Tarix vaqti.
Tarix vaqti – bu inson vaqti, ya‟ni ijtimoiy vaqtning eng oliy
darajasidir, chunki tarix o„z-o„zini yaratuvchi, o„z-o„zidan rivojlanuvchi
jarayondir
. Individ o‗limga mahkum, avlodlar keladi va ketadi, lekin birorta ham
hayot izsiz yo‗q bo‗lib ketmaydi, ya‘ni tarixdan chetda qolmaydi. Tarixiy vaqt
o‗limga mahkum bo‗lgan odamlarning real hayot faoliyati bilan uzviydir. Ayni
paytda u har bir individga nisbatan uning substansiyasi sifatida amal qiladi. Bu
individ va avlod o‗z asri bilan uzviy ekanligini, insonning mohiyati ijtimoiy
munosabatlar majmui bilan belgilanishini anglatadi.
«Tarixni odamlar yaratadi» degan tezis va «tarix odamlarni yaratadi» degan
antitezis sintez yo‗li bilan echiladi: odamlar o‗z tarixi vositasida o‗zlarini o‗zlari
yaratadilar. Zero, I.A.Karimov ta‘kidlaganidek,―- tarixning murakkab hal qiluvchi
burilish pallasida har qanday millat va elat o‗z ahilligi va birdamligini saqlab, o‗z
milliy manfaatlari yo‗lida qat‘iyat bilan turmasa, mas‘uliyat va hushyorlikni
yo‗qotadigan bo‗lsa, oxir oqibatda o‗zining eng katta, tengsiz boyligi bo‗lmish
mustaqilligi va ozodligidan judo bo‗lishi shubhasiz‖
1
Tarixni vaqt nuqtai nazaridan o‗rganish uning «uzunlik», «kenglik» va
«chuqurlik» mezonlariga muvofiq o‗rganish demakdir. Tarixiy vaqtning
«uzunligi» deganda asosan uning topologik xossalari: o‗lchamlari, asosiy
bosqichlarining ketma-ketligi, bu ketma-ketlikning muqarrarligi tushuniladi.
Tarixning «kengligi» - bu tarix chegarasining kengayishi demakdir
. Bunda
kengayish tushunchasini ikki xil ma‘noda: tarixiy jarayon yangi hududlarni qamrab
olishi sifatida (kengayishning yuzaki, ekologo-geografik jihati) va «tarix
doirasi»ning, ya‘ni kishilar umumiy tarixiy faoliyati maydonining kengayishi
sifatida tushunish o‗rinli bo‗ladi (kishilar umumiy tarixiy faoliyati faol tarix
ijodkorligiga uning yangi va yangi ishtirokchilarini keng jalb qilishni ham nazarda
tutadi).
Ammo tarix nafaqat kengayadi, u chuqurlashib ham boradi.
Tarixning
chuqurligi ijtimoiy-tarixiy faoliyatning chuqurligi, ya‟ni faollik (qizg„inlik)
darajasi bilan belgilanadi: ijtimoiy maromlar harakati ijtimoiy-tarixiy makon va
vaqt o„lchamlari, topologiyasining murakkablashuvida o„z ifodasini topadi.
Individ vaqti uchun ham, tarix vaqti uchun ham «kenglik» ekstensiv, «chuqurlik»
esa – intensiv kattalik hisoblanadi.
Insoniyat tarixi vaqti – bu uning ob‘ektiv vaqtigina emas, balki ong
fenomeni hamdir. Jamiyat, tarix nafaqat ob‘ekt, balki sub‘ekt sifatida ham
maydonga chiqadi. Bunda u gnoseologik sub‘ektning eng oliy tipi va darajasi
hisoblanadi. Ijtimoiy ongning yaxlit strukturasida vaqtni anglab etish o‗zini uning
alohida, ichki darajasi sifatida, jamiyatni tarixiy anglash sifatida namoyon etadi.
1
Қаранг: Вестник Российского университета дружбы народов. Серия «Философия». 2006. №1(11). –С. 46.
1
Каримов И.А. Юксак маънавият-енгилмас куч.-Т.: Маънавият, 2008.-Б.51.
127
Darhaqiqat, tarixiy jarayon insoniyat vaqtda boshdan kechiruvchi
o‗zgarishlarning umumiy xususiyati va ma‘nosi demakdir. Zero, insoniyat yildan-
yilga ulg‗ayib va ayni paytda yosharib boradi. Uning ulg‗ayishi yoshiga yosh
qo‗shilishi bilan, yosharishi esa – ijtimoiy hayotning uzluksiz yangilanishi bilan
izohlanadi. Insoniyatning bolaligi – biz uchun qadim zamon, yangi davr esa,
o‗zimiz yashayotgan zamondir.
O‗tmishni o‗zgartirish mumkin emas, degan g‗oya aynan tabiat uchun
mutlaqo o‗rinlidir. Ammo jamiyat tarixida o‗tmish o‗zgarishi mumkin. Har bir
yirik tarixiy voqea nafaqat istiqbolli kuchga, balki retrospektiv kuchga ham ega
bo‗ladi. Hozirda yashayotgan avlod o‗z izdoshlarini tayyorlash, ularga ta‘lim va
tarbiya berish bilan bir vaqtda o‗z ishlari, g‗oyalarining salafchilarini ham tanlaydi.
U o‗tmishdan bugungi maqsad, bugungi manfaatlarga muvofiq o‗ziga zarur va
qadrli bo‗lgan mo‗ljallarni tanlab oladi. Masalan, O‗zbekiston mustaqilligining
o‗tmishi – bu Muqanna qo‗zg‗oloni, Jaloliddin Manguberdi kurashi, va x.k.
SHunday qilib, o‗tmishning mazmuni o‗zgaradi, ya‘ni u xotirada, kelajak avlodlar
munosabatida o‗zgaradi.
Boshqa tomondan, hozirgi zamon tarixda to‗laligicha va uzil-kesil o‗tmish
bilan belgilanmaydi. U o‗tmishdan nisbatan xoli, unga nisbatan faoldir, zero tarixiy
voqealar o‗tmish bilangina emas, balki kelajak bilan ham belgilanadi. Tabiatda
maqsad yo‗q, jamiyatda esa odamlar faoliyati o‗z mohiyatiga ko‗ra muayyan
maqsadga erishishga qaratilgan faoliyatdir. Tarix haqida biz uning oqibatlari, ya‘ni
hozirgi zamonga qarab hukm chiqaramiz. Tarixning intihosi insoniyat halokati
bilan barobardir. Ammo tarixning mazmuni uning ob‘ektiv qonuniyati tan olinishi
bilangina belgilanmaydi. Amalda jamiyatgina emas, balki tabiat ham muayyan
qonunlarga muvofiq rivojlanadi. Ammo o‗simliklar dunyosining rivojlanish
jarayoni ham, hayvonot dunyosining rivojlanish jarayoni ham «mazmun»ga ega
emas, u faqat insoniyatning rivojlanish jarayonida, ya‘ni kishilik tarixidagina
mavjud.
Inson hayoti mazmunga ega bo‗lgani, ya‘ni qadriyat hisoblangani tufayli
ham insoniyat tarixi mazmunga egadir. SHu ma‘noda ―insoniyat tarixi
mazmunining mezoni va ayni paytda uning taraqqiyotini belgilovchi mezon
sifatida insonparvarlik maydonga chiqadi‖
1
. Tarixiy jarayon yo‗li, uning yo‗nalishi
sirtdan belgilanmagan, lekin u insoniyat tomonidan ham maqsad sifatida
qo‗yilmagan va anglab etilmagan. Tarixning mazmuni individlarning muayyan
maqsadga erishishga qaratilgan faoliyatidan kelib chiqadi, lekin uning o‗zigagina
bog‗liq bo‗lmaydi va u bilan to‗la muvofiq kelmaydi. Tarixning mazmuni deganda
inson avlodlarining hayoti va almashuvi jarayonlarining ob‘ektiv mazmuni
tushuniladi. Unda inson borlig‗ining murakkabligi, ziddiyatlarga to‗laligi va o‗ziga
xosligi bo‗rtib namoyon bo‗ladi. Har kim va hammaning erkin rivojlanishini qaror
toptirish uchun kurash bilan bog‗liq bo‗lgan har qanday jarayon teran tarixiy
mazmun kasb etadi. O‗z shaxsiyatini namoyon etish uchun kurashni inson ham
tabiiy, ham o‗z faoliyati natijasida vujudga kelgan stixiyali kuchlarga qarshi olib
boradi.
1
Жўраев Н. Тарих фалсафасининг назарий асослари.-Т.: Маънавият, 2006. –Б 67.
128
Odamzot, ya‘ni insoniyat tarixi vaqt o‗tishi bilan o‗zining har tomonlama,
keng rivojlanish qobiliyatini yo‗qotmaydi, balki uni kasb etadi va ko‗p karra
kuchaytiradi. Tarixiy rivojlanish jarayonida jamiyatning imkoniyatlari doirasi
qisqarmaydi, balki kengayib boradi. Bu insoniyat ulg‗aygani sari qarimasligini
yana bir karra tasdiqlaydi. Ijtimoiy munosabatlar rivojlangani sari yanada etukroq,
mukammalroq tus oladi, chunki tarixiy jarayonga yangi va yangi omillar
qo‗shiladi, tabiatning ko‗r-ko‗rona determinizmiga nisbatan insonning mustaqilligi
oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |