismlarning harakat tezligi oshganida va u yorug‗lik
tezligiga yaqinlashganida massa ortishi va harakatsizlik holatlariga nisbatan vaqt
jarayonlari sekinlashishi ma‘lum. Vaqt ritmlarining pasayishi juda kuchli
gravitatsiya maydonlari ta‘sirida ham yuz beradi. Tirik organizmlarda turli
funksional tizimlarning kun va tun, yil fasllari, quyosh faolligi sikllarining
almashuviga bog‗liq bo‗lgan bioritmlari ham amal qiladi. Davriy ritmlarga
asoslangan biologik soatlar har qanday organizmda, hattoki, o‗simliklarda ham
mavjud deb taxmin qilinadi. Kibernetika asoschisi Norbert Viner insonda vaqt
sezgisi uning miya ritmlari, xususan, miya faolligini tavsiflovchi «alfa» ritm bilan
bog‗liq, degan taxminni ilgari surgan. Ba‘zan vaqt sezgisi almashinuv jarayonlari
bilan bog‗lanadi. Qarilikda moddalar almashinuvining faollik darajasi pasaygani
sababli, ichki hayot mexanizmining harakati ham sekinlashadi.
YAxlit organizm sifatidagi jamiyat ham o‗z vaqt munosabatlari va
rivojlanish ritmlariga ega. Ular ijtimoiy o‗zgarishlar, ishlab chiqarish va fanning
124
rivojlanishiga qarab yo tezlashishi, yo sekinlashishi mumkin, ba‘zan hatto
muayyan ijtimoiy jarayonlarning stagnatsiya holati to‗g‗risida ham so‗z yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |