Нигинахон шермухамедова


Substansional va relatsion yondoshuvlar



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

Substansional va relatsion yondoshuvlar
. Substansional yo„nalishda 
makon va vaqt materiya va ongga bog„liq bo„lmagan mustaqil mohiyatlar
sifatida 
qaralgan. Substansional konsepsiya asoschilari Demokrit (makon muammosi 
bo‗yicha) va Platon (vaqtga nisbatan yondashuvlarda) makon va vaqtni materiyaga 
ham, bir-biriga ham bog‗liq bo‗lmagan mustaqil mohiyatlar sifatida talqin 
qilganlar. Demokrit atomlar harakatlanuvchi bo‗shliq amalda mavjudligi haqidagi 
yondashuvni ilgari surgan. Uning fikricha, bo‗shliqsiz atomlar harakatlanish 
imkoniyatidan mahrumdir. Demokrit va Epikur makonni atomlardan iborat joy deb 
tasavvur qilgan va uni bo‗shliq bilan tenglashtirgan. Makon mutlaq, bir jinsli va 
harakatsiz, vaqt esa bir tekis oqadi deb hisoblangan. Demokrit, Epikur va Lukretsiy 
Kar ta‘limotiga ko‗ra, makon ob‘ektiv, bir xil va cheksiz. U atomlar joylashadigan 
joy. Vaqt (zamon)ni abadiyat bilan tenglashtirish mumkin – u o‗tmishdan kelajak 
sari bir maromda kechuvchi sof davomlilikdan iborat. Vaqt - voqealar yuz beruvchi 
joy.
Qadimgi yunon faylasuflari materiya, harakat, makon va vaqtni mustaqil 
substansiyalarga ajratuvchi bu g‗oyalar keyinchalik Nyuton klassik mexanikasida 
rivojlantirildi. 
XVIII-XIX asrlarda substansional konsepsiya – mutlaq makon va vaqt 
konsepsiyasi falsafa va tabiatshunoslikda etakchilik qildi. Bu o‗z mohiyatiga ko‗ra 
metafizik konsepsiya edi, chunki u harakatlanuvchi materiya, makon va vaqtning 
aloqadorligini e‘tiborga olmas edi. Mazkur konsepsiyaga ko‗ra, materiyadan 
tashqarida sof makon yoki moddiy jarayonlar bilan mutlaqo bog‗liq bo‗lmagan 
vaqt mavjud bo‗lishi mumkin edi. SHunga qaramay, makon va vaqt haqidagi bu 
tasavvurlar muayyan empirik asosdan xoli emas edi. Odatdagi tajriba va past 
tezliklar sohasida, makrodunyoda (makrodunyo esa inson yashaydigan asosiy 
muhitdir) makon, vaqt va harakatlanayotgan narsa o‗rtasida bevosita bog‗lanish 
kuzatilmaydi. Ob‘ekt muayyan joydan uzoqlashishi mumkin, lekin buning 
natijasida makon o‗zgarmaydi va yo‗qolmaydi. Vaqt ham shunday tushuniladi, u 
ob‘ektlarga bog‗liq emas. SHuning uchun ham bunday yondashuvlar saqlanib 
qolgan, ayniqsa, tabiatshunoslik mikrodunyoni o‗rganishga hali yaqinlashmagan 
sharoitda keng tarqalgan.
Ammo dialektik tafakkur sohibi bo‗lgan F.Gegel bunday yondashuvlarni 
qat‘iy inkor etgan. U makon mustaqil bo‗lishi mumkin emasligini qayd etgan, vaqt 
haqida esa shunday degan: «...hamma narsa vaqtda yuzaga kelmaydi va yuz 
bermaydi, balki vaqtning o‗zi shu shakllanish, yuzaga kelish va yuz berishdir»
1
. Bu 
e‘tirozlarida F.Gegel haq edi. Umuman, Gegel o‗zining ob‘ektiv idealizmida 
1
Гегель Г. Наука логика-М.: 1970.-С.79. 


115 
makon va vaqtga e‘tibor qaratmagan, chunki u vaqtdan tashqari, boqiy, «sof 
mantiqiy» xususiyatga ega bo‗lgan bilimlarning mutlaq tizimini yaratishga harakat 
qilgan.
Relyasion (lot. relativus – nisbiy) yo„nalish makon va vaqtni mustaqil 
mohiyatlar sifatida emas, balki real dunyo ob‟ektlari va jarayonlari o„rtasidagi 
alohida munosabatlar sifatida tushunish bilan bog„lanadi
.
 
Makonning Demokrit 
taklif qilgan yondashuvga zid, relyasion konsepsiya Aristotel tomonidan 
ta‘riflangan. Aristotel bo‗shliqning mavjudligini inkor etadi. Uningcha, makon bir 
xil emas va cheklidir, u moddiy jismlar egallovchi tabiiy o‗rinlar tizimidir. «Vaqt 
nima?», degan savolga javob berar ekan, Aristotel shunday mulohaza yuritadi: 
harakatda ham, vaqtda ham doim muayyan «oldin» va undan farq qiluvchi «keyin» 
mavjud. Aynan harakat tufayli biz har xil, o‗zaro mos kelmaydigan «hozir»ni 
farqlaymiz. Vaqt shu «hozir»ning ketma-ketligi, ularning almashuvi, sanog‗i, 
hisobi, «oldingi va keyingiga bog‗langan harakatlar soni»dir. Aristotelda makon 
harakatsiz yulduzlar sohasi bilan cheklangan, ularning ortida – makon va vaqtdan 
tashqarida yotuvchi va hamma narsani harakatga keltiruvchi boqiy, harakatsiz, 
ilohiy osmon joylashgan. Aristotelning makon va vaqtga talqiniga nisbatan 
yondashuviga o‗xshash tasavvurlar yangi davrda G.Leybnits va R.Dekart 
tomonidan rivojlantirildi. Uningcha, borliqning mustaqil asoslari sifatidagi bo‗shliq 
ham, sof davomlilik ham mavjud emas.

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish