Нигинахон шермухамедова



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet401/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   397   398   399   400   401   402   403   404   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

hodisadir. 
Tasodif – ob‘ektlarning vujudga kelishi yoki mavjudligining 
muammoliligini yoki muqarrar emasligini belgilovchi kategoriya; muayyan 
sharoitda bo‗lishi ham, bo‗lmasligi ham mumkin bo‗lgan narsa tasodifiy 
hisoblanadi. Tasodif voqelikning asosan tashqi sharoitlar, yuzaki, beqaror aloqalar 
va mazkur hodisa uchun ikkinchi darajali omillar ta‘sirida paydo bo‗luvchi 
holatlarini aks ettiradi. 
Masalan, biror o‗simlik urug‗ining shu turdagi o‗simlik urug‗i bo‗lmagan 
joyga tushib qolishi va uning yangi sharoitda unib-o‗sishi tasodifdir. CHunki, 
urug‗ni bir joydan ikkinchi joyga eltib qo‗yilganligi, uni avvalgiga qaraganda 
boshqacharoq sharoitga tushib qolganligining sababi urug‗ning o‗zida ham emas, 
shuningdek, uning ichki mohiyati bilan ham belgilanmaydi. YAna misol: muayyan 
hududdagi hosilning do‗l yog‗ishi tufayli nobud bo‗lishi, qurg‗oqchilik sababli 
xo‗jalikda ro‗y beradigan hosildorlikning pasayishi umumiylikni anglatmaydigan 
tasodif, ayrimlikdir. Binobarin, zaruriyat rivojlanish jarayonida qat‘iy izchillikda, 
muayyan tartib va shaklda voqea bo‗ladi. Tasodif esa ayni sharoitda ro‗y berishi 
ham mumkin ro‗y bermasligi ham mumkin. Ro‗y berganda ayni shu shaklda ro‗y 
berishi shart bo‗lmagan hodisalar munosabatining ichki tartibi bilan izchil aloqador 
bo‗lmagan hodisadir. 
Biroq zaruriyat va tasodif o‗rtasidagi mazkur ziddiyat ularning o‗zaro 
aloqadorlik dialektikasini inkor etmaydi. Bu aloqadorlik, avvalo, zaruriyat va 
tasodifni sof holda mavjud bo‗lmasdan, balki bir voqeaning bir munosabatda 
tasodif sifatida, ikkinchi bir holda zaruriyat sifatida ifodalanishida namoyon 
bo‗ladi. So‗ngra, zaruriyatning tasodifga aylanishi yoki tasodifning zaruriyat bilan 


512 
almashinishi yoxud zaruriyat tasodiflar orqali o‗ziga yo‗l ochishi aniq shart-
sharoitga bog‗liq. 
Voqealarning zaruriy jarayoni bilan bog‗liq bo‗lmagan va barcha jihatlari 
bilan mutlaq xarakterdagi tasodif bo‗lmaydi. Va aksincha, zaruriyatni to‗ldiradigan 
ifodalanish shakli hisoblangan tasodiflarsiz "sof" zaruriyatning o‗zi ham 
bo‗lmaydi. Tarixiy tajriba, fanning rivojlanishi jarayonida muayyan, konkret 
sharoitda tadqiqotchilar tomonidan biron bir kashfiyotning ochilishini misolga 
olaylik: ingliz olimi A.Fleming tomonidan pensillinning kashf qilinishi, 
M.SHleyden va SHvann tomonidan tirik organizmlarning hujayra tuzilishidan 
iborat ekanining isbotlanishi, G.Gers tomonidan yorug‗lik elektromagnit 
nazariyasining kashf etilishi kabi faktlar ham zaruriy, ham tasodifdir. Buning 
zaruriyatligi shundaki, jamiyat va ijtimoiy tafakkurning mazkur davrdagi 
rivojlanish darajasi, ijtimoiy ehtiyoj va talab, fan taraqqiyoti sohasida qo‗lga 
kiritilgan yutuqlar shunday kashfiyotlarning kashf etilishiga sharoit hamda 
imkoniyat yaratgan edi. Uning tasodifligi kashfiyotlarning mazkur olimlar 
tomonidan kashf etilishidir, holbuki, buni boshqa tadqiqotchilar ham ertami-
kechmi amalga oshirishlari mumkin edi.
Zaruriyat va tasodif ayrim narsa va hodisalarga nisbatan ham, voqealar 
tizimida ham muayyan birlik dialektikasida, aloqadorlikda mavjud bo‗ladi. 
Zaruriyat mazkur hodisa, jarayon va holatning barqaror, ichki, takrorlanuvchi 
tomonini anglatsa, tasodif uning nisbiy, o‗tkinchi, ayrim tomoni va shaklini 
ifodalaydi. Zaruriyatning voqealar bag‗rida yashiringanligini va u o‗ziga tasodiflar 
orqali yo‗l ochishga e‘tibor berib, yuzaki qaraganda, olamda tasodiflar hukm 
surayotgandek ko‗rinsa ham, aslida bu tasodiflar hamma vaqt ichki, yashirin 
qonunlarga bo‗ysungan bo‗ladi. Bunday holda tasodif mazkur zaruriyatning 
qo‗shimchasi va ro‗y berish formasidir. 
Tasodif
 
zamirida narsaning mohiyati emas, balki unga boshqa narsalar va 
hodisalarning ta‘siri yotadi.
 
Zaruriyat va tasodif tushunchalariga ta‘rif berishda 
odatda imkoniyat kategoriyalariga tayanadilar. SHu sababli u yuz berishi yoki yuz 
bermasligi mumkin. Tasodif yuz berishi ham, yuz bermasligi ham mumkin bo‗lgan 
narsa sifatida ta‘riflanadi. Zaruriyat va tasodifning qarama-qarshiligi – ichki va 
tashqi narsalar qarama-qarshiligidir. Tasodif – tashqi omillar bilan belgilanadigan 
aloqa tipidir.
Tasodif beqaror va vaqtinchadir, ammo u sababsiz yuz bermaydi, zaruriyat va 
tasodif dialektik tarzda o‗zaro bog‗liqdir: voqea bir jihatdan zaruriyat bo‗lsa, 
boshqa jihatdan tasodif ham bo‗ladi. Zaruriyat va tasodif bir-biriga aylanishi ham 
mumkin: bir sharoitda zaruriyat bo‗lgan narsa o‗zgargan boshqa bir sharoitda 
tasodif bo‗lishi mumkin va aksincha. Tasodif zaruriyatni to‗ldiradi, uning namoyon 
bo‗lish shakli hisoblanadi
.
Ko‗p tasodiflar orqasida hamisha ob‘ektiv zaruriyat 
qonuniyati yashiringan bo‗ladi. Ilmiy va amaliy faoliyatda zaruriyat va tasodifning 
ob‘ektiv dialektikasini nazarda tutish kerak. Fanning vazifasi tasodifiy voqealar 
orasida yashirinib yotgan ichki zaruriyatni bilishdan iboratdir. Lekin fan 
tasodiflarni ham inkor qila olmaydi. Tasodiflar mavjud bo‗lib, voqelik 
jarayonlarining oqimiga qandaydir ta‘sir ko‗rsatar ekan, fan ularning ham 


513 
taraqqiyotdagi rolini hisobga olishi, insonni ko‗ngilsiz tasodiflar ta‘siridan himoya 
qilishi lozim. 
Birinchidan, zaruriyat va tasodif kategoriyalari sof inson tafakkurigagina xos, 
tajriba jarayonida inson voqelikka kiritadigan sub‘ektiv tushunchalar emas, balki 
olamga xos bo‗lgan munosabat va aloqadorlik shakllaridir. Ikkinchidan, zaruriyat 
va tasodif voqealar zanjiridagi shunday halqalarki, ulardan birisiz ikkinchisini 
tasavvur etish, biriga ortiqcha e‘tibor berib, boshqasini e‘tibordan chetda qoldirish 
sira mumkin emas. Bilish va amaliy faoliyatda birgina zaruriyatni tan olib, 
tasodifni inkor etish — fatalizmga olib kelganidek, olamda qonuniyat va zaruriyat 
amal qilmaydi, u faqat turli tasodiflardangina iborat deyish, gnoseologik 
volyuntarizmga olib keladi. Uchinchidan, zaruriyatni sababiy aloqalar, «sababiyat» 
tushunchasi 
bilan 
aynanlashtirish, 
tenglashtirish 
yaramaydi, 
tasodifni 
sababsizlikning oqibati deb bilish noto‗g‗ridir. Sababiy aloqalar xilma-xil bo‗lib, 
shart-sharoitga ko‗ra ulardan ayrimlari zaruriy hodisalarni tug‗dirsa, boshqalari 
(tashqi, asosiy bo‗lmagan sabablar) tasodifiy munosabatlarni vujudga keltiradi. 
Demak, zaruriyat va tasodif, avvalo, voqelikdagi ayrim narsa, hodisalar 
dialektikasini xarakterlovchi, ayni paytda taraqqiyot jarayonidagi turli hodisa, 
jarayonlar nisbatini ifodalovchi o‗zaro munosabat hamda aloqadorlik shakllaridir. 
Atrofga nazar tashlar ekanmiz, tabiiyki, bir qarashda hodisalar tizimidagi qaysi bir 
hodisa zaruriy, qaysi biri tasodifiy ekanligini ajratish qiyin. Kuzatish, amaliy tajriba 
asosida hodisalarning ichki va tashqi, muhim va muhim bo‗lmagan tomon, 
belgilarini aniqlab borish tufayli zaruriyat hamda tasodifni umumiy aloqadorlik 
holatining o‗ziga xos shakllari sifatida bilish, farqlay olish mumkin. 
Zaruriyat va tasodif aloqadorligining yana bir muhim tomoni, vaziyatga ko‗ra, 
ularning o‗zaro o‗rin almashishi, ya‘ni zaruriyatning tasodifga, o‗tish holatidir.
Falsafada tasodif bo‗lgan joyda zaruriyat bo‗lmaydi, zaruriyat bo‗lgan joyda 
tasodif bo‗lmaydi, deb hisoblash bu kategoriyalarning o‗zaro aloqadorligini 
ko‗rmaslik, ularning bir-biriga o‗tishini tan olmaslikdan iboratdir. Aslida zaruriyat 
bilan tasodifni birgalikda, bir-birini taqozo etgan holatda tekshirib o‗rganishgina 
bizga ilmiy haqiqatni bilishga imkon beradi. Masalan, tabiiy muhit, iqlim sharoiti 
ta‘sirida tirik organizmlarda ayrim belgi, xususiyatlarning paydo bo‗lishini tasodif 
deb, keyinchalik u belgi irsiy sifat belgilariga aylanishini zaruriyat, deb hisoblash 
kerak. 
Zaruriyat va tasodifning bunday o‗zaro aloqadorligi, bir butunligi hamda 
o‗zaro o‗rin almashish holati olamga xos qonunlarning xususiyati bilan belgilanadi. 
Ilmiy hamda amaliy faoliyatda zaruriyat va tasodif dialektikasini nazarda tutish 
g‗oyatda muhimdir. Inson tomonidan tabiiy va ijtimoiy hodisalar sistemasida 
zaruriy va tasodifiy aloqalarni payqay bilish, tasodiflar orasida yashiringan ichki 
qonuniyat, zaruriyatni ochish, olamning murakkab sirlarini bilishda undan 
maqsadga muvofiq foydalanishda amaliy ahamiyatga egadir.
Fan tomonidan zaruriyatni bilishni asosiy maqsad qilib qo‗yilganligi, 
tasodiflarning rolini inkor etilayotganligini anglatmaydi. Tasodiflar ham ob‘ektiv 
voqelikda amal qiladigan ma‘lum hodisalar guruhida nisbiy mustaqillik mavqeiga 
ega va muayyan zaruriyatning yuzaga chiqishini tezlatishi yoki sekinlatishi 
mumkin bo‗lgan aloqadorlik shaklidir. Turli ko‗rinishlarda amal qiluvchi 


514 
tasodiflarni kuzatish va tadqiq etish, ularning ichki qonuniyatini ochish insoniyat 
uchun noqulay bo‗lgan holat va voqealarning oldini olish imkonini beradi. 
Tasodiflarni o‗rganish tabiat sirlarini chuqurroq ochish, jamiyat hodisalarini yanada 
to‗g‗riroq tushunish, ularni maqsadga muvofiq yo‗naltirish va boshqarishga imkon 
beradi.
Jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida tasodiflar kishilarga turlicha 
ta‘sir ko‗rsatgan bo‗lishi kerak. CHunonchi, ibtidoiy kishining hayoti tasodifga 
to‗la edi, ammo jamiyat va fan rivojlanib borishi bilan odamlar tasodiflar 
hukmronligidan qutula bordi. Bizning sharoitimizda amal qiladigan ba‘zi tasodiflar 
ob-havo noqulayliklari, qurg‗oqchilik, suv toshqinlari, zilzila singari tabiiy 
hodisalar bilan bog‗liqdir. Tabiiy va ijtimoiy voqelikdagi tasodiflarni o‗rganish 
hodisalarning zaruriy va qonuniy aloqalari mohiyatini ochishga, olam haqida 
to‗laroq va ilmiy haqiqatni anglashga, tasodiflar qarshisida ojiz bo‗lib qolmasdan 
ish ko‗rishga imkon yaratadi. Tasodifni ilmiy tushunish fan va amaliyot uchun 
olam hodisalarini ilmiy tarzda bilish, o‗rganish uchun muhim ahamiyatga egadir. 
Bu falsafiy kategoriyalar narsalar va hodisalarning bir-biri bilan har xil 
tipdagi aloqalarini aks ettiradi. Ammo dunyoda hamma narsa zaruriyat sifatida 
paydo bo‗ladimi? Yo‗q, dunyoda tasodifiy voqealar, hodisalar ham bor.
Narsalar mavjudligining zaruriyligi yoki tasodifiyligi muammosi xususida 
ikki nuqtai nazar mavjud. Ularning biri zaruriyatni mutlaqlashtiradi: dunyoda hech 
qanday tasodif yo‗q, hamma narsa muqarrar tarzda yuz beradi. Bu nuqtai nazar 
tasodifni rad etib, 

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   397   398   399   400   401   402   403   404   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish