MAKON VA VAQT
Makon va vaqt borliqning fundamental shakllari
. Bizni qurshagan dunyo
mazmuni, borliqning umumiy xossasi bo‗lgan borliq haqida so‗z yuritar ekanmiz,
makon va vaqt tushunchalarini chetlab o‗tishimiz mumkin emas. Zero, har qanday
jism, narsa, hodisa doim borliqning boshqa predmetlari va hodisalari bilan yonma-
yon keladi, ko‗lamlilik xususiyatiga ega bo‗ladi. SHuningdek ular o‗z ichki va
tashqi holatlarini bir-biriga nisbatan o‗zgartiradi va bu turli hollarda har xil tezlik,
marom, sur‘at va davomlilik bilan yuz beradi. Alohida holda ayrim yagona deb
qaraladigan bu ko‗rsatkichlar majmui bizga vaqt haqida tasavvur beradi. Makon va
vaqt o‗z rang-barangligida cheksiz borliqning shakllari sifatida amal qiladi.
Falsafa tarixida makon va vaqt muammosi
. Makon va vaqt mohiyati
haqida odamlar o‗z rivojlanishining dastlabki bosqichlaridayoq fikr yuritganlar va
o‗tmishning aksariyat mutafakkirlari ularning tabiatini aniqlashga harakat
qilganlar. Bu avvalo inson amaliyoti va bilishining rivojlanishi bilan bog‗liq
bo‗lgan. Zero ular kengayib va takomillashib, mazkur kategoriyalarni yanada
aniqroq va teranroq tushunishni talab qilgan. Xususan, antik davrdayoq falsafadan
ko‗lamli shakllar va ularni o‗lchash usullari haqidagi fan sifatida ajralib chiqqan
geometriya ilk aniq fanlardan biriga aylandi. Vaqtga astronomik kuzatishlar hamda
koinotning boqiyligi va inson hayotining tezoqarligi haqidagi mulohazalar nuqtai
nazaridan ham alohida e‘tibor qaratilgan.
Vaqt falsafaning eng murakkab
bo‗lgan masalalaridan biridir
Inson uchun eng qimmatli narsa vaqtdir
. Xohish va harakat bo‗lsa,
hamma narsani topish yoki qo‗lga kiritish mumkin, lekin o‗tgan vaqtni
orqaga qaytarib bo‗lmaydi. Senekani ham vaqt masalasi juda qiziqtirgan. U
vaqt haqida ― u o‗zi nima?., vaqtga qadar, vaqtsiz nimadir bo‗lganmi? U
dunyo bilan birga dunyoga kelganmi yoki dunyodan oldin ham bo‗lganmi?
Nimadir bo‗lgan bo‗lsa, u bilan birga vaqt ham bo‗lganmi‖
1
?, degan savollar
beradi va bunday savollarga javob bera olmaydi. Lekin bir narsani, vaqtni
qadrlash zarurligini, chunki u inson uchun bebaho qadriyat ekanligi, zero, bu
uning hayotiy davri ekanligini tan oladi. SHuning uchun ham Senekaning
mashhur asari bo‗lgan ―Lutsiliyga axloqiy maktublar‖i shunday so‗zlar bilan
boshlanadi:‖Mening Lutsiliyim xuddi shunday qil! O‗zingni engib
o‗t,...o‗zing uchun engib o‗t, vaqtni asra, qadrla, ilgari uni sendan mahrum
qilishar yoki o‗g‗irlashar edi, u bekorga sarf bo‗lardi. Men haqiqatni
1
Сенека Л.А. Философия – наука о жизни. –С. 33.
111
yozayotganimga o‗zing iqror bo‗l‖.―Vaqtimizning ma‘lum qismini kuch bilan
tortib oladilar, ma‘lum qismini o‗g‗irlaydilar, eng ayanchlisi esa vaqtning o‗z
befarqligimiz tufayli yo‗qolganidir. Hamma narsa bizga begona, faqat vaqt
bizniki‖. Tikilibroq boq, axir umrimizning ko‗p qismini biz bema‘ni ishlarga
sarflaymiz, bir qismini – bekorchilikka ishlatamiz, butun hayot kerakli
bo‗lgan ishga, qilishimiz zarur bo‗lgan yumushga sarflanmaydi. Menga
vaqtni qadrlaydigan insonni ko‗rsata olasanmi? Kim kunning qiymatini
biladi? Kim har soatda o‗layotganini biladi? Bizning aybimiz shundaki,
o‗limni ilgariroq ko‗rmaymiz. Uning katta qismi bizning ketimizda, ungacha
qancha umr oqib ketadi‖
1
. deb yozadi.
Oltmishdan oshgan Seneka o‗kinch bilan faylasuf yosh shogirdiga:
―Vaqtni asra va to‗pla‖
2
deb maslahat beradi. Vaqgni asrab va to‗plab
bo‗ladimi? Senekaning o‗zi ham bunga erisha olmagan. Bu o‗rinda hurlikka
intilgan donishmand ruhi bilan uning alg‗ov-dalg‗ovlarda kechgan umri
o‗rtasida ziddiyat borligi ko‗zga tashlanadi. Alamga to‗lgan qalbi faylasufni
beayov so‗roqqa tutadi. Nima uchun, kim uchun yashading? Nima topdingu,
nima yo‗qotding? Topganing yo‗qotganlaringga arziydimi? SHuncha topgan
obro‗ e‘tiboring bilan nega diling hamon bezovta?
Bir onga ehtiroslardan, o‗gkinchi aldoqlardan xoli bo‗lib boqiy ruhni
ko‗rishni orzu qilganmisan? Axir hamma, hammamiz Boqiy oldiga javob
bergani bormaymizmi? Foniy dunyoda yashash kishining qismati ekan,
bezovta ruhga najot qayda?...―Ertangi kunga bandi bo‗lmay desang, — deb
yozadi Seneka — bugunni qo‗ldan berma‖
3
. Har kunni go‗yo oxirgi kundek
yashash darkor, chunki undan keyin nima keladi hech kim bilmaydi
4
.
Bugunning hikmati esa qalbingni noo‗rin bezovta qiladigan narsalardan
asrashdadir. Olamgashtalik qalbingga g‗alayon soladi, duch kelgan kitobni
o‗qish ongingni chalg‗itadi, dilingni bulg‗aydi. Johil, g‗ofil bilan suhbat
ruhingga ozor etkazadi, davlat orttirish boqiyni yodingdan quvadi, chop-
choplardan umring boshqalarning ayshiga isrof ketadi, pirovardda o‗zingga-
o‗zing yovga aylanasan. Bir joyda muqim yashash, buyuk aqllar yaratgan
kitoblarni mutolaa qilish, xushaxloq bilan suhbat qurish, boylik orttirishga
mehr qo‗ymaslik kerak. Ko‗pni bilgan emas, keragini bilgan oqil, ko‗pdan
qalbga ko‗p tashvish keladi, keragi esa dilni nafislashtiradi. O‗ziga o‗zi do‗st
bo‗lolmagan, o‗zgaga do‗st bo‗lolmaydi; o‗zi xushaxloq bo‗lmagan
o‗zgadan axloq talab qila olmaydi. Bezovta Ruhga najot - o‗zingda. Hech
nima, hech kim umr bo‗yi senga sodiq qololmaydi, yiqqanlaring bir kuni
emiriladi, qulaydi yoki qadrini yo‗qotadi; do‗stu yorlaring bir kuni seni
tashlab ketadi yoki manguga tark etadi; yov ahd qilsa, mulkingni, yurtingni
talaydi, xotiningni, bolalaringni o‗ldiradi; xo‗sh, shunday bo‗lmasligiga kim
1
Ўша ерда. –Б. 1-2.
2
Сенека Л.А. Нравственные письма к Луцилию. – Кемеровское книж. изд-во., 1986. –С. 112.
3
Сенека Л.А. Нравственные письма к Луцилию. – Кемеровское книж. изд-во., 1986. –С. 112.
4
Ўша ерда. –Б. 112.
112
kafolat beradi? — Hech kim
1
, demak, abadiy narsa yo‗q. Bunday
yo‗qotishlar tabiiy hol deb bilgan kishigina ―Hech narsa yo‗qotmadim,
barcha topganlarim o‗zim bilan‖ (Stilpon) deya oladi. SHunday ekan
nimalarnidir orttiraman deb chopishlar, kimlargadir yoqaman deb qilingan
riyokorliklar, o‗zini o‗zi aldashlar nechun? Inson uchun bir narsa abadiy va
muqaddas — u Boqiy ruhiyatdir. Agar dilingni boshqalar tortib olishi, yo‗q
qilishi mumkin narsalardan ajrash xavfi bezovta qilsa, hayotda sen o‗tkinchi
ehtiroslarga mute yashashdan o‗zga qadriyat topolmabsan. Dunyoni
mukammal ko‗rmoqchimisan, avval o‗zing mukammal bo‗l. ―Esingda
bo‗lsin, Lutsiliy, o‗zini barchadan xushbaxt bilmagan, hatto u dunyoga
egalik qilsa-da, xushbaxt bo‗lolmaydi‖
2
. Mas‘udlik his-tuyg‗usi dilga
mudom hamroh bo‗lishi zarur, ana shunda kishi olomon xohishlaridan ustun
turadigan, illatlardan xoli Buyuk Boqiyga talpinib yashaydi va undan sa‘d
topadi. To‗g‗ri, vaqt hamma narsaning ustidan hukmron, uning beayov
hukmiga itoat etmaydigan kishi, narsa yo‗q. ―O‗zim bilan barobar tiklangan,
menga tengdosh uyning, — deb yozadi faylasuf, — devorlari nurab, xaroba
holiga kelibdi‖
3
. U bilan birga men ham qaridim, tizzamdan mador,
belimdan quvvat ketgan. Qaerga boqmay, hamma narsa qariganimga ishora
qiladi. Mayli, qarilikni ochiq quchoq bilan qarshi olaylik, u ham, agar undan
foydalansak, zavq beradi... CHunki ne‘matlar kam qolganida qadrli tuyuladi.
YOsh qalb ham, qari qalb ham hali tirik ekan etuk Ruhga intilib hayotdan
ma‘no topadi. Hikmat, donishmandlik umrning qisqa yoki uzunligida emas,
Boqiy ruhga monand yashashdadir
4
. O‗zini o‗ziga itoat ettirolgan, vaqtni
ham o‗ziga itoat ettiroladi. ―Kim ertangi kunni bexavotir qutlasa, u
barchadan baxtiyor, chunki u o‗ziga o‗zi mansubdir. Kim o‗ziga o‗zi
mansub emas, u o‗zgalarga mansubdir‖. Ko‗rinib turibdiki, Seneka bir
tomondan taqdiri azalni tan oladi, ikkinchi tomondan insonga, uning
ma‘naviy-ruhiy kuchiga ishonadi. Uning fikriga ko‗ra, mahdudotda odam
qalbini illatlarga botirishga shay sabablar, vajlar ko‗p. Hayotning
nomukammalligi, dilozorliklar, nafs va shahvat, atrof to‗la tasodiflar kishini
tinmay bezovta qilib turadi. Ehtirossiz kishi esa yo‗q, shu bois kishi goho
o‗zini, o‗zligini ham unutadi.
Ushbu sabablar, vajlardan mutlaq xalos bo‗lish mushkul. Seneka o‗z
qahramoni oldiga juda mushkul vazifa qo‗yadi — ―Hayot iztiroblariga befarq
qol. Bizni mudom yo hozir, yo kelajak yoki ularning ikkalasi iztirobga soladi.
Iztiroblar ko‗pincha vahima natijasidir; vahima esa mavhumlikdan tug‗iladi.
Buyuk Boqiyga intilmaydigan qalb uchun hozir ham, kelajak ham
mavhumdir, demak, unga hayot iztirobdir‖
5
. Hozirda ham, kelajaqda ham
1
Сенека Л.А. Нравственные письма к Луцилию. – Кемеровское книж. изд-во., 1986. –С. 114.
2
Ўша ерда. –Б. 212.
3
Ўша ерда. –Б. 214.
4
Ўша ерда. –Б. 218.
5
Сенека Л.А. Нравственные письма к Луцилию. – Кемеровское книж. изд-во., 1986. –С. 127.
113
sodir bo‗ladigan narsalarni mag‗rur kutib olishga kishi shay turishi darkor.
Nimaning ro‗y berishi zarur bo‗lsa, u ro‗y beradi; nima o‗tib ketgan bo‗lsa, u
tabiiydir. Hayot — u yoki bu narsalarning ro‗y berishi muqarrar makon, faqat
osuda, mag‗rur va Buyuk Boqiyga ishongan qalbgina hayotni tasodiflarga
to‗la deb qabul qiladi, ro‗y beradigan voqealardan ajablanmaydi, noo‗rin
junbushga tushmaydi. Tasodiflardan fojia yasash zaif qalblarga xos,
hayotning beshavqatligini kuchli qalb egalari mag‗rur engadi
1
. Seneka
nazarida iztiroblarga befarq, o‗tkinchi istaklar va ehtiroslardan xoli yashashni
falsafa o‗rgatadi. Kim xushbaxt yashamoqchi bo‗lsa, ushbu donishmandlik
ilmini egallashi zarur. Istig‗no yashamoqchi bo‗lgan falsafadan shon,
mansab, to‗la xushbaxt yashashni istaydigan qalb esa muhtojliklar, tahqirlar
va alamlardan qo‗rqmay hikmat, etuklik qidiradi. ―Falsafa olomonga
namoyish qiladigan ayyorlik o‗yini emas. U vaqtni, kunni xush o‗tkazish
uchun ermak ham emas, falsafa qalbni chiniqgiradi va tarbiyalaydi, hayotni
tartibga soladi, xatti-harakatlarni boshqaradi, nima qilish mumkinu, nimadan
saqlanish kerakligini o‗rgatadi, usiz dilda dadillik va ishonch yo‗q...‖
2
.
Kimdir „taqdir azal" — haqiqat, dunyoni ilohiy kuch boshqarayotgan
bo‗lsa, falsafaga hojat bormi, deb so‗rashi mumkin. Taqdir tartiblarini, ilohiy
kuch hukmini o‗zgartirishga inson, uning aqlu idroki qodir bo‗lmasa, falsafa
safsataga aylanmaydimi? Seneka ushbu savollarni qo‗yadi, afsuski, ularga
javob bermaydi. Uning, „Falsafa ilohiyotga ixtiyoriy itoat etishga, taqdirga
qat‘iy qarshi turishga quvvat beradi, tasodiflarga, beqarorlikka chidashga
o‗rgatadi. Qalbingda falsafaga bo‗lgan jo‗shqin ishonchni so‗ndirma, endi u
ruhing doimiy holati bo‗lsin‖
3
, degan o‗gitlari tavtalogiyaga monanddir.
Pok ruhni, uning sof tabiatga monandligini tuyish beqiyos rohat,
huzurdir. Bunday ruh nafaqat aqldan, hatto hayotdan ham o‗zishi zarur.
Uning oldida ko‗pchilikni vahimaga soladigan o‗lim — hech nima. Biroq,
ko‗pchilik o‗lim muqarrarligini bila turib, hayotga jon-jahdi bilan yopishadi,
umrini cho‗zish uchun har qanday qabihlikka, yovuzlikka va nopoklikka
tayyor. Odam aslida tug‗ilganidan o‗lim tomon boradi, umrning o‗tgan har
bir daqiqasi o‗lim tomon tashlangan qadamdir. Demak, o‗lim — tabiiy hol;
hayotni cho‗zish tabiat qonunlariga ziddir. Tabiat — Buyuk Boqiy mutlaq
yo‗qlik emas, balki hayotni yangilash tarafdoridir. Kim unga qarshi chiqsa, u
yangilanishga ham qarshi; turg‗unlik muqimni vaqtincha asrasa-da,
yangilanishga to‗g‗anoq bo‗lolmaydi. Halim eng qudratlilarni ham yiqqan,
shuning uchun kishi o‗limni ―dovyuraklik bilan qarshi olishga o‗zini
tayyorlab borishi lozim‖
4
. Senekaning vaqtga oid qarashlari bugungi kunda
ham ahamiyatni yo‗qotgani yo‗q.
1
Ўша ерда. –Б. 221.
2
Ўша ерда. –Б. 234.
3
Ўша ерда. –Б. 235.
4
Ўша ерда. –Б. 255.
114
SHuni alohida ta‘kidlash lozimki, falsafa tarixida «Makon» va «vaqt»
kategoriyalariga qiziqish hech qachon susaymagan. Ular bilan bog‗liq ko‗p sonli
masalalar yuzaga kelgan. Ularning eng muhimlaridan biri quyidagicha yangraydi:
makon va vaqt mustaqil mohiyatlarmi yoki ular faqat nimagadir bog‗liq holda
keladimi? Matematikadan farqli o‗laroq fizika amalda mavjud bo‗lgan makon-vaqt
strukturalarini (matematika yaratgan vositalar yordamida) bilishga harakat qiladi.
Unda bu strukturalarni tushunishga nisbatan qarama-qarshi falsafiy nuqtai
nazarlardan kelib chiqqan ikki xil yondashuv rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |