Нигинахон шермухамедова


Davr ruhi va ijtimoiy vaqt uyg‗unligi



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

Davr ruhi va ijtimoiy vaqt uyg‗unligi.
Davr ruhi tushunchasi ijtimoiy vaqt 
umumiy kategoriyasi bilan bevosita va tabiiy bog‗lanishi lozim. U ichdan, ya‘ni 
o‗z mazmuni tomonidan va sirtdan – davr ruhi zamondoshlar hayotida, ularning 
turmush tarzi va fikrlash uslubini shakllantirishda bajaruvchi funksiyalar nuqtai 
nazaridan o‗rganilishi darkor.
Har bir davrning o„z ruhi bor, chunki davr – bu ayni holda inson avlodi 
vaqtidir.
Bu erda zamondoshlar ijtimoiy-tarixiy avlodining ma‘naviy dunyosi 
haqida gapirish o‗rinli bo‗ladi. Avlodning ma‘naviy dunyosi ko‗p sonli, ba‘zan o‗z 
xususiyatiga ko‗ra bir-biriga zid bo‗lgan omillar majmui ta‘sirida shakllanadi. 
Ammo bu omillar orasida moddiy hayot ziddiyatlari birinchi darajali ahamiyat 
kasb etadi. Ushbu ziddiyatlar ijtimoiy vazifalarni ilgari surish, jamiyatda ijtimoiy 
manfaatlarning rivojlanishi, ba‘zan ularning qutblashuvini belgilovchi ob‘ektiv 
asos sifatida amal qiladi. Moddiy hayot ziddiyatlari murakkab voqealar va 
jarayonlarda, xronologik zamondoshlar ularda o‗ynaydigan o‗ta rang-barang va 
hatto qarama-qarshi rollarda o‗zini namoyon etadi.
Odamlar mazkur avlodining faoliyati qancha mazmunli va izchil bo‗lsa, 
unda keng xalq ommasi ishtirok etsa, davr ruhi shuncha kuchli bo‗ladi, u tarixda 
shuncha chuqur iz qoldiradi, shuncha ko‗p qahramonlarni yaratadi, kelajak 
avlodlarga shuncha go‗zal va jozibali bo‗lib tuyuladi. Zamondoshlar faoliyatining 
mazmuni, mohiyati va maqsadlari, ular o‗z maqsadlariga erishish uchun tanlovchi 
va foydalanuvchi shakllar, usullar va vositalar, yuz berayotgan ijtimoiy voqealar 
jarayoni va natijasiga ko‗maklashuvchi va ularga bevosita yoki bilvosita ta‘sir 
ko‗rsatuvchi tarixiy sharoitlar majmui odamlar avlodi yashayotgan davrga alohida, 
betakror ruh va tus baxsh etadi. Bu faoliyat, bu voqealarni ularning ishtirokchilari 
o‗z boshlaridan kechiradilar; ularni kelajak avlodlar anglab etadilar, baholaydilar 
va qayta baholaydilar. Ba‘zan yuz bergan voqeaning asl mazmuni va mohiyati 
oradan ancha vaqt o‗tganidan so‗ng ayon bo‗ladi.
Ammo o‗tmishga bo‗lgan munosabat kelajak nuqtai nazaridan qanchalik 
o‗zgarmasin, tarixiy voqelik insoniyat ongida qay darajada ulkan va saboq 
bo‗ladigan ahamiyat kasb etmasin, birinchi manbani – o‗z vaqtida yuz bergan 
voqealarning bevosita ishtirokchilari va tashkilotchilari miyasida tug‗ilgan 
g‗oyalar va tushunchalar, qachonlardir ularning qalbini junbushga keltirgan va faol 
harakatlarga da‘vat etgan emotsiyalar haqidagi bilim o‗rnini hech narsa va hech 
qachon bosa olmaydi. Bu g‗oyalar va tushunchalar, tasavvurlar va tuyg‗ular, ular 
keyinchalik oqilona va munosib yoki soxta va tuban deb e‘tirof etiladimi, yo‗qmi – 
bundan qat‘iy nazar, avlod ma‘naviy hayotining mazmunini tashkil etganlar va shu 
tufayli ham zamondoshlarning amaliy ishlari uchun javobgar bo‗lganlar.


129 
Davr ruhi – avlodning amaliy aqli turli tarixiy zamonlarda ijtimoiy 
munosabatlarning umumiy rivojlanish darajasiga va jamiyatning etuklik 
darajasiga qarab turlicha mazmun kasb etadi, asosan ongning u yoki bu 
shakllarida mujassamlashadi
. Ma‘lumki, o‗rta asrlarda mafkuraviy hayot deyarli 
to‗liq din bilan belgilangan, o‗ta radikal g‗oyalar ham, o‗ta konservativ g‗oyalar 
ham bu davrda dunyoviy va haqiqiy hayotga butunlay begona bo‗lgan shakl-
shamoyil kasb etgan. Boshqa zamonda esa bu rol o‗zga turlar va janrlarga o‗tgan: 
masalan, XX asrning 30–40-yillari O‗zbekistonda badiiy adabiyot ijtimoiy 
g‗oyalar jarchisiga, umummilliy minbarga aylangan. Ijtimoiy tafakkur tarixini 
o‗rganish turli xalqlarda turli tarixiy bosqichlarda o‗z davrining etakchi g‗oyalari 
bunyodkori va tashuvchisi rolini odatda ongning o‗zida nazariy mazmunni o‗ta 
emotsional, yorqin shakl bilan birlashtirgan shakllari va darajalari o‗ynaganini 
ko‗rsatadi. Mafkura odamlar ongi va qalbini egallagan taqdirdagina chinakam 
moddiy kuchga aylanishi mumkin.
Ayni shu sababli davr ruhi ehtiroslardan xoli, sovuqqon ong bo‗lishi 
mumkin emas. Mazkur ong qadriyat sifatida maydonga chiqadi, insonga hayotda 
yo‗l ko‗rsatadi, shu tufayli ham u boshqaruvchi xususiyat kasb etadi. U hozirgi 
zamonni maqbul va kutilgan kelajak nuqtai nazaridan anglab etishdir. Bunga 
zamondoshlar avlodining o‗z ajdodlariga, an‘analarga bo‗lgan munosabati, ya‘ni 
o‗tmishga munosabat ham kiradi. SHunday qilib, avlod ruhi nafaqat yuzaki, balki 
ichki vaqt mezonlariga ham ega bo‗ladi: u muayyan darajadagi ijtimoiy-tarixiy 
rivojlanish mahsuli bo‗lish bilan bir vaqtda ijtimoiy voqelikning o‗zi guvohi 
bo‗layotgan jarayonlari va voqealariga o‗z munosabatini bildiradi. Davr ruhining 
ichki mezonlari zamondoshlar avlodi faoliyatining sub‘ektiv yo‗nalishi va 
mo‗ljallariga, bu orqali esa – jamiyatda kutilayotgan o‗zgarishlarning xususiyatiga, 
yuzaga kelgan tarixiy vaziyatda odamlar tanlashga harakat qilayotgan yo‗lga ishora 
qiladi.
Individual ong zamirida ham, ijtimoiy ong zamirida ham ijtimoiy vaqtni 
anglab etish yotadi. Avlod ongi bu munosabatda alohida o‗rin egallaydi. 
Gnoseologik sub‘ekt sifatida ijtimoiy-tarixiy avlod individ va jamiyat o‗rtasidagi 
oraliq bo‗g‗indir. Ammo bu hol ong muammosini o‗rganishda doim ham e‘tiborga 
olinavermaydi. Zamondoshlar avlodi kishilik tarixining gorizontal kesimi, ya‘ni 
vaqtning muayyan, xronologik jihatdan ixcham qismida olingan jamiyatdir. SHu 
tufayli ham avlod tarixiy harakatni, o‗z borlig‗i vaqtini anglab etishi ijtimoiy ong 
mexanizmini harakatga keltiruvchi birlamchi, boshlang‗ich omil hisoblanadi.
Avlod ongi, binobarin, umuman ong zamirida yotuvchi vaqtni anglash tashqi 
dunyoning ob‘ektiv jarayonlari haqidagi nazariy bilim sifatidagina emas, balki eng 
avvalo ommaning faol yondoshuvi va sub‘ektiv manfaatlari, uning xohish-irodasi 
ifodasi sifatida maydonga chiqadi. Uni vaqt muammosini nazariy, ya‘ni ilmiy va 
falsafiy, konseptual anglab etish bilan bog‗lash mumkin emas, chunki mazkur 
muammo rivojlangan va etuk madaniyat kun tartibiga ancha kech qo‗yilgan va 
hatto hozirgi zamon ijtimoiy ongining tarkibiy tuzilmasida ham uning eng yuksak 
darajalariga tegishlidir.
Davr ruhi real ijtimoiy vaqt (avlod vaqti) mahsuli va ayni paytda 
zamondoshlarning unga bo„lgan sub‟ektiv munosabati sifatida avlodning o„z 


130 
o„zligini anglash jarayonini belgilaydi.
Bu davr ruhining ijtimoiy va gnoseologik 
funksiyasi hisoblanadi. Ijtimoiy borliq sohasida ziddiyatlar qancha keskin va 
kuchli, ijtimoiy ong strukturasi qancha murakkab bo‗lsa, davr ruhi shuncha kuchli 
va etuk darajada bo‗ladi. Hamonki ijtimoiy ong ijtimoiy borliqning in‘ikosi 
hisoblanar, ijtimoiy in‘ikos esa o‗z tabiati va mohiyatiga ko‗ra voqelikni ildamroq 
aks ettirar ekan, ijtimoiy munosabatlar rivojlanishi bilan inson ongining ildam 
xususiyati kuchayib boradi, ayni shu zaminda inson miyasida barcha g‗oyalar va 
tasavvurlar tug‗iladi, degan umumiy xulosaga kelish mumkin. Odamlarning 
muayyan, konkret avlodi tarixiy harakatning real, bevosita tashuvchisi bo‗lgani 
bois, mavjud ijtimoiy borliq haqida zamondoshlarning tasavvuri ob‘ektiv ijtimoiy 
vaqtga bo‗lgan munosabat shakli (ya‘ni ijtimoiy mo‗ljal) sifatida inson o‗zligi faol 
ishlashini ta‘minlovchi ichki manbani, ijtimoiy ongning barcha shakllari va 
darajalari mahkamlanadigan o‗ziga xos «sinch»ni tashkil etadi. 
SHunday qilib, vaqtni his qilish unga daxldor bo‗lish demakdir. Ammo bu 
avlodning o‗z o‗zligini anglashi hamdir, zero zamondoshlar yagona maqsadga 
erishishga qaratilgan umumiy ishlarda ongli ravishda ishtirok etgan taqdirdagina 
o‗zlarini yakdil va birdam his qilishlari mumkin. SHundagina «o‗z-o‗zidagi» avlod 
«o‗zi uchun» avlodga aylanadi.

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish