117
susayadi.
A.Eynshteyn (1916 yilda) o‗zining umumiy nisbiylik nazariyasi bilan
nafaqat makon va vaqtning substansional konsepsiyasiga, balki makon va vaqt
mohiyatining sub‘ektivistik aprioristik talqinlariga ham qaqshatqich zarba berdi. U
makon va vaqt xossalari moddiy tizimlar harakati va o‗zaro ta‘siriga bog‗liq
ekanligini ko‗rsatib berdi. A.Eynshteyn o‗z nazariyasining mohiyatini tushuntirar
ekan, shunday deb qayd etdi: «Ilgari qandaydir mo‗‗jiza yuz berib, barcha moddiy
narsalar birdan yo‗q bo‗lib qolsa, makon va vaqt qoladi, deb hisoblashgan.
Nisbiylik nazariyasiga ko‗ra esa, bu holda narsalar bilan birga makon va vaqt ham
yo‗q bo‗lib ketgan bo‗ladi»
1
.
Hozirgi zamon tabiatshunosligi va falsafiy xulosalar nuqtai nazaridan
ob‟ektiv borliq makon, vaqt, harakat hamda modda va maydon turlari o„zaro
ta‟sirining uzviy aloqasidan iborat
. Hozirgi olimlar yagona va ob‘ektiv makon va
vaqt kontinuumi to‗g‗risida so‗z yuritishni ma‘qul ko‗radilar. Makon va vaqt
moddiy jismlar mavjudligining o‗zaro bog‗langan shakllari sifatida tushuniladi.
Makon – materiya borlig„ining ko„lamlilik, tarkibiylik kabi xossalari va uning
o„zaro ta‟sirlarini ifodalovchi shakli. Vaqt – materiya borlig„ining barcha
ob‟ektlar mavjudligining davomiyligini va keyingi holat o„zgarishlarini tavsiflovchi
shakli.
Dunyoda mavjud barcha jismlar makonda aynan uch yo‗nalish bilan
chegaralangani, barcha shakllarning eng yassisi ham uzunlik, kenglik va
balandlikka ega bo‗lgani sababli, makonimizning uch o‗lchovliligi empirik jihatdan
hamma joyda namoyon bo‗luvchi dalil hisoblanadi. O‗z makonimizda biz uning
o‗lchamlarini geometrik ifodalovchi uch perpendikulyarni bilamiz. Ammo jism
makonda, aniqrog‗i, uning makrodarajasida harakatlanmasdan, balki doimo vaqtda
harakatlanadi SHu ma‘noda, voqealarni ularning ketma-ketligi tartibida ajratuvchi
masofani vaqt deb nomlash mumkin. Bu masofa o‗tmishdan kelajak sari
yo‗nalishda bosib o‗tiladi, mazkur yo‗nalishni makonda tasavvur qilsak, u makon
va vaqt kontinuumining to‗rtinchi mezoni (o‗lchovi) sifatida amal qiladi. Bundan
dunyoda yuz bergan muayyan voqeani aniqlash uchun to‗rt soni zarur, degan
xulosa kelib chiqadi. Vaqt nafaqat vaqt tartibini vujudga keltiradi, balki makon va
vaqtning birlashgan tartibini belgilab beradi hamda Olamning kauzal (sababiy)
tuzilishini ifodalaydi.
Materialistik yondashuv o„zining aniq ifodalangan shaklida shu bilan
tavsiflanadiki, u makon va vaqtni ongdan tashqarida va undan qat‟iy nazar mavjud
deb hisoblaydi, ya‟ni ular mavjudligining ob‟ektiv xususiyatini qayd etadi.
Mazkur
yondashuv asosan tabiatshunoslikning I.Nyuton (1643-1727) va A.Eynshteyn
(1879-1955) kabi atoqli namoyandalari ilgari surgan g‗oyalarga tayanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: