Нигинахон шермухамедова



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

Ijtimoiy vaqt.
Hozir «Ijtimoiy vaqt mavjudmi» degan masala bahsli emas. 
Muammo uning mazmunida qanday ustuvorliklar va konstantalar mavjudligida. 
Ijtimoiy vaqt individ vaqti va avlod vaqtiga bo„linadi. U kishilik jamiyatining 
o„zgaruvchan informatsion sig„imiga bog„liq.
Falsafiy adabiyotlarda vaqt 
jarayonlariga makon xossalarining kirishi, ya‘ni 
ijtimoiy vaqt uzunligi – hayot 
sikllari bosqichlarining ketma-ketligi sifatida, kengligi – faoliyat turlarining 
miqdoriy rang-barangligi sifatida, chuqurligi – individning o„zi ishtirok etayotgan 
faoliyat turlaridagi faollik darajasi sifatida ko„rsatilishi bilan bog„liq fikrlarga 
ham duch kelish mumkin
. Makon va vaqt bog‗lanishi hamma joyda har xil bo‗lgan 
«mahalliy vaqt» tushunchasida yorqin namoyon bo‗ladi.
Bularning hammasi makon, vaqt va materiya jarayonlari o‗zaro bog‗liq 
ekanligini yana bir karra tasdiqlaydi. Nazariy jihatdan esa, makon va vaqt 
munosabatlarining 
relyasion 
va 
dinamik 
konsepsiyalari 
rivojlanishining 
ahamiyatini yanada oshiradi, bu borada tadqiqotlar olib borish zaruratini namoyon 
qiladi. 
Ijtimoiy vaqt ham o‗ziga xos xususiyatga ega bo‗lib, u, biologik va planetar-
kosmik vaqtdan farqli o‗laroq, notekis oqadi. Insoniyat shakllanish jarayonining 
dastlabki bosqichida boshlangan ijtimoiy vaqt keyingi davrlarda deyarli 
o‗zgarishsiz kechdi va fan-texnika taraqqiyotining ilk alomatlari paydo bo‗lishi 
bilan, XVII-XVIII asrlardan jadalroq sur‘at kasb eta boshladi. XX asrda yuz 
bergan fan-texnika inqilobi ijtimoiy makonni keng qamrab oldi va ijtimoiy-
iqtisodiy jarayonlarning rivojlanishiga alohida tus berib, vaqt harakatini misli 
ko‗rilmagan darajada jadallashtirdi. Er kurrasi «kichrayib», insoniyat uchun tor 
bo‗lib qoldi, uning bir chetidan narigi chetiga o‗tish endilikda soatlar bilan (Oy, 
Mars, Venera va boshqa kosmik jismlarga uchish tezligi va vaqtini hisobga 
olmaganda) o‗lchanmoqdaki, XX asrda buni hatto tasavvur qilish ham mumkin 
emas edi.
Ijtimoiy vaqtning yana bir jihati bu sub‟ektiv, ichki vaqtdir. Sub‟ektiv vaqt 
borliq vaqti emas, balki ong vaqti hisoblanadi. Ammo o„z tabiati va mohiyatiga 
ko„ra bu ijtimoiy fenomendir. Sub‟ektiv vaqtni psixologlar bilan bir qatorda 
san‟atshunoslar va estetika mutaxassislari ham keng o„rganganlar.
O‗tgan asrning so‗nggi choragida nashr etilgan adabiyotlarda ularning 
mualliflari yo ijtimoiy va tarixiy vaqt kategoriyalarini maxsus muhokama 
qiladilar
1
, yo bu masalalarga yaqin mavzuni tahlil qilish jarayonida to‗xtaladilar
2

Bu asarlar bilan tanishish faylasuf olimlar makon va vaqt kategoriyasini 
1
қ
аранг: Бузский М.П. Социальные пространство и время в формировании 
естественнонаучного знания. – Киев, 1999; Егорова М.В. Категория «историческое 
время». Ее методологические функции. – Томск, 1995; Лой А.Н. Время и пространство как 
формы социального бытия и познания. – Киев, 1996; Малинова И.П. Проблема времени в 
философии. – Саратов, 1998. 
2
қ
аранг: Абулханова-Славская К.А. Диалектика человеческой жизни. – М., 1997; 
Афанасьев В.Г. О структуре целостной системы // Философские науки. 1990. №3; 
Косолапов В.В. Методология и логика исторического исследования. – Киев, 1997; Уваров 
А.И. Гносеологический анализ теории в исторической науке. – Калинин, 1993. 


125 
o‗rganishga nisbatan naturalistik, asosan fizikalistik yondashuvga chek qo‗yish 
yo‗lida nisbatan qisqa vaqt ichida salmoqli qadamlar tashlaganlarini ko‗rsatadi.
O‗zbekistonda ijtimoiy vaqt kategoriyasi falsafiy muammo sifatida chuqur 
o‗rganilmagan bo‗lsada, S.Valieva bo‗sh vaqtning falsafiy metodologik tahlili, 
D.Norqulov vaqt fenomenining ijtimoiy jarayonlar bilan dialektikasini tahlil 
qilgan.
4
Ijtimoiy hayot tabiiy hayotning davomi hisoblanadi. Odamlar tug„iladilar, 
yashaydilar, o„ladilar, nasl qoldirish yo„li bilan o„z nasabini muttasil 
quvvatlaydilar. Ijtimoiy darajada «individ – avlod – nasab» uchligigina emas, 
balki bir strukturaviy darajadan boshqa strukturaviy darajaga o„tish ob‟ektiv 
tamoyili ham saqlanib qoladi.
Ammo muammoning mazmuni amalda boshqacha 
ko‗rinish kasb etadi. Inson vaqti uning hayot faoliyati vaqtidir. Hayvon o‗z 
mohiyatini tabiatdan oladi, u o‗zini o‗zi yaratmaydi va shu ma‘noda u tarixiylikdan 
xolidir. Hayvon o‗z tarixini o‗zi yaratmaydi – tarix uni yaratadi. Inson esa o‗z 
tarixini o‗zi yaratadi. Insonning mohiyati uning o‗z ijtimoiy munosabatlari majmui 
bilan belgilanadi. 
Hozirgi paytda 
«individ – ijtimoiy avlod – jamiyat tarixi» uchligi ijtimoiy 
vaqtni o„rganish va uning mazmunini aniqlashning ob‟ektiv asosi sifatida 
qaraladi.
Ammo, ijtimoiy hodisalarni o‗rganishda mazkur yondashuv, mazkur 
ketma-ketlik muayyan tushuntirishlar va asoslashlarni talab etadi. Kimdir ijtimoiy 
munosabatlarni o‗zgacha tartibda – individdan emas, balki jamiyatdan boshlab 
o‗rganish zarur, zero individ jamiyatdan sirtda mavjud bo‗la olmaydi, konkret 
ijtimoiy munosabatlar doirasidan tashqarida jonsiz mavhumlikka aylanadi, deb 
hisoblaydi. SHuningdek, jamiyatning o‗zi ham individlarning oddiy yig‗indisi, 
kishilik tarixi esa – shaxslarning tarjima hollari yig‗indisi emas. Bunga javoban 
shuni aytish mumkinki, bu erda gap Feyerbax talqinidagi mavhum individ haqida 
emas, balki real inson haqida boradi. Jamiyat individlar yig‗indisi emas, balki 
odamlarning o‗zaro aloqalari mahsulidir. Tarix to‗laligicha shaxslarning 
harakatlaridan tarkib topadi, u hamisha shaxslarning individual rivojlanishi 
tarixidir. Amalda tarix o‗z maqsadlarini ko‗zlovchi va ularga erishish yo‗lida 
harakat qiluvchi inson faoliyati sifatida namoyon bo‗ladi. Tarix mazmun jihatidan 
kishilarning ayrim avlodiga qaraganda konkretroq, ya‘ni to‗liqroq va boyroqdir, 
inson avlodi esa individga qaraganda konkretroqdir. Tirik individlarning 
mavjudligi har qanday kishilik tarixining birinchi sharti hisoblanadi. SHu tufayli 
ham ijtimoiy vaqtni o‗rganishda tarixiy vaqt tayanch nuqtasi bo‗lishi mumkin 
emas; uning tahlili ham individ vaqtini, ham avlod vaqtini bilishni nazarda tutadi.
Ijtimoiy vaqtda muayyan odamlar, ijtimoiy jamoalar, ayrim hamjamiyatlar, 
millatlar, davlatlar va pirovard natijada butun insoniyat borlig„ining vaqt 
ko„rsatkichlarini farqlab, ijtimoiy vaqt strukturasining murakkabligi to„g„risida 
ham so„z yuritish mumkin.
Ulardan har birining yashash vaqti va sur‘ati har xil 
bo‗lib, o‗z xususiyatiga ega. Aslini olganda, turli mamlakatlar va xalqlar jamuljam 
holda butun insoniyatni ifoda etsa-da, amalda turli tarixiy davrlarda: kimdir 
4
Валиева С. Свободное время как предмет философско методологического анализа. Автореф. Дисс.канд 
филос.наук. –Т.: Пединститут, 1982. 
Норқулов Д. Бўш вақтнинг ижтимоий фалсафий таҳлили. Фалс.фан.докт.дисс.автореф. –Т.: ЎзМУ, 2005 


126 
o‗tmishda, kimdir hozirgi davrda, kimdir esa kelajakda yashaydi. Bunga, xususan, 
amerikalik taniqli futurolog E.Toffler e‘tiborni qaratadi. Uning fikricha, «Er 
aholisining 70% o‗tmishda (turli o‗tmishda), 25% - hozirgi davrda, 3% - kelajakda 
yashaydi, qolganlar esa marginallar bo‗lib, ular har qanday vaqtdan 
tashqaridadir»
1
.

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish