118
yaxlitlikning atributlari sifatida amal qiladi.
YAgona makon va vaqt kontinuumini
tashkil
etar ekan, ular moddiy jismlar harakatining tezligiga ham bog‗liq: jism
harakatining nisbiy tezligi oshganida uning ko‗lam ko‗rsatkichlari qisqaradi, uning
vaqti esa o‗z oqimini sekinlashtiradi. Eynshteyn nazariyasi Riman, Lobachevskiy,
Gauss va Puankarening ilg‗or g‗oyalariga qo‗shilgan holda, makon va vaqtning
gravitatsiya bilan uzviy bog‗lanishini ham asoslab berdi.
SHunday qilib
, nisbiylik nazariyasida makon, vaqt va harakat materiya
mavjudligining atributlari, asosiy shakllari sifatida qaraladi va u bilan uzviy
bog„liq bo„lgan holda, materiya kabi, mustaqil holda mavjud bo„la olmaydi.
Muttasil harakatda bo„lgan dunyo esa muqarrar tarzda faqat makon va vaqtda
mavjud deb qaraladi
. SHu nuqtai nazardan:
makon – narsalarning ko„lamliligi va o„zaro joylashuvini tavsiflovchi
munosabatlar tizimi,
vaqt – jarayonlarning davomliligi va ketma-ketligini tavsiflovchi
munosabatlar tizimini ifodalaydi.
Makon va vaqt nuqtai nazaridan tavsiflaganda har qanday hodisa makon va
vaqt «qobirg‗alari» bilan ularni to‗ldiruvchi «et»ning birligi sifatida amal qiladi.
Ammo bilish jarayonida bu birlik «ikkilanadi»: «qobirg‗a» «et»dan ajratiladi.
Natijada «bo‗sh» makon va uni to‗ldiruvchi muhit haqida (a rasm)«o‗z holicha»
oquvchi «sof» vaqt va unda yuz beruvchi o‗zgarishlar haqida(b rasm) tasavvurlar
paydo bo‗ladi.
Makonni to„ldiruvchi muhit deganda modda, efir, maydon va shu kabilar
tushunilishi mumkin. Ammo «modda», «efir», «maydon» (gravitatsion,
elektromagnit maydon va b.) – bu muhitning konkret moddiy tur xillarini
ifodalovchi tushunchalar
. Muhit tushunchasi yanada
umumiyroq mazmun kasb
etadi: u mazkur (va balki, fizikaga hali ma‘lum bo‗lmagan ayrim boshqa) tur
xillarining barchasini qamrab oladi. «Muhit» so‗zining o‗rniga ba‘zan «substrat»,
«materiya», «moddiy substrat» so‗zlari ishlatiladi. Kontekstdan bu so‗zlar
makonning «eti»ni anglatishi aniq bo‗lganda, biron-bir anglashilmovchilik yuzaga
kelmaydi. Ammo shuni e‘tiborga olish lozimki, materiya makonning «eti» sifatida
talqin qilinsa (materiyaning substrat konsepsiyalarida esa bu nazarda tutiladi),
makon uning «ombori», ya‘ni materiya mavjudligining muayyan nomoddiy
sharoiti hisoblanadi. Bu ma‘nodagi materiyani (substrat yoki muhit sifatidagi
materiyani) materializmning asosiy kategoriyasi
sifatidagi materiya bilan
adashtirmaslik kerak. So‗nggi zikr etilgan holda materiya uning barcha atributlari,
shu jumladan makon va vaqtning birligidir. Makon va vaqtning «eti» qay darajada
moddiy bo‗lsa, makon va vaqt ham shu darajada moddiydir. Ular materiyaning
unga nisbatan sirtdagi mavjudlik sharoitlari emas, balki atributlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: